Jahon tarixi kitoblar
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 10 sinf uchun Jahon tarixi kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
Поиск материала «Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003» для чтения, скачивания и покупки
Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:
Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.
Search results:
- JAHON–TARIXI_UZB_2017-2018_DARSLIK_21.08.2017.indd
Shuhrat Ergashev, Begzod Xodjayev, Jamshid Abdullayev. JAHON TARIXI . (1918 – 1991- yillar ). E 74 Ergashev, Shuhrat Jahon tarixi [Matn]: O‘rta ta’lim muassasalarining 10 -sin va o‘rta maxsus irinchi jahon urushining yakuni – 1918- yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan davri «. irinchi bosqich 1918 – 1945 – yillar – indus-trial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining boshlanishi davri . ziyouz.com
Jahon tarixi : eng yangi davr , birinchi qism ( 1914 – 1945 yillar ) ; 10 -sinif oʹquvchilari uchun darslik. books.google.ru
Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop.ru Купить
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 10 sinf uchun Jahon tarixi kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
Рефераты, слайды, разработки уроков, IELTS всё в одном AIM.UZ Referatlar, Dars ishlanmalar, Testlar, Taqdimotlar, Tadbir va bayram senariylari. Barchasi birda . 10 – sinf darsliklarining elektron variantlari. aim.uz
Shuhrat Ergashev, Begzod Xodjayev, Jamshid Abdullayev. JAHON TARIXI . (1918 – 1991- yillar ). E 74 Ergashev, Shuhrat Jahon tarixi [Matn]: O‘rta ta’lim muassasalarining 10 -sin va o‘rta maxsus irinchi jahon urushining yakuni – 1918- yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan davri «. irinchi bosqich 1918 – 1945 – yillar – indus-trial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining boshlanishi davri . n.ziyouz.com
11- sinf O’zbekiston tarixi darsligi yuklab olish 11- sinf Jahon tarixi darsligi yuklab olish 11- sinf Dunyo dinlari tarixi darsligi yuklab olish. Agar sizga boshqa sinf darsliklari kerak bo’lsa ushbu sahifaga o’ting : o’tish >>. Вопросы олимпиады по биологии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-biologiya-test скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- 10 -11- sinf -olimpiada biologiya скачать 9-biologiya-yozma. mbaza.uz
Jahon tarixi : eng yangi davr , birinchi qism ( 1914 – 1945 yillar ) ; 10 -sinif oʹquvchilari uchun darslik. books.google.ru
10 – sinf maktab darsliklarining elektron variantlari. Kitob. hujjat turi. pdf. 7.2 MB. Matematika_2_ qism . darslik. pdf. Post menyusi. Ingliz tili fanidan 5-sinf va 10 – sinf kitoblari. hasanboy.uz
Jahon tarixi : eng yangi davr , birinchi qism ( 1914 – 1945 yillar ) ; 10 -sinif oʹquvchilari uchun darslik. books.google.ru
Jahon tarixi : eng yangi davr , birinchi qism ( 1914 – 1945 yillar ) ; 10 -sinif oʹquvchilari uchun darslik. books.google.ru
Вопросы олимпиады по биологии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-biologiya-test скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- 10 -11- sinf -olimpiada biologiya скачать 9-biologiya-yozma. mbaza.uz
Barcha fanlardan 10 – sinf darsliklari. 10 – sinf darsliklarining elektron variantlari. Barcha uchun, eng sara hayotiy, chiroyli, tasirli, manoli sherlar to’plami 10 – sinf (2017, V.Kostetskiy). Dunyo dinlari tarixi . 2-sinf elektron darsliklar yangi 2021-2022-o’quv yili uchun. Boshlang’ich sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan. bilimlar.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida yaqin o‘tmish tariximizga quyidagicha baho bergan edi: “O‘zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday murakkab davrlar , og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan yengib o‘tishga qodir, deb baralla aytishga to‘la asos beradi. n.ziyouz.com
XX Asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. J. ahon tarixi eng yangi davrining uchinchi bosqichi 1991- yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan voqealarni o‘rganadi. B. u davrda sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi muammolarining keskinlashuvi, jahonning juda katta qismida moder-nizatsiya jarayonlarining tugallanmaganligi bilan bog‘liq ziddiyatlarning kuchayishi xalqaro barqarorlikka jiddiy xavf sola boshladi, ko‘plab mamlakatlardagi murakkab muammolarning manbayiga aylandi. XX. ziyouz.com
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 10 sinf uchun Ozbekiston tarixi kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
Eng yangi tarix. 1945 -2010 yillar (Hamza Kichkilov, Mavluda Fayzullayeva). Jahon tarixi . Yangi davr . 1- qism . XVI-XVII asrlar (Shuhrat Ergashev). n.ziyouz.com
Jahon nasri antologiyasi. Eng sara asarlar. Videogalereya. Kutubxona. Yangi darsliklar (2014-2018). 10 – sinf . 2- qism (2017, B.To’xliyev, B.Karimov). Saqlash. Haqida. Dunyo dinlari tarixi . 10 – sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov). Saqlash. n.ziyouz.com
