JANGGOH haqida
JANGGOH
JANGGOH — jang maydoni. Bu maʼno oʻtmishda maʼrakagoh, dorulharb kabi istiloxlar bilan ham ifodalangan. Boʻlajak jangdan oldin har bir sarkarda J. ni bevosita oʻzi tanlagan, koʻzdan kechirgan. Janggohning tekis, keng va qoʻshin qismlarini joylashtirishga qulay boʻlishi talab qilingan. Ayniqsa, Janggohning ichimlik suv manbaiga yaqin boʻlishi hamda jang paytida quyosh nurining askarlar koʻziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan. Janggoh tanlash — tovochi zimmasida boʻlgan. Janggohning noqulayligi baʼzan magʻlubiyatga ham sabab boʻlgan. Maye: Anqara jangida Amir Temurning ustalik bilan Janggohni tanlashi va bu bilan raqibi turk sultoni Boyazidni oʻzi uchun noqulay Janggohda jang qilishga majbur qilishi turklarning bu jangda magʻlubiyatga uchrash sabablaridan biri boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
JANGGOH