JANUBIY AMERIKA haqida
JANUBIY AMERIKA
JANUBIY AMERIKA — Gʻarbiy yarim sharqning jan. qismidagi materik, Amerika qitʼasining jan. yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean oʻrab turadi. 12°25ʻ sh. k. (Galinas burni) bilan 53°54ʻ j. k. (Frouerd burni) va 8G20ʻ gʻ. u. (Parinyas burni) bilan 34°46ʻ gʻ. u. (Kabu-Branku burni) oraligida. Shim. da Panama boʻyni orqali Shim. Amerika bilan tutash, jan. da Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz o. lar, Trinidad o., Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos o. lari kiradi. Mayd. (orollar b-n birga) 18,28 mln. km2.
Tabiati. Janubiy Amerikaning qirgʻoqlari kam parchalangan. Shim. da Venesuela qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, jan.-gʻarbida fyordlar, jan.-sharqida La-Plata, San-Xorxe va b. qoʻltiqlari bor.
Relyefi va geologik tuzili sh i . J. A. ning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha bal. 5000—6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra togʻi, 2200 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va b.) joylashgan. Materikning chekka jan.-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qad. Patagoniya platformasi bor.
Janubiy Amerika materigi 2 asosiy strukturali boʻlak — markaziy qismidagi Jan. Amerika platformasi va materikni shim., gʻarb va jan. dan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.
Jan. Amerika platformasi arxey, proterozoy eralarida va qisman kembriy davrida birlashgan turli yoshdagi bloklardan tuzilgan. Fundamentining eng yirik koʻtarilmalari — Gviana, Gʻarbiy Braziliya va Sharqiy Braziliya qalqonlaridir. Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlari arxey va quyi proterozoyning chuqur metamorfiklashib oʻzgargan (deformatsiyalashgan) qatlamlaridan, shuningdek, oʻrta va yuqori proterozoy granitlaridan tashkil topgan. Sharqiy Braziliya qalqoni kembriygacha davrda xreil boʻlgan alohida bloklardan iborat boʻlib, yuqori proterozoyning geosinklinal burmali sistemasi bilan oʻrab olingan. Keng Amazonka botigʻi proterozoy oxiri — paleozoy boshlarida vujudga kelib, Gviana va Gʻarbiy Braziliya qalqonlarini ajratib turuvchi katta siniq zona boʻylab joylashgan. Meridian boʻylab choʻzilgan boshqa botiq Sharqiy Braziliya qalqonini Gʻarbiy Braziliya qalqonidan ajratib turadi; uning oʻrta qismi — San-Fransisku botigʻi, asosan, proterozoy oxirida shakllangan. Shim. va jan. botiqlar — Maranyan (Paranaiba) va Parana sineklizalari oʻrta va yuqori paleozoy va mezozoyda vujudga kelgan. Jan. Amerika platformasining jan. qismida quyi paleozoy fundamentini oʻz ichiga olgan Patagoniya platformasi ancha yosh. Unda ikkita koʻtarilma — Shim. Patagoniya va Jan. Patagoniya, ikkita bukilma: Neuken-SanMatias va Chubut-San-Xorxe mavjud.
Janubiy Amerikaning gʻarbidagi 9000 km ga choʻzilgan And togʻlari oʻzining geologik tarixi va tuzilishi bilan farq qiluvchi bir necha sistemadan iborat. Ular alp burmalanishi (mezo-kaynozoy) davrida shakllangan, shu bilan birga, togʻ asosi mezo-kaynozoydan oldin vujudga kelgan sharqiy togʻ tizmalarini ham oʻz ichiga oladi. Gʻarbiy tizmalar mezozoypaleogen yotqiziqlari va qalin vulqon jinslaridan hosil boʻlgan. Bu joylarda tez-tez halokatli zilzilalar boʻlib turadi [maye, Chili (1960) va Peru (1970) zilzilalari]. And togʻlarining koʻpgina choʻqqilari harakatdagi va soʻngan vul qonlardir (Misti, Chimboraso, Kotopaxi, Sakama va b.). Koʻpgina tizmalarda doimiy qor va muzliklar (mayd. 25 ming km2 chamasida) uchraydi. And togʻlarining markaziy qismidagi tizmalari orasida, 3500— 4600 m balandlikda choʻl iqlimli plato — punalar bor.