Siz 8- sinfda „Jalion tarixi “ bo‘yicha XVI asr boshlaridan XIX asming ikkinchi yarmigaclia bo‘lgan davrni o‘rgandingiz_ Endi jalion tarixining eng qiziqarli, slui bilan birga , murakkab davrini o‘iganasiz. Cliunki bu davrda dmiyoda katta o‘zgarishlai yuz berdi. Darslikda tarixni yangi davrga moslab, sinfiy lianikorlikni mus-talikanilasliga. insonpan’arlashtirisliga. gunianitar g ‘oyalarni kcn-gaytirisliga, uruslilarning insoniyat duslmiani ekanligini ko”r-satisliga, tinclilik va ijtimoiy taraqqiyot dunyo xalqlarining oso-yishta yasliaslii uchun zarurat ekanligini ocliib berisliga liarakat qilindi. library.samdu.uz
Jahon tarixida « Yangi tarix» davri XV asr oxiri — XVI asr bosh-laridagi Buyuk geografik kashfiyotlardan boshlanadi hamda Birinchi jahon urushining yakuni — 1918-yilgacha b o ‘lgan davrni qamrab ola-di. Y angi tarix, odatda, ikki bosqichga b o ‘lin ad i. U n in g birinchi bosqichi — Buyuk geografik kashfiyotlardan XVIII asrning oxiridagi Buyuk fransuz burjua inq ilobigach a b o ‘lgan davrni qamrab oladi. Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XIX asrning boshidan Birinchi jahon urushining yakuni — 1918-yilgacha davom etadi. hasanboy.uz
m c h a ch o ra -tadbirlar to” g ‘risida»gi PQ-3775-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining «Oliy ta ’lim m uassasalarini o’quv adabivotlari bilan ta’m inlash to’ g ‘risidawgi 816-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlangan. O ‘quv q o’Ilanm a oiiy o ‘quv yurtlari 5120300 ~ tai’ix ( jahon mam lakatlari tarixi ) t a ’lim yo’nalishida o’qitiladigan « Jahon tarixi » fanining «.lahon tarixi IH-1V qismlari (O ‘rta asrlar tarixi )» bo’yicha tayyorlangan. Unda jahon tarixining ajralmas qismi – Osiyo va Afrika mamlakatlarining o’rta asrlar tarixiga doir ma’lumotlar yoritilgan. e-library.namdu.uz
UO‘K: 17=512.133(075.2) KBK: 71.04ya721. Q 97 Islomov, Zohidjon. Dunyo dinlari tarixi 10 – sinf : O‘rta ta’lim maktablarining 10 – sinf lari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik / Z. Islomov, D. Rahimjonov, J. Najmiddinov. – Birinchi nashr. Taqrizchilar: N. Muhamedov, tarix fanlari nomzodi, dotsent H. Yo‘ldoshxo‘jayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent A. Zamonov, O‘z FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha. Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi J. Tohirov, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi. iht.uz
Siyosiy demokratiya rasmi^lashib,*yuqori tabaqalarning. hukmronlik shakllari takomillashdi. S it jahon * tarixining eng qiziqar-. li, shu bilan birga , murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda . dunyoda katta o‘zgarishlar yuz bes^di. Shu sababli rivoj-langan mamlakatlar tarixini chuqur o ‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir. Ushbu darslik tarixni yangi davrlashtirish asosida tayyorlangan bo‘lib, XIX asming 70- yillaridan 1918-yilgacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. hasanboy.uz
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 9 sinf uchun Jahon tarixi kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 9- sinf uchun Jahon tarixidan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru
0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘zining «Yuksak m a’navi-yat —yengilmas kuch» kitobida « 0 ‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q», — deb ta’kidlashi bilan birga har bir inson jahon tarixini , uraum-bashariy taraqqiyot yo‘lini chuqur idrok etishi zarurligini ham uqtirganlar. Zero, busiz tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib bodmaydi. Siz VII sinf « Jahon tarixi » darsligi orqali xorijiy dav-latlarning V—XV asrlarga oid tarixini o‘rgandingiz va bu davrning « 0 ‘rta asrlar» deb atalishini ham bilib oldingiz. uzsmart.uz
0 ‘r t a m axsus, k a s b -h u n a r t a ’Iimi tiz im i u c h u n uzluksizligi va uzviyligi t a ’m in lan g an « Jah o n tarixi » o ‘quv dasturi asosid a y ozilgan ushbu d arslik d a ja h o n d a g i asosiy d a. v la tla rn in g X X —XXI asr b o sh la rid a g i ta rix i, x alq aro munosabatlar, fan, m adaniyat tarixi yoritilgan. 0 ‘rta u m u m ta’lim m aktabida jahon tarix in in g q adim gi davridan to rtib , to 1918-yilgacha b o ‘lgan davrni o ‘rgandingiz. Q o ‘lingizdagi kitob esa siz o ‘qigan tarixiy davrlarning bevosita davom i b o ‘lib, bugungi kungacha jah o n m am lakatlarida yuz berayotgan o ‘zgarishlar bilan tanishtiradi. ilmiy.bmti.uz
Jahon tarixi 10 – sinf darsligi bo’yicha tuzilgan mavzulashtirilgan testlar. 1-10 mavzular asosida. Britaniya tarixiga oid quyida berilgan ma’lumotlarni yillariga mos ravishda joylashtiring. 1) Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojarolardan biri ishchilarning umumiy ish tashlashi yuz berdi. 2) Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi. oliytoifa.uz
5- sinf Tarix fanidan barcha elektron o’quv darsliklari va materiallari, yuklab olish hamada saytimizda o’qishingiz mumkin. Agar siz birinchilardan bo’lib, investitsiyalar, daromadlar, daromadli loyihalar haqida yangi maqolalardan xabardor bo’lishni xohlasangiz, saytimizga va ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo’lishni unutmang! uzinterbiz.com
Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jum-ladan, O‘zbekiston hududida ham vujudga kelgan. Yer yuzida odam paydo bo‘lganidan to milodiy 476- yilda G ‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar ta-rix fanida Qadimgi dunyo tarixi deb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganiladi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim sa-roy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biograyalari (tarjimayi hol)da aks ettirilgan. n.ziyouz.com
Siyosiy demokratiya rasmi^lashib,*yuqori tabaqalarning. hukmronlik shakllari takomillashdi. Sit jahon * tarixining eng qiziqar-. li, shu bilan birga , murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda . dunyoda katta o‘zgarishlar yuz be^di. Shu sababli rivoj-langan mamlakatlar tarixini chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir. Ushbu darslik tarixni yangi davrlashtirish asosida tayyorlangan boTib, XIX asming 70- yillaridan 1918-yilgacha boTgan davmi o‘z ichiga oladi. uzsmart.uz
Aziz o ‘quvchilar! Siz 6- sinfda « Jahon tarixi »ning qadimgi davrini o ‘rgan-dingiz. Qadimgi davrda odamlar qanday yashagani, Qa dimgi Sharq, Yunoniston va Rim davlatlarining ravnaqi va inqirozlari haqida bilib oldingiz. 7- sinfda esa o‘rta asrlar davri tarixini o ‘qib-o‘rganasiz. Bu davr jahon tarixining milodiy V asr oxiridan — XV asrning oxirigacha b o ‘lgan davrini , ya ’ ni qadimgi zam on bilan yangi zam on o‘rtasidagi 10 asrni qamraydi. Italiyalik m a’rifatparvar olim lar insoniyat tarixini «qa dimgi tarix», «o‘rta tarix» va « yangi tarix»larga b o ‘lib o‘rganishni taklif etishgan. hasanboy.uz
Endi jahon tarixining eng qiziqarli, shu bilan birga , murakkab davrini o‘rganasiz. Chunki bu davrda dunyoda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ushbu darslik tarixni yangi davrlashtirish asosida tayyorlangan bo‘lib, XIX asrning 70- yillaridan 1918-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Darslikda tarixni yangi davrga moslab, sinfiy hamkorlikni mus-tahkamlashga, insonparvarlashtirishga, gumanitar g ‘oyalarni ken-gaytirishga, urushlarning insoniyat dushmani ekanligini ko‘r-satishga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot dunyo xalqlarining oso-yishta yashashi uchun zarurat ekanligini ochib berishga harakat qilindi. ziyouz.com
Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 10 – синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин. idum.uz
На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «Jahon tarixi, 10 sinf, Eng yangi davr, Birinchi qism, 1914-1945 yillar, Hidoyatov G., 2003»
Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.
Нашлось 29 млн ответов. Показаны первые 32 результата(ов).
Jahon tarixi kitoblar
Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zligini tanidi, buyuk bobolarimizning tarixdagi o‘chmas jasorati va yuksak dahosi haqidagi asl haqiqat ro‘yobga chiqdi. Bu ulug‘vor ishlarning debochasi sifatida mamlakatimizda Sohibqiron Amir Temur haqidagi adolat qaror topdi.
Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida xalqimizning toptalib kelgan milliy g‘ururini yuksaltirish, Sohibqiron bobomizning muborak nomi, tarixiy siymosi, boy merosi va xotirasini tiklash yo‘lida mamlakatimizda qo‘yilgan qutlug‘ qadamlar to‘g‘risida batafsil hikoya qilingan. 1996 yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb ataldi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron tavalludining 660 yilligi butun dunyo bo‘ylab nishonlandi.
Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temurning muhtasham haykallari o‘rnatildi.
Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir.
“Buyuk shaxslarni millat qayg‘usi, xalq dardi yaratadi”, – degan edi Prezidentimiz. Chindan ham, millat qayg‘usidan, xalq dardidan yaralgan ulug‘ bobomizday zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi, boshqacha aytganda, tarix va zamon o‘z qahramonini o‘zi jahon maydoniga olib kirdi.
Amir Temur qachon va qayerda tug‘ilgan?
Amir Temur, Temurbek, to‘liq aytsak, Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay milodiy 1336-yil 9-aprel kuni Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi.
Otasi – Amir Tarag‘ay, Tarag‘aybek (tug‘ilgan yili noma’lum, vafoti 1360) barlos qabilasining nufuzli oqsoqoli edi. O‘zbek xalqi tarkibida to‘qson ikki urug‘ borligini bilamiz. Barlos ana shu “to‘qson ikki”ning biridir. Amir Tarag‘ay Turkistonning o‘sha paytdagi hukmdori Amir Qozog‘on oldida ishonch qozongan hurmati bor beklardan hisoblanar, Chig‘atoy ulusi beklari qurultoylariga qatnashib turardi. Harbiy ishlarga mayli yo‘q, taqvodor musulmon, vaqtini darveshlar bilan o‘tkazardi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, “Tarag‘aybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi. “.
Onasi – Tegina Xotun, Takina begim, Takina Mohbegim (taxm. 1318, Buxoro – 1353, Shahrisabz) Buxoro ulamolari peshvosi mavlono sadr ash-shari’a, ya’ni shariat qonunlarini sharhlovchi alloma Ubaydulloh al-Buxoriyning qizidir. Milodiy 1334-yil 16 yoshda Tarag‘aybekka uzatilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, Temurbek tavallud topdi.
Onasi va otasi Shahrisabzda dafn etilgan. Amir Temur onasi xotirasiga balandligi yetmish bir metr keladigan dunyoga mashhur Oqsaroy yodgorligini bunyod ettirdi.
