JAMNAGAR haqida malumot bilib oling.
JAMNAGAR, Navanagar — Hindistonning gʻarbidagi shahar. Gujarot shtatida. Kach qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 345 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Katxiyavar ya. o. dagi muhim savdo markazi. Ipak, jun, koʻn, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qadimdan boʻyoqchilik rivojlangan. Kashtachilik, tikuvchilik va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Jamnagar yaqinidan boksit olinadi.
Ensiklopediya.uz
JAMNAGAR