JAKKARD MASHINASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JAKKARD MASHINASI haqida malumot bilib oling.

JAKKARD MASHINASI — toʻquv sta nogining homuza (zev) ochish mexanizmi. Yirik gulli va katta rapportli gazlamalar (maye, dasturxon, adyol, choyshab, deraza parda va b.) toʻqishda qoʻllaniladi. Fransuz mexanigi J. M. Jakkard kashf etgan(1808). Jakkard mashinasi asosan ikki qism: koʻtarish mexanizmi va gul (naqsh) mexanizmidan iborat. Har qaysi tanda ipini yoki tanda iplar dastasini alohida yoʻnaltirishga imkon beradi. Unda arqoq ipi bir-biridan mustaqil harakatlanadigan ilmoqlar yordamida koʻtariladi. Jakkard mashinasining boshqa homuza ochish mashinalaridan farqi shundaki, uning yordamida tanda iplari qismlar boʻyicha emas, balki har biri alohida koʻtariladi va tushiriladi. Jakkard mashinasi bir koʻtarilmali va ikki koʻtarilmali boʻlishi mumkin. Bir koʻtarilmalisida ochiq yoki yopiq, ikki koʻtarilmalisida ochiq yoki yarim ochiq homuza, yaʼni gazlama toʻqish uchun tanda iplarining bir qismi koʻtarilib, ikkinchi qismi pastga tushib turganda boʻshliq hosil boʻladi. Unga moki yordamida arqoq iplari tashlanadi. Koʻtarish mexanizmi asosan pichoq va ilgaklardan iborat boʻladi. Jakkard mashinasi asosan 400, 600, 800, 1320 va undan koʻp ilgakli boʻlishi mumkin (q. Toʻquvchilik).

Ensiklopediya.uz
JAKKARD MASHINASI