Rivoyatlarga qaraganda, kunlardan bir kun Sohibqironning sakkizinchi bobosi Qochuvli bahodir tush ko‘ribdi, tushida uning qo‘ynidan bir yulduz uchib chiqib jamol ko‘rgizibdi va shu zahotiyoq so‘nibdi, keyin ikkinchisi, uchinchisi, to‘rtinchisi yarqirab chiqibdi, bari so‘naveribdi. Bu hol yetti marta takrorlanibdi. Biroq sakkizinchi martasida katta porloq yulduz otilib chiqibdi-yu, butun dunyoni yoritib yuboribdi! Mana shu Amir Temur yulduzi deb taxmin qilinadi. Undan yana bir necha kichik yulduzlar paydo bo‘libdi, katta porloq yulduz mag‘rib chizig‘iga bosh qo‘yib so‘ngandan keyin, kichik yulduzlar porlashda davom etibdilar.
Amir Temurning bolaligi
Bolaligidanoq tabiatan og‘ir-bosiq, zehni o‘tkir, shoshilmay fikrlaydigan Temurbek dastavval maktabda saboq oldi, savodini chiqardi, ustozlar nazoratida kamon dastasini ushlash, o‘q uzish, nayza tutish, otlarni saralay olish, shikorlar uyushtirish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini yaxshilab o‘rgandi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temurbek o‘n ikki yoshida tengqurlari bilan “poshsho-vazir” o‘ynashar ekan. Temurbek podsho bo‘lar, qolganlarning har biriga bir “mansab” berilar, “gunohkor” odamni jazolab, “yurt” boshqarar ekan. O‘n ikki yoshligidayoq yurt boshqarish havosini olishga intilish kuchli bo‘lgan, niyatni katta qilgan.
Kichikligidanoq Qur’oni karimni yod olganini aytishadi, Qur’on o‘qishda uning ovozi qorilarniki kabi salobatli va yoqimli bo‘lgan.
1360–1370-yillarda Turkistondagi vaziyat
Milodiy 1358-yilda Turkiston (Movarounnahr) hukmdori Amir Qozog‘on o‘ldirilgandan keyin boshboshdoqlik avj olib ketdi. Tarixchi Xondamirning xabar berishicha, mamlakat o‘nga yaqin bekliklarga bo‘linib ketgan, hukmdorlar o‘zaro nizolar, janglar bilan ovora, birlashishni o‘ylamasdilar. Shu sababdan, Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon 1360–1361-yillarda yagona hokimi yo‘q yurtimizga bosqin uyushtirganda unga bas keladigan kuch topilmadi.
Amir Temur ana shunday vaziyatda tarix maydoniga kirib keldi. Xudo kelajakda ulug‘ saltanat barpo qilishni uning ko‘ngliga jo etgan edi. Buning uchun mamlakatni birlashtirish lozim bo‘lardi. U o‘zboshimcha amirlar boshini bir joyga qovushtira oldi. Og‘ir kurashlardan keyin milodiy 1370-yilda Amir Temur davlat boshiga keldi. Turkiston tarixida 1370-yil 9-apreldan boshlab mutlaqo yangi sahifalar boshlandi.
Mustaqil Turon davlatiga asos solinishi
Sohibqiron Amir Temur Qashqar, Yettisuv, Turkiston va Xorazmning bir qismidan iborat Chig‘atoy ulusining vorisi sifatida maydonga chiqdi va ulus yerlariga to‘liq egalik qilishni o‘zining qonuniy huquqi deb hisobladi. O‘sha paytdagi taomilga ko‘ra, davlatga Chingizxon asos solgan, shuning uchun faqat uning avlodidan bo‘lganlargina xon atalishga loyiq ko‘rilardi. Amir Temur davlat boshiga kelishdan oldin chingiziy Suyurg‘atmishxonni nomigagina xon qilib ko‘tardi, soxta obro‘lar ketidan quvishga ehtiyoji bo‘lmagan Sohibqiron o‘zini xon deb atamadi, chunki u xon avlodidan emas, balki oddiy xalq ichidan chiqqan qahramon edi. Samarqandni Turon saltanatining poytaxti deb belgiladi, 1391-yilda To‘xtamishxon bilan jangga borayotib, Dashti Qipchoqda ulkan toshga xotira satrlarini o‘ydirib yozdirganda, o‘zini “Turon sultoni” deb atadi.
Birinchi qadamlar parchalanib ketgan yurtni – Turon mamlakatini birlashtirishdan boshlandi. Bu ishni amalga oshirish uchun Jeta (boshqa nomi Mo‘g‘uliston)ga besh marta, Xorazmga besh marta yurish qilishga to‘g‘ri keldi. Parokanda mustamlaka yurt yaxlitlik maqomiga ega bo‘lib, ozodlikka erishdi. Bu tariximizdagi diqqatga sazovor ulkan voqealardan biridir.
O‘ttiz besh yil (1370–1405) hukm surgan Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Orol dengizigacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.
Amir Temur, eng avvalo, mustaqil ulkan Turon davlatini tuzgan vatanparvar, buyuk davlat arbobidir, vatanimizni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod etgan xalq qahramonidir. U mustabidlarga qarshi kurash va mustaqil davlat bunyod etish o‘zining burchi ekanini chuqur anglab yetdi. Prezident Islom Karimovning: “Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash demakdir”, – degan so‘zlari zamirida ana shunday teran ma’no mujassamdir.
«Sohibqiron» so‘zining ma’nosi
«Sohibqiron» so‘zining arabcha «saodatli, zafarli, g‘olib» ma’nolari bor. Ilmi nujum (astrologiya)da va afsonalarda Zuhra (Venera) – do‘stlik va mehru muhabbat tug‘yonlarini in’om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) – omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta’riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardur, uni qiron deydilar, shunday vaqtda tug‘ilgan bola o‘sha qiron sohibi hisoblanadi. Bunday bolaning baxtli, ulug‘ martabalar egasi bo‘lishi oldindan bashorat etiladi. Sharq mamlakatlarida hukmdorlarga beriladigan sharafli unvon. Amir Temur Ko‘ragon ham shu unvonga musharraf bo‘lgan.