Foydali qazilmalari. Gviana va Braziliya yassitogʻlarida temir, marganes, boksit, nodir metallarning yirik konlari, And togʻlarining etaklari va togʻ oraliklaridagi botiklarda neft, yuqorirogʻida mis, polimetallar, qoʻrgʻoshin, molibden, volfram, platina konlari bor. Selitra, yod va bromning yirik konlari topilgan.
Iqlimi . J. A. ni ekvator kesib oʻtgan, uning katta qismi ekvatorga yaqin. Materikda 6 iqlim mintaqasi (ekvatorial, shim. subekvatorial, jan. subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalar) mavjud. Amazoniya va Kolumbiyaning gʻarbida doim sernam va issiq, Ekvatorial And togʻlarining Ekvador va Kolumbiya jan. dagi qismida togʻekvatorial iqlim. Materikning chekka shim. va markazi, Ichki tekisliklar shim. va Ekvador gʻarbi yoz sernam, qish quruq boʻladigan subekvatorial issiq mintaqada. Tropik issiq mintaqadagi Braziliya yassitogʻligining sharqida yil boʻyi sernam. Gran-Chakoda oʻrtacha kontinental, Markaziy And togʻlari va 5°— 28° j. k.
Riode-Janeyro shahridagi Pandi Asukar togʻi orasidagi sohilda choʻl iqlimi. Subtropik mintaqaning sharqi (Urugvay, Ikki daryo oraligʻi va Pampaning sharqi)da iqlim doim sernam, yoz issiq, qish iliq, markazi (Pampaning gʻarbi, Kordilyera togʻlari etagi) da kontinental, yozda tez-tez jala yogʻib turadi, gʻarbi (Chilining oʻrta qismi) da Oʻrta dengizga xos, yoz quruq, qish seryogʻin. Moʻtadil mintaqaning gʻarbi (Patagoniya, And togʻlari)da yil boʻyi sernam, salqin; sharqi (Patagoniya)da moʻtadil kontinental iqlim. Eng koʻp yogʻin And togʻlarining Kolumbiya gʻarbi va Chili jan. dagi shamolga roʻpara yon bagʻirlariga yogʻadi (yiliga 5000 mm gacha). Amazoniya gʻarbi, Gviana va Braziliya yassitogʻlarining sharqiy yon bagʻri va Parana platosida yiliga 2000 — 3000 mm, materik sharqining 35° j. k. gacha boʻlgan qismida 1000—2000 mm, Patagoniya va Kordilyera etaklarida 150—250 mm yogʻin yogʻadi. Tinch okean sohilining 22—27° j. k. lar orasida Atakama choʻli bor. Subtropik va oʻrta kengliklar hamda togʻ tropik iqlimli oʻlkalarda harorat mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Materikning jan. tropikkacha boʻlgan hamma shim. tekislik qismida oʻrtacha oylik t-ra 20—28°. Eng yuqori t-ra Gran-Chakoda kuzatilgan (47°). Qishda (iyul) oʻrtacha oylik t-ra Braziliya yassitogʻligida 12—16°, Pam-pada 6—10°, Patagoniya platolarida 0° (eng past t-ra —35°).
Ichki suvlari. Yirik daryolari — Amazonka (havzasining kattaligi va sersuvligi bilan Yer yuzida 1-oʻrinda), Parana, Orinoko, Urugvay, Magdalena, San-Fransisko va b. Atlantika okeani havzasiga mansub. And togʻlari ikki okean oʻrtasidagi asosiy suvayirgichdir. Daryolar, asosan, yomgʻirdan, togʻlardan boshlanadiganlari esa qor va muzliklardan suv oladi. And togʻlarining yil boʻyi sernam joylaridan oqib tushuvchi daryolar katta gidroenergiya resurelariga ega. And togʻlaridagi daryolar serostona, sharshara (dunyodagi eng baland — Anxel sharsharasi, 1054 m) koʻp. Ichki oʻlkalarda daryolarning transport ahamiyati katta. Yirik koʻllari Patagoniya, And togʻlari va Chilining oʻrta qismidadir. Markaziy And togʻlarida dunyoda eng baland yirik tektonik koʻl — Titikaka joylashgan. Materikning shim. va jan.-sharqida lagunakoʻllar (Lagoa-Mirin, Patus, Marakaybo) bor.
