Jaloliddin Rumiy
Jaloliddin Rumiy
DO`STLARGA ULASHING:
Jaloliddin Rumiy
Tavallud topgan sana: 30 sentyabr 1207 yil
Vafot etgan sana: 17 dekabr 1273 yil
Tug’ilgan joy:Balx
Tarjimai hol
Mavlono Jalol id-Din Muhammal Rumiy yoki Mavlono nomlari bilan taniqli — asosan, fors tilida sharq she’riyati asarlarini yaratgan atoqli fors-tojik shoir-so‘fisi. Ba’zida uni Mavlono Jalol id-Din Muhammad Balxiy, ya’ni tug‘ilgan yeri bo‘lmish ona shahri nomi bilan ham chaqirishgan.
1207 yilning 30 sentabr kuni Vaxsh (hozirgi Tojikiston) shahrida, o‘sha vaqtlar Xurosonning yirik poytaxt viloyatining shimoliy Baxl hududida, xalqda mashhur saroy din-huquq va xatib-so‘fi olimi — Baxouddin Valid (1148-11231) nomi bilan mashhur Muhammad bin Husayn al-Xatib al Balxiy oilasida dunyoga kelgan. Otasi mo‘g‘ullar istilosi subab, ona shahridan qochib, ko‘p yillik darbadarlikdan so‘ng, Kichik Osiyoning (Rum) Kunya shahrida, turk-saljuqlar saroyida o‘rnashadi.
Jaloliddin nafaqat diniy-huquqiy, balki, aniq fanlar sohasida ham yaxshi tahsil olgan, arab, yunon tillarini, “Qur’on”ni va uni tavsirini yaxshi bilgan.
Bolaligidayoq u Xurosonning asosiy shahri — ona yeri Balxni tark etishga majbur bo‘ladi. Uning otasi Muhammad Baxouddin Valad so‘fi va diniy-olim bo‘lgan. Shuning uchun ham u Xorazm shohi Muhammaddan saroyida xizmat qilish taklifini oladi. Ammo Valad o‘z e’tiqodida mustahkam, chuqur bilimga ega va juda haqqoniy bo‘lgan. Turli vajlarga ko‘ra, u shohning iltimosini rad etib, bolalarga dars berish uchun maktabda qoladi va ilmiy hamda ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Shu sabab Xorazm shohi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Haj safarini amalga oshirish maqsadida, u oilasi bilan Balxni tark etadi.
Makkaga safari chog‘i, Nishopurda u shayh Farididdun Muhammad Attor bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘ladi. Qiziquvchan shayh Rumiyga bog‘lanib qoladi va unga o‘zining “Asrornoma” kitobini bag‘ishlab, Jaloliddin uni doim yonida olib yuradi. Rumiy she’riyat, falsafa va dinshunoslik bobida bu qadar cho‘qqilarga erishishiga o‘sha davrlarning ma’rifatparvarlari shayh Shams Tabriziy va Farididdun Attorlarning hissasi beqiyosdir. Shams Tabrizdan u falsafa, xususan, so‘fichilik bilan tanishadi.
Jaloliddinning so‘filik yo‘liga tushishi daydi so‘fi va’zxoni Shamsiddin Tabriziyning ismi bilan bog‘liq. Bu darveshning xutbalari va u bilan shaxsiy suhbati va keyinroq sirli g‘oyib bo‘lishi Jaloliddin qalbini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Uchrashuv quvonchi-yu, do‘stiga bo‘lgan kengqamroqli muhabbat va judolik fojiasini tuyib, u butun dunyoga taniqli daho shoirga aylandi.
Rumiyning salobati shundaki, u buyuk shoirlik maqomiga ega bo‘lib, turkiy olamga tanilgan. Islom dinining barcha oqimlari va boshqa dinlar uchun u yagona g‘oyani ilgari surib, unda Yaratganga bo‘lgan muhabbatni, uning kuchiga bo‘lgan e’tiqodni, niyat va ishlarning pokligini tarannum etgan. U shunday yozgan: “Yo‘llar turli bo‘lishi mumkin, ammo yakuniy maqsad yagona — Allohning oldiga borish”. U umrining oxirigacha Xudoning oldida barcha tengligini targ‘ibot qilgan.
Rumiyning “Bilim mohiyati” asari bu uslubda yozilgan tengi yo‘q kitob sanaladi. Uni Rumiy ruboiy emas, nasr uslubida yozgan. Kitobda so‘zlar bulbul og‘zidan chiqqani kabi erkin uzuladi. Unda barcha narsa erkin: qalb ham, fikrlar ham, jumlalar ham, holat ham. Rumiydan sakkiz asr o’tib, XX asr shoirlari oq she’r deb nomlanuvchi adabiy uslubdan foydalana boshlashdi. Bu uslubni hali XIII asrda Jaloliddin Rumiy ochib, o‘z ijodida foydalangan edi.