Uch yillik, besh yillik, yetti yillik yurishlar va ularning sabablari
Amir Temur urushning aytgani-aytgan, degani-degan qattol bir zamonda yashadi, qilichu nayzaga suyangan bu zamonning hech kimga bo‘ysunmaydigan o‘z qonunlari bor edi. Ularga rioya qilmaslik yoki chetlab o‘tish mumkin emasdi. Shuni ta’kidlash joizki, Sohibqiron xudo izmidan chiqmaydigan bandalardan edi, hech qachon birinchi bo‘lib urush boshlamasdi, savashishlarni yoqtirmasdi. Uning yurishlari zaruratdan kelib chiqardi. Eng avvalo, u urushning oldini olish chorasini izlardi. Ayrim hollarda, qaysidir mamlakatda zulm ortib ketgan bo‘lsa, u joyning ulug‘lari sohibqiron Amir Temurga ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash (diplomatiya)ga ajratgani, bir ulushini qilichga qoldirganini yozgan. U umr bo‘yi bunga rioya qildi. Muxolif mamlakatga takror-takror elchilar yuborar, quda-andachilikni yo‘lga qo‘yishga tirishar, qarindoshchilikni rivojlantirish yo‘llarini izlardi. Buning yorqin misoli Xorazmning go‘zal malikasi Xonzoda xonimning Turon saltanati valiahdi shahzoda Jahongir Mirzoga uzatilishi edi.
Amir Temurning “uch yillik” (1386–1388), “besh yillik” (1392–1396), “etti yillik” (1399–1404) yurishlari tarixdan ma’lum. Bu yurishlar zamirida Buyuk ipak yo‘liga egalik qilish uchun kurashlar ham yotadi. Savdo yo‘llari davlatga katta daromad keltirishdan tashqari, xalqaro siyosiy maydonda mavqe, obro‘-martabani yuksak darajaga ko‘tarardi.
Amir Temur yurishlari, urushlar, albatta, o‘z asoratlarini qoldirdi, lekin ularning jahon tarixida ijobiy tomonlari borligi ham haqiqat.
Sohibqironning yurishlari Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan xavfini bartaraf etdi.
Oltin O‘rda hoqoni To‘xtamishxon bilan 1391, 1395-yillarda olib borilgan ulkan janglar Rossiyani mo‘g‘ullar zulmidan xalos qildi, rus xalqiga markazlashgan davlat tuzish imkoniyatini yaratdi.
Amir Temurning Usmonlilar imperiyasi ustidan qozongan g‘alabasi Yevropani usmonlilar mustamlakasidan qutqarib qoldi, uni Yevropa xaloskoriga aylantirdi, Vizantiya imperiyasi umriga yarim asr umr qo‘shdi. Fransuz tarixchisi Rene Grusse XX asr boshlarida: “Amir Temurning Boyazid ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, – deb yozgan edi.
Amir Temur diplomatiyasi
Amir Temur uzoqni ko‘ra oladigan mohir diplomat sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. O‘sha yillarda Ispaniya mamlakati qiroli Enriko III, Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga aloqalar bog‘lash uchun elchilar yo‘lladi, maktublar yozdi, maktublar oldi. O‘z navbatida, ispan, fransuz, ingliz, xitoy va boshqa xorijiy mamlakatlar elchilari uning saroyiga tez-tez tashrif buyurib turishar edi.
U ulkan davlat arbobi sifatida Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan yagona makon yaratish choralarini qidirdi. Bunda o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilishiga katta e’tibor berdi. Jahonning nufuzli davlatlari bilan yaxshi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu ma’noda bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Fransiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlarni aytib o‘tish mumkin. Sohibqiron faoliyatining jahonshumulligi ham shunda namoyondir.
Kuch – adolatda
Sharqda “odil podsho” tushunchasi qadim-qadimdan mavjud va xalq ana shunday podshoni hamisha orzu qilib kelgan. Sohibqiron Amir Temur ana shunday podsho bo‘lishga intildi. “Kuch – adolatda” so‘zlari Amir Temur uzugiga o‘yib yozilgan va davlat muhrida ham aks etgan edi. “Mamlakat zulmga chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi”, – deb yozgandi Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida. Bu – saltanat shiori. Sohibqiron bunga qattiq amal qilardi. Adolatning kuchi shunchalar yuksak ediki, agar mamlakatda biror odam bir tovoq oltin yo kumushni boshiga qo‘yib, mag‘ribdan mashriqqacha borsa, hech kim unga qo‘l cho‘zmas, oltin yo kumushdan bittasi ham kamaymasdi.
U har qadamda, xoh o‘zining farzandlari bo‘lsin, xoh boshqa fuqaro – barchaga birday adolat ko‘zi bilan qarardi. Safarlardan qaytib kelganda, shaxsan o‘zi bozorni tekshirar, agar qassobu baqqol, novvoylar va hokazolar foyda topaman deb narx-navoni oshirib yuborgan bo‘lsalar, adolat rusumi buzilganini ko‘rsa, el oldida ayovsiz o‘sha gunohkorning jazosini berardi. Yolg‘on gapni yomon ko‘rardi. Adolat tamoyillarini buzgani uchun o‘g‘li amirzoda Mironshoh, nabiralari amirzoda Pirmuhammad, Sulton Husayn Mirzolar jazolanganlari tarix kitoblaridan ma’lum. Muarrix Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”da Amir Temurning 1366-yilda, hali davlat taxtiga chiqmasdan to‘rt yil avval aytgan shunday so‘zlarini keltiradi: “Qaysi bir podshoh o‘z ishini g‘addorlik va bevafolik asosiga qursa, kishilarga ozor berish va halok qilishga oshiqsa, uning davlati chayqalib, qarorsizlikka yuz tutadi. Biz o‘z saltanatimizni odamlarga e’tibor berish va ularni himoya qilish asosiga qurayotganligimiz sababli ularni yupantirib, xotirjam qilamiz. “.
