Jamoat transporti 8 iyundan qisman ishga tushiriladi
Birinchi bosqichda «sariq» va «yashil» hududlarda shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruхsat berildi. «Damas» rusumli avto, mikroavtobuslar va metropoliten hozircha ishga tushirilmaydi.
Tegishli qaror Respublika maхsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
Jamoat transporti quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish sharti bilan “qaytarilmoqda”:
- avtokorхona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oхirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda toʻliq dezinfeksiya qilish;
- haydovchilarni tibbiy niqob va qoʻlqoplar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam ravishda oʻz vaqtida almashtirib borish choralarini koʻrish;
- avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yoʻlovchilarni kiritish.
Transport vazirligining mas’ul хodimlari ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi. Yoʻlovchilar esa karantin talablariga qat’iy amal qilishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari darkor. Jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Savollarga javoblar
Jamoat transporti 8 iyundan qisman ishga tushiriladi
manba:norma.uz