O‘zining sevimli asarini u 15 yoshida yozgan. Unda yigirma besh ming olti yuz o‘n sakkiz bayt mavjud. Kitobni jahon adabiyoti shoh asari deb hisoblasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uni, shuningdek, “So‘fichilik qonunlari” deb ham atashadi.
U vaqtlar insonlarning yerdagi yagona kelib chiqishi haqida gapirish jasorat hisoblangan.
Jaloliddin Kunyada 1273 yilning 17 dekabrida vafot etgan va otasining oldidagi maqbaradan qo‘nim topgan. Ularning maqbarasi ziyoratchilik yeri hisoblanadi.
Rumiyning adabiy faoliyati serqirra emas, lekin muhim ahamiyatga ega. Jaloliddin avvalam bor, shoir bo‘lgan. Uning lirik “Devon”i xali batafsil o‘rganilmagan, qasidalar, g‘azallar va to‘rtliklar — ruboiylardan iborat. Shoir dunyo ulug‘vorligidan qat’iy nazar unda insonning qadr-qimmati g‘oyasini ilgari suradi; u so‘nib borayotgan diniy urf-odat rasmiyatchiligi va safsatabozligiga qarshi chiqadi.
Bu g‘oyalar otashin tilda o‘ziga xos shaklda bayon etilgan. Bir qator lirik she’rlar so‘fichilikning amaliy qulayligi, hayotiy va falsafiy aqidaparstligi haqida so‘zlaydi.
Mavlaviylik ordeni Turkiya Usmoniylari orasida eng nufuzli aslzodalarga tegishli bo‘lganligini inobatga olgan holda, XIII asrning boshqa buyuk shoiri — shaharning savdo sinfiga tegishli ideologi Saadiga qarama-qarshi ravishda – Jaloliddin ko‘proq ziroatchilardan ko‘ra, ko‘proq dehqonlar aslzodalariga yaqinroq bo‘lgan.
Rumiy hayoti Orxan Pamukaning “Qora kitob” (1990) hamda Elif Shafaqning “Sevgi” romanlaridagi syujetlar bilan tutashib ketadi.
Rumiyning so‘filik hikoyatlari
Jaloliddin Rumiy so‘fichilikning arkonlaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab odamlar uning oldiga maslahat va dono so‘zlarini tinglagani kelishgan. Bir kuni uning oldiga qo‘shni ayol o‘g‘li bilan kelib, shunday deydi:
— Men allaqachon barcha usullarni qo‘llab ko‘rdim, lekin o‘g‘lim menga quloq solmaydi. U juda ko‘p miqdorla shakar yeydi. Iltimos, bu yaxshi emasligini unga ayting. U sizning gapingizga quloq soladi, zero, sizni juda hurmat qiladi.
Rumiy bolakayga qarab, uning ko‘zlaridagi ishonchni ko‘rib dedi:
— Uch haftadan so‘ng keling.
Ayol taajjubda edi. Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushunmadim… Odamlar uzoq o‘lkalardan o‘z muammolarini hal qilish uchun kelishgan va Rumiy ularga shu zahotiyoq yordam bergan… Shunga qaramay, ayol uch haftadan so‘ng keladi. Rumiy bolakayga yana qarab, deydi:
— Yana uch haftadan so‘ng keling.
Shunda ayolning toqati toq bo‘lib, gap nimada ekanligini so‘rashga qaror qiladi. Ammo Rumiy oldinroq aytganini qaytaradi. Ular uchinchi hafta kelishganda, Rumiy bolakayga deydi:
— O‘g‘lim, maslahatimga quloq tut, ko‘p shakar yema, bu sog‘liq uchun zararli.
— Siz menga aytyapsizmi, boshqa yemaganim bo‘lsin, deya javob berdi bolakay.
Shundan so‘ng ona o‘g‘lidan ko‘chada poylab turishini so‘raydi. Bola ko‘chaga chiqqach, ona Rumiydan nima uchun birinchi kuniyoq nasihat qilmagani haqida so‘raydi. Jaloliddin iqror bo‘lib, o‘zi ham shakar yeyishni yaxshi ko‘rganligini, boshqalarga maslahat berishdan oldin, avvaliga o‘zi bu odatdan voz kechishi lozim bo‘lganligini aytadi. Avvaliga, buning uchun uch hafta yetarli, deb hisoblaydi, ammo adashadi…
Ustaning sifatlaridan biri shunday: u boshqalarni o‘zi bosib o‘tmagan yo‘ldan yurishga undamaydi. Usta avvalam bor, o‘ziga to‘g‘ri. Uning so‘zlari haqiqat bilan uyg‘un. Bu yerda chanlik hikmatni eslamay iloj yo‘q: “Qachonki, rahmdil inson yolg‘on ilmni targ‘ib etsa, u haqiqatga aylanadi. Qachonki, axmoq odam haqiqatni aytsa, u yolg‘onga aylanadi”.
Jaloliddin Rumiy