Odamlarga, demak xalqqa e’tibor berish va himoya qilish – Sohibqiron adolatining bosh o‘zagini tashkil qilar edi.
Hamma joyda amalda bo‘lgan “Kuch – adolatda” shiori butun Turon davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.
Amir Temur – bunyodkor
Amir Temur qurish, yaratish mentaliteti bo‘lgan xalqning farzandi, tabiatan bunyodkor bo‘lib tug‘ilgan o‘xshashi yo‘q zot edi.
“. Amr etdimki, – deb yozadi Amir Temur “Tuzuklar”da, – katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona (musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasunlar. Har bir shaharda dorul-amorat (hukmdor saroyi) va dorul-adolat (adolat saroyi) qursunlar. “.
Bunyodkorlik Sohibqiron davrida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi deyish mumkin. Amir Temur faqat o‘z mamlakatidagina emas, balki boshqa yurtlarda ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgani buning dalilidir. Dastavval saltanat poytaxti qilib belgilangan Samarqandni dunyoning eng obod shahariga aylantirdi, ulug‘vorligini ko‘rsatish uchun, atrofida Damashq, Bag‘dod, Misr, Sheroz, Sultoniya kabi dunyoning mashhur shaharlari nomlari bilan atalgan, bog‘-rog‘larga ko‘milgan qishloqlar barpo qildirdi.
Mamlakatda yo‘llar kengaytirildi, ko‘priklar solindi, rabotlar tiklandi, bozorlar orastalandi, binolar qad ko‘tardi, xiyobonlar barpo etildi, bog‘lar yashnadi. Bu bog‘lar haqida ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o‘z kundaliklarida zavq-shavq bilan hikoya qilgan. Ularning ichida Gulbog‘, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Nav va boshqa bog‘lar nomi bor. Samarqandda Ko‘ksaroy, Amir Temur jome masjidi, Bibixonim madrasasi, masjidi, Qusam ibn Abbos me’moriy majmui, Amir Temur maqbarasi, Shahrisabzda Dorut-tilovat majmui, muhtasham Oqsaroy, Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy xonaqoh-maqbarasi, Toshkent yaqinida Zangiota maqbarasi, Nahri Barlos arig‘i, Kobul atroflari, Farg‘ona vodiysi, Murg‘ob vodiysidagi yerlarga, Ozarbayjondagi Mug‘on cho‘llariga suv chiqarilishi, Shohruhiya, Baylaqon shaharlarining bunyod etilishi, Tabriz, Bag‘dod va Gurganj shaharlarining qayta tiklanishi.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiyning: “Sohibqiron har yerdakim, imoratqa qobil yer ko‘rsa erdi, ul yerda albatta bir imorat solur erdi. “, – degan so‘zlari zinhor mubolag‘a emas.
Amir Temur – ilm-fan homiysi
Amir Temur, ko‘p mashhur muarrixlar ta’kidlaganlaridek, ilmning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning eng yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi. Ilm-fanga qiziqish Amir Temurning xonadonidan boshlangan edi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Sohibqiron xonadonida farzandlar (shahzodalar, malikalar)ga ilm-fanning turli sohalaridan ko‘p saboqlar berilar, madrasalarda tahsil olishlar davom ettirilardi. Masalan, Mironshoh Mirzo uchun maxsus ibn al-Asirning “Al-komil fi-t-tarix” (Mukammal tarix) kitobi tarjima qilib berilgan edi. Sohibqiron harakatlari tufayli uning avlodlari ichida Muhammad Sulton, Ulug‘bek Mirzo, Ibrohim Sulton, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ko‘chkunchixon, Komron Mirzo, Gulbadanbegim, Zebunniso kabi shoirlar, olimlar, muarrixlar, xattotlar, homiylar, ma’naviyat va ma’rifat jonkuyarlari bor bo‘lib, ular ilm-fan, ma’naviyatning qadriga yetadigan ajoyib insonlar bo‘lib yetishdi. Ularning sa’y-harakatlari bilan madaniyatimiz yuksak darajalarga erishdi. Misol uchun, Ulug‘bek Mirzoning astronomiya maktabi aynan Samarqandda yaratildi. Zamonaning ilg‘or rasadxonasi barpo etildi. 1018 ta yulduz ta’rifini o‘z ichiga olgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” jadvali jahon faniga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. “To‘rt ulus tarixi” asari esa xalqimiz tarixini anglab yetishda katta ahamiyatga ega.
Sohibqiron Amir Temur davri tarixini to‘liq va ishonarli yoritib bergan Sharafiddin Ali Yazdiyning fundamental “Zafarnoma” (1425) asari Sohibqironning nabirasi, Sheroz hokimi, shoir va xattot Ibrohim Sultonning rahbarligi, fidoyiligi va homiyligi ostida dunyoga keldi. 1519-yilda Ulug‘bek Mirzoning nabirasi Ko‘chkunchixon topshirig‘iga bilan mazkur “Zafarnoma” va Rashiduddinning “Jome ut-tavorix” asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Qolaversa, jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan hisoblangan Alisher Navoiyning ijodi, Lutfiy va Husayn Boyqarolar she’riyati, allomalar Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi asarlari, Kamoliddin Behzodning durdona miniatyura rasmlari, Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho “Boburnoma”si, go‘zal she’riyati, ilmiy asarlari, muarrixlar G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Muiniddin Natanziy, Hafizi Abro‘, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamirlarning solnomalari – barcha-barchasi temuriylar davrining mahsulidir.
