Jamilova Gulchehra Tarjimai hol haqida malumot
Tarjimai hol
Gulchehra Mannonovna Jamilova —aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992).
1946 yil 2 iyulda Toshkentda tavallud topgan. 1964 yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan.
Keyinchalik 1968 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-san’at institutining aktyorlik fakultetini tamomladi. «Bahor» Davlat xalq raqs ansamblida yakkaxon ijrochisi bo‘lgan. 1966— 1987 yillarda Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatrida aktrisa sifatida faoliyat boshladi.1987 yildan 1991 yilga qadar O‘zbekiston davlat drama teatrida faol xizmat qildi. 1991 yilda Xamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatriga qaytdi. Gulchehra Jamilova kino sohasidagi ish faoliyatini 1962 yilda boshlagan.
Birinchi marotaba “Shohsanam va g‘arib” filmida Shohsanamning dugonasi rolida o‘ynagan. 1966 yilda Silviyada “Veronalik ikki yigit” sahnalashtirilgan teatrida rol o‘ynadi. U yana boshqa ko‘pgina postanovkalarda, “Qonli sarob”, “Oltin devor”, “Zebuniso”, “Nodirabegim”, “Boy ila xizmatchi” va boshqalarda rol ijro etdi.
1968 yilda A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida suratga olingan filmida rol ijro etdi.
Filmografiya
•1965 — Ko‘rmayin bosdim tikanni — Gulchehra
•1969 — O‘tgan kunlar — Kumush
•1971 — Shiddat — Manzura
•1976 — Yilning to‘rt fasli — Nozima
•1984 — Sevgi afsonasi — Malkani
•1992 — Qolish
•1993 —Qon bilan to‘langan baxtim mani
•2000 — Parimomo
•2000 — Shaytanat — shaytonlar saltanati — Manzura
•2005 — Go‘zallik siri
•2014 — Geolog: O‘limdan og‘ir
Unvon va mukofotlari
- O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist
- O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti (1992)
Arboblar
Jamilova Gulchehra
manba:arboblar.uz