JANR haqida
JANR
JANR (frans. qenre — jins, tur) — sanʼat turlarida tarixan shakllangan ichki boʻlinish hamda mazkur boʻlinishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan sanʼat asarining alohida turi. Sanʼat asarlarining Janr guruxlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va b.) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi.
Adabiyot (badiiy-adabiy ijod) da Janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, xujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik Janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik Janr (qasida, elegiya, sheʼr, qoʻshik, va b.)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar asar mavzuiga koʻra yanada maydaroq qismlarga ham boʻlinadi (maye, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va b.).
Tasviriy sanʼatda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, baʼzan tasvir xususiyatiga koʻra asosiy Janrlar belgilanadi (maye. portret, manzara va b.). Keyingi (yanada mayda) boʻlinishlar badiiy ijodda bilish, gʻoyaviy baholash, badiiy obraz boʻlaklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, portretchi rassom nuqtayi nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. Asosiy Janr larning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina — manzaranmng bir turi va sh. k.).
Musiqada asarlarning hayotdagi oʻrni, ijro etilish joyi va sharoitiga koʻra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va b. guruxlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtayi nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalarn, ballada va b.), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va b.) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin.
Qad., oʻrta acrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida Janrlar orasida aniq, chegara qoʻyilmagan. Klassitsizm davri (Fransiya) dagina qatʼiy Janr tizimi yaratildi. 19-a. da Janrlar orasiga katiy chegara qoʻyilishi bilan ayrim Janrlar oʻz ahamiyati va yetakchiligini yoʻqotdi, ayrimlari (portret, manzara, konsert, simfoniya va b.)ning oʻzaro taʼsirda, yangi turlarining paydo boʻlishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. Sanʼatshunoslikda Janr tushunchasi 17-a. da paydo boʻlib, jahon sanʼati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini taxlil qilishda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
JANR