Amir Temur – buyuk sarkarda
Amir Temur jahonning to‘rt mashhur sarkardalaridan biri, kuragi yerga tegmagan buyuk lashkarboshi, xudo bergan salohiyatini to‘la-to‘kis namoyon eta olgan, o‘xshashi yo‘q buyuk armiya qo‘mondoni edi. Janggohlar san’ati, urush yo‘llari, lashkar tutish qoidasi, saflar rasm-rusumi Sohibqironning “Temur tuzuklari” kitobida batafsil yoritilgan.
Milodiy 1365-yilda Sirdaryo bo‘yidagi Chinoz yonida mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan mashhur “Loy jangi”da Amir Husayn boshliq Turon cherigi (Amir Temur lashkarboshi edi) mag‘lub bo‘ldi. Bu 29 yoshli Amir Temurning umrida birinchi va so‘nggi mag‘lubiyati edi.
1366-yilda Qarshida Temurbek bor-yo‘g‘i 243 kishi bilan 12 ming kishilik dushmanga qarshi jang qildi va Tangrining inoyati-yu, sarkardalik salohiyati bilan zafar qozondi.
1368-yilda Badaxshonda qo‘li baland kelgan dushman Sohibqiron askarlarining ko‘pini qirib tashladi va 130 kishini asir qildi. Yonida bor-yo‘g‘i 13 navkar bilan qolgan Amir Temur mardlarcha Dobon tog‘i tepasiga chiqib yo‘lni to‘sdi va ko‘p jangu chorasiz qonli urinishlar evaziga o‘z askarlarini dushmandan qutqarib oldi. Keyinchalik Amir Temur o‘sha jangni eslab: “Ko‘p janglar qildim va ko‘p voqealarni boshdan kechirdim-u ammo bu jangdan qattig‘ini ko‘rmadim. “, – degan edi.
Sohibqiron dunyoning 27 mamlakatini musaxxar qildi. Taxminan mingdan ortiq jang o‘tkazdi, ularda zafar hamisha Sohibqiron tomonida bo‘ldi.
Uning mashhur janglari quyidagilardir:
1391-yil 18-iyun – Kandircha daryosi bo‘yida (Samara viloyati) Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon ustidan qozonilgan g‘alaba. Har ikki tomondan 200 mingdan ortiq askar ishtirok etgan. Bu g‘alaba Turon davlati mustaqilligini yana ham mustahkamladi.
1395-yil 15-aprel – Oltin O‘rta xoni To‘xtamishxonga qarshi ikkinchi jang Terek daryosi bo‘yida yuz berdi. Turon tomonidan 250 ming sipoh qatnashdi. Jang Amir Temurning uzil-kesil g‘alabasi bilan qaror topdi.
1402-yil 20-iyul – Anqara yonida Amir Temur va usmonlilar imperatori Yildirim Boyazid bilan jang bo‘lib o‘tdi. Amir Temur qo‘shini taxminan 200 ming, Yildirim Boyazid lashkari 160 mingdan iborat edi. Savash Turon sultoni Amir Temurning buyuk g‘alabasi bilan yakunlandi.
Sohibqironning pirlari
Amir Temurning yoshlikdanoq mashhur din ulamolari va shayxlarga e’tiqodi baland bo‘lib, buni padari buzrukvori Amir Tarag‘aydan o‘rgangan edi.
Sohibqironning bir necha pirlari bo‘lgan, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga ruhoniyatli pirlar, ya’ni Sohibqiron tug‘ilgunga qadar yashab o‘tishgan tabarruk zotlar – Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixi Xoja Ahmad Yassaviy, Sulton Burhoniddin Qilich, Shayx Nuriddin Basir (Qutbi Chahordahum), Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy va Shayx Safiuddin Yoqub Ardabiliylardir. Sohibqironning mazkur zotlar ruhlariga ehtirom ko‘rgizib, har biriga alohida maqbaralar tiklagani, avlodlarini e’zozlab kelgani ularni o‘ziga pir tutganining isboti bo‘la oladi.
1397-yil kuz oylarida Amir Temur Toshkent sari ravona bo‘ldi, undan o‘tib Yassiga bordi va Xoja Ahmad Yassaviy mozorini ziyorat qildi. “Bu aziz Muhammad Hanifa o‘g‘lonlaridin turur, alayhi va ala olihi vassalom”, – deydi Sohibqiron pir turbatini tavof aylar ekan. “Buyurdikim, – deb yozadi Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”da, – ul mozor ustiga imorati oliy soldilar va bir ulug‘ toq (gumbaz) bog‘ladilarkim, ko‘k bila so‘zlashur erdi. “.
Ikkinchi guruhga Sohibqironning zamondoshlari, Ulug‘ amir bevosita e’tiqod etgan va irodat yo‘lini bergan pirlar – Shayx Shamsiddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka hisoblanadilar. Shayx Zayniddin Abu Bakr Toybodiy Amir Temurga «Kuch-adolatda» so‘zlari o‘yib yozilgan tillo uzuk, Mir Sayyid Baraka esa birinchi uchrashuvdayoq saltanat timsoli bo‘lgan nog‘ora va bayroq tuhfa qilgan edilar. O‘zining ruhiy madadi, ko‘magi bilan hamisha Sohibqironga kamarbasta bo‘lgan Mir Sayyid Baraka to so‘nggi nafasgacha Sohibqiron Amir Temur bilan birga umrguzaronlik qildi.
