Jama Music — Guruxi xaqida malumotlar to’liq malumot oling
Jama Music — Guruxi xaqida malumotlar
“Jama Music” leybli ayni vaqtda O‘zbekistondagi eng mashhur leybl bo‘lib, u 2006 yil tashkil topgan. “Jama Music” ning tashkil topishiga ijodkorlar Jamshid Gaffarov va Jamshid Shodiyev sababchi bo‘lishgan. Ular oliygohda tahsil jarayonida tanishib qolishgan va ularda mazkur leyblni tashkil etish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Har ikki asoschining ismlari Jamshid bo‘lganligi uchun ham, ular bu leyblni “Jama Music” deb nomlashgan. Leybl yaratilgach, uning asoschilari qo‘shiqlar uchun she’r yozib, musiqa bastalab, aranjirovka qilib, san’atkorlarga sotish niyatida bo‘lganlar. Shu tarzda 2006 yildan “Jama Music” ning ijodiy faoliyati boshlangan va bu leybl bugungi kunda O‘zbekistondagi san’atkorlar eng ko‘p murojaat qiladigan leybllar ichida yetakchisi hisoblanadi.
“Jama Music” ijodkorlari shu kungacha juda taniqli, mashhur san’atkorlarga, jumladan, Shaxzoda, Ozoda Nursaidova, Lola, Nilufar Usmonova, Rayhon, Munisa Rizayeva, Davron Ergashev, Rashid Xoliqov va boshqa ko‘plab taniqli estrada xonandalariga qo‘shiq so‘zlarini yozib, aranjerovka qilib, musiqa bastalab kelishmoqda.
2019-2020 yillarda “Jama Music” leyblining rivojlanishi uchun, uning asoschilari tomonidan Youtube tarmog‘ida “Jama Music” nomli kanal ochildi. Bu juda ham omadli kanal bo‘lib, hozirda ham faoliyati jadal ravishda davom etmoqda. Qolaversa, boshqa internet tarmoqlarida ham, “Jama Music” profillari ochilgan. Shundan so‘ng, mazkur leybl ostida yangi nom, yangi xonandalarni loyiha sifatida kashf etish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda “Jama Music” leybli loyihasi sifatida bir necha xonandalar faoliyat yuritishmoqda. Jumladan, Adiz, Uz Tim, Bekzod Soipov va boshqalar.
2019-2020 yillarda “Jama Music” leybli ostida yangi qo‘shiqlar chiqarilishi boshlandi. Bu qo‘shiqlar Youtube tarmog‘ining “RizaNova” kanali va boshqa internet kanallariga chiqarildi. Shuningdek, radioto‘lqinlarda ham yangray boshladi. Jumladan, “Jama Music”ning “Faryod” qo‘shig‘i tinglovchilarga taqdim etildi va unga videoklip suratga olindi. Shundan so‘ng, “Jama Music” tomonidan “Seni sevaman” qo‘shig‘i yaratildi. Bu qo‘shiq tinglovchilarga manzur bo‘ldi.
Shu kungacha “Jama Music” tomonidan muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan ko‘plab taronalar, radioto‘lqinlari va internet tarmoqlari orqali jarang sochib kelmoqda.
2022 yil “Jama Music” uchun juda ham omadli keldi. Sababi, aynan shu yili “Jama Music” leybli, o‘zining “Jama Music” nomli ovoz yozish studiyasiga ega bo‘ldi! Hozirgi kunda mazkur studiyada “Jama Music” dan tashqari, juda ko‘plab san’atkorlar o‘z ijod mahsuli bo‘lgan qo‘shiqlarini yozdirib kelmoqdalar.
“Jama Music” esa, hozirda o‘z ijodiy faoliyatining qizg‘in pallasida bo‘lib, yangi ijodiy g‘oyalar, yangi qo‘shiqlar va tinimsiz izlanishlar bilan band.
Biografiya
Jama Music — Guruxi xaqida malumotlar