JAMMU haqida
JAMMU
Mundarija
скрыть
JAMMU — Hindistonning shim. dagi shahar. Jammu va Kashmir shtatida, Tavi daryosi vodiysida. Shtatning ikkinchi maʼmuriy markazi (qishki qarorgoh). Aholisi 250 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Himolay togʻlari etagidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi. Kimyo, toʻqimachilik sanoati, hunarmandchilik rivojlangan. Ipak yigirish, sholi oqlash korxonalari bor. Kulolchilik buyumlari, dori-darmon, rezina va charmdan turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
JAMMU