Tuproq va oʻsimliklari. Janubiy Amerikaning 40° j. k. gacha boʻlgan katta qismi neotropik oblasti, jan. qismi Antarktika oblastiga mansub. Materikning shim. da doim yashil oʻrmonlar, savanna va butalar hamda laterit tuproqlar katta maydonni egallagan. And togʻlarida balandlik mintaqalari aniq sezilib turadi. Ekvatorial sernam oʻrmon — gileyalar, asosan, Amazoniya va Kolumbiya gʻarbida joylashgan, ularning tuprogʻi podzollashgan laterit tuproq. And togʻlarining tekisliklarga tutashgan yon bagʻirlarida togʻ gileyalari, yuqoriroqda daraxtsimon paporotnik va bambuklar, xin va koka daraxtlari, togʻ tepasida boʻtalar oʻsadi, 3200 m balandlikdan togʻ ekvatorial oʻtloqlari boshlanadi. Ekvatorial oʻrmonlardan jan. va shim . da subekvatorial oʻrmonlar joylashgan.
Lyanos-Orinoko tekisligining jan., Magdalena payettekisligi, Braziliya yassitogʻligining shim. dagi qizil tuproqli yerlarda sernam savannalar, materikning shim. chekkasi va Braziliya yassitogʻligining shim.-sharqidagi qiziljigarrang va qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda sukkulent va butazor quruq savannalar bor. Boʻz jigarrang tuproqli Gran-Chakoda siyrak daraxtli quruq oʻrmonlar koʻproq. Subtropiklarning tuproq-oʻsimlik zonalari, xuddi Shim. Amerikadagi kabi, asosan meridional yoʻnalishda. Subtropik oʻrmonli dasht zonasidagi qizgʻish-qora tuproqli yerlarda qaragʻay oʻrmonlari, savannalar, Kordilyera togʻlari etagidagi boʻz tuproqli chala choʻl va choʻllarda tikanakli boʻta va kaktuslar oʻsadi. Patagoniyadagi boʻz tuproqli chala choʻllarda butalar, Jan. And togʻlaridagi qoʻngʻir tuproqlarda aralash qalin oʻrmonlar bor. Janubiy Amerika oziqovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom ashyosi va qimmatbaho yogʻoch beradigan oʻsimliklar (shokolad daraxti, kakao, xin va qizil daraxtlar, geveya, kebracho va b.)ga boy.
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast Janubiy Amerikada materikning shim. katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va jan. tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va b.) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va b. yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hoz. zamondagi eng yirik kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va b.) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik xasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning jan. qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va b. yashaydi.
Geografik tadqiqotlar tarixi. 11-a. da Abu Rayhon Beruniy Gʻarbiy yarim sharda, yaʼni Atlantika okeanining ortida katta quruqlik boʻlishi kerak deb bashorat qilgan. Amerikaning yevropaliklarga rasman kashf qilinishi Hindistonga, yaʼni Sharqiy va Jan. Osiyoga gʻarbdan suv yoʻli orqali borishni maqsad qilgan X. Kolumb ekspeditsiyasidan boshlandi. 1498-y. da X. Kolumb Trinidad o. va Janubiy Amerikaning Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohilini, 1499—1501-y. larda A. Ninyo (A. Oxeda va A. Vespuchchi bilan birga) va R. Bastidas boshchiligidagi ispan ekspeditsiyalari materikning butun shim. sohillarini, 1500-y. da ispanlardan V. Ya. Pinson va D. Lepe boshliq ekspeditsiyalar hamda portugal P. Ya. Kabral ekspeditsiyasi sharqiy sohilini kashf etdi. 1507-y. da lotaringiyalik xaritashunos M. Valdzemyuller jan. materikni florensiyalik Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi. 1541-y. dan keyin bu nom Shim. Amerika uchun ham rayem boʻldi.
