JAMOLOV Oʻner Boimbetovich haqida

JAMOLOV Oʻner Boimbetovich haqida

JAMOLOV Oʻner Boimbetovich

JAMOLOV Oʻner Boimbetovich (1912, Janubiy Qozogʻiston viloyati Sembe qishlogʻi — 1975.8.8, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1966), iqtisod fanlari d-ri (1958), prof. (1959). Toshkent moliyaiqtisod in-tini tugatgan (1939). 1940— 53 y. larda Toshkent sh. dagi oliy oʻquv yurtlarida siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Oʻrta Osiyo un-tida dotsent (1955—58), Oʻzbekiston FA Iqtisod in-tining direktori (1958—71), Oʻzbekiston FA Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimining akad. kotibi (1971—75). Ilmiy ishlari q. x. ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish, rivojlantirish, iqtisodiyot nazariyasi masalalariga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
JAMOLOV Oʻner Boimbetovich