Ushbu pirlar haqida tarixiy manbalarda (“Temur tuzuklari”; Nizomiddin Shomiy. “Zafarnoma”; Sharafiddin Ali Yazdiy. “Zafarnoma”; Ibn Arabshoh. “Amir Temur tarixi”; Fasih Havofiy. “Mujmali Fasihiy”; Hafizi Abro‘. “Zubdat ut-tavorix” va hokazo) ma’lumotlar keltirilgan.
Amir Temur farzandlari
Alloh taolo Sohibqironga ko‘p farzandlar ato etdi. El koriga yaraydigan bo‘lib voyaga yetganlari oltita – to‘rt o‘g‘il, ikki qiz.
To‘ng‘ich o‘g‘il – 1356-yilda Turmish oqa degan xotinidan tug‘ilgan Jahongir Mirzo, valiahd edi, 1376 yilda avji gurkirab turgan yigirma yoshida betoblikdan dunyodan ko‘z yumdi. Undan ikki o‘g‘il – Muhammad Sulton bilan Pirmuhammad Jahongirlar qolgan.
Ikkinchi o‘g‘il – 1356-yilda To‘lun oqadan tug‘ilgan Umarshayx Mirzo. 1394-yilda halok bo‘lgan. O‘ttiz sakkiz yil umr ko‘rgan. Olti o‘g‘il qolgan: Pirmuhammad Mirzo, Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Sayid Ahmad Mirzo, Boyqaro Mirzo.
Uchinchi o‘g‘il – 1366-yilda Mengli bika oqadan tug‘ilgan Mironshoh Mirzo. 1408-yilda halok bo‘lgan. Qirq ikki yil umr ko‘rgan. Olti o‘g‘il qolgan: Abu Bakr Mirzo, Umar Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo, Iyjal Mirzo, Suyurg‘atmish Mirzo.
Qabri Samarqandda, Amir Temur maqbarasida.
To‘rtinchi o‘g‘il – 1377-yilda Tag‘oy Turkon oqadan tug‘ilgan Shohruh Mirzo. 1447-yilda vafot etgan. Yetti o‘g‘il qolgan: Ulug‘bek Mirzo, Ibrohim Sulton Mirzo, Boysunqur Mirzo, Suyurg‘atmish Mirzo, Muhammad Jo‘ki Mirzo, Jon O‘g‘lon, Muhammad Yoriy Mirzo. Ulug‘bek Mirzodan boshqa barcha o‘g‘illar otasidan avval dunyodan o‘tganlar.
Qabri Samarqandda, Amir Temur maqbarasida.
Birinchi qizi – Oqa Begi xonim 1359-yilda Turmish oqadan tug‘ilgan. Muhammadbek ibn Musoga uzatganlar, bu nikohdan Sulton Husayn Mirzo tug‘ilgan.1382-yilda yigirma uch yoshida betob bo‘lib, olamdan ko‘z yumgan. Qabri Shahrisabzda.
Ikkinchi qizi – Sulton Baxt begim 1362-yilda Uljoy Turkon oqa degan xotinidan tug‘ilgan. Amir Muhammad Mirakka uzatadilar, lekin kuyov Sohibqironga qarshi tig‘ ko‘tarib chiqadi va jangda halok bo‘ladi. Ikkinchi marta Sohibqiron jiyani Amir Sulaymonshohga turmushga chiqadi. 1430-yilda vafot etgan.
Amir Temur sajiyasi, siyrati
Sohibqiron Amir Temurni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan arab tarixchisi ibn Arabshoh yozadi: “Amir Temur . tengi yo‘q fe’l-atvorli, teran mulohazali, uning tafakkur dengizining qa’ri yo‘q. Amir Temur baland qadli, uzun bo‘yli, tik qomatli, qadimiy pahlavonlar avlodidan bo‘lib, keng peshonali, katta boshli, g‘oyatda kuchli va salobatli, bo‘la, rangi oqu qizil yuzli, dog‘siz, qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, poychalari semiz, sersoqol, o‘ng oyoq-qo‘li cho‘loq va shol, ikki ko‘zi bamisoli ikki shamdek bo‘lsa-da, shodligi bilinmas, ovozi yo‘g‘on edi; u o‘limdan qo‘rqmas, yoshi yetmishga yetgan bo‘lsa-da, iztirobsiz, vazmin. Badani to‘la va pishiq, xuddi zich (qalin) tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax, yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi so‘zda o‘ziga ozor yetadigan biror narsa bo‘lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi; u bo‘lib o‘tgan ishga aziyat chekmas va o‘ziga hosil bo‘ladigan yutuqdan shodlanmas edi. Ko‘pincha uning majlisida uyatsiz so‘zlar, qon to‘kish, asir olish, naqbu g‘orat qilish va haram (haqiga) haqorat gaplar bo‘lmasdi. U bexato (nishonga urguvchi) fikrli, ajoyib farosatli, mislsiz darajada baxtli, ulug‘vorligi o‘ziga muvofiq, qat’iy azm bilan so‘zlovchi, boshiga kulfat tushganda ham haqgo‘y kishi edi. “.
Amir Temurning vafoti
Sohibqiron Amir Temur Xitoy safariga borayotib, 1405-yil 11-fevral kuni O‘tror shahriga yetganda qattiq og‘rib qoldi va isitmasi ko‘tarila boshladi. Kasallik kundan-kun kuchayardi, ammo Sohibqironning es-hushi, aqli joyida edi. Sohibqiron o‘zining barcha gunohlari uchun tavba qildi. U haram ahlini va ulug‘ beklarni huzuriga chorlab vasiyatga og‘iz ochdi: “. Hazrat Haqdin umidim borki