1516-y. da ispan dengizchisi X. D. Solis Urugvay va Parana daryolarining quyi oqimidagi yerlarni oʻrgandi. 1520-y. da F. Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi yana ham janubroqqa suzib bordi va Patagoniya (hoz. Magellan) boʻgʻozi orqali oʻtib Tinch okeanga chiqdi. Boʻgʻozning jan. sohilini Magellan Olovli Yer deb atadi. Janubiy Amerikaning Tinch okean sohillarini ham 1522—58 y. larda ispan dengiz ekspeditsiyalari oʻrgandi. 1578-y. da ingliz F. Dreyk Olovli Yerning arxipelag ekanligini aniqladi. 1592-y. da ingliz D. Deyvis Atlantika okeanining 52° j. k. da «Deva Yeri» ni tadqiq qildi. D. Strong «Yangi yer» ni oʻrganib, uni Folklend o. lari deb atadi (1690). Janubiy Amerika sohillarini mustamlakaga aylantirish va ichki qismlarini bosib olish indeyslarni koʻplab oʻldirish va plantatsiyalarda qul qilib ishlatish bilan birga davom etdi. Mustamlakachilar boylik qidirish maqsadida materikni turli yoʻnalishlarda kesib oʻtdilar.
Janubiy Amerikaning Shim.-gʻarbiy va Ekvatorial And togʻlarini hamda Orinoko daryosi havzasini olimlardan A. Gumboldt va fransuz E. Bonplan kompleks oʻrgandilar (1799—1802). Materik asosan 19-a. 1-yarmidan har tomonlama tadqiq qilina boshlandi. Janubiy Amerikada rus sayyoxlaridan A. S. Ionin (1889—92), N. M. Albov (1895—96), G. G. Manizer (1914—15) va N. I. Vavilov (1932—33) boʻlgan.
Aholisi. Amerika yevropaliklarga maʼlum boʻlgunga qadar Janubiy Amerika aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17—20 ming yil ilgari Osiyodan Bering boʻgʻozi, Shim. Amerika orqali kirib borgan deb hisoblanadi. Janubiy Amerikaga yevropaliklar kelgach, mahalliy aholining koʻpchiligi yuqumli kasalliklar, shafqatsiz ekspluatatsiya va b. sabablar tufayli qirilib ketgan. Janubiy Amerikaning hoz. axolisi Yevropadan koʻchib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy indeyslarning aralashuvidan) tashkil topgan.
Antropologik jihatdan Janubiy Amerika aholisi har xil: unda yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negravstraloid) irklar aralashib ketgan. Kreol, metis, mulat va sambo aholi guruhlari paydo boʻlgan.
Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi, asosan, portugal va ispan tillarida gaplashadi. Pekin yirik mahalliy xalq (kechua, aymara va asteklar) oʻz ona tillarini saqlab kelmoqda. Afrikadan keltirilgan negr avlodlari oʻz ona tilini saqlamagan.
Janubiy Amerika aholisini etnik xususiyatlari va tarqalishiga koʻra shartli ravishda uchga bulish mumkin: 1. Boliviya, Peru, Paragvay va Chilida, asosan, metis, indeys, yevropaliklar avlodi yashaydi. 2. Urugvay va Argentina aholisining koʻpchiligini yevropaliklar tashkil etadi. 3. Indeys, metis, yevropaliklar avlodidan tashqari soni va etnogenezi jihatdan koʻpchilikni tashkil qilgan negrlar Braziliya, Kolumbiya, Benesuela va Ekvadorda yashaydi. Janubiy Amerika aholisining koʻpchiligi, asosan, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Negrlar va mulatlar oʻrtasida katolitsizm b-n birga afrikaliklarning anʼanaviy dinlari va odatlari saqlanib kelmoqda. Togʻlik joylarda yashovchi indeyslarning ayrim qabilalarigina ibtidoiy diniga eʼtiqod qiladi.
Siyosiy boʻlinishi. Janubiy Amerikaning hoz. siyosiy xaritasi, asosan, koʻpgina davlatlarning mustaqillik uchun olib borgan kurashi va 2-jahon urushidan keyingi siyosiy va ijtimoiy oʻzgarishlar natijasida vujudga keldi.
Ensiklopediya.uz
Janubiy Amerika