JANDA haqida
JANDA
JANDA (fors. — koʻhna, eski) — 1) ustki kiyim. Mato boʻlaklaridan (quroq usulida) uzun va keng qilib tikilgan. Asosan qalandar va shayxlar kiygan (xirqa). Hoz. maʼnoda — juldur chopon, yaktak;
2) qoʻlda toʻqilgan ip mato turi. Asosan qoʻlda, keyinroq f-kada yigirilgan ipdan yoʻl-yoʻl katak gulli qilib oʻziga xos tarzda qalin qilib toʻqilgan. Naqsh mujassamoti ingichka yoʻllar mayda kataklardan iborat keng yoʻllar bilan bir maromda almashinib kelishiga asoslangan, har bir rangli ip oʻz yoʻgʻonligiga ega boʻlgan (maye, qizil rang 2 va qora rang 6 ipdan iborat boʻlgan). Janda matosi oʻta pishiqligi va rangining odmiligi b-n ajralib turgan. Turkiston (Tojikiston, Oʻzbekiston)da Jandadan toʻn tayyorlangan. 20-a. 20-y. laridan Janda toʻqish deyarli barham topgan.
Ensiklopediya.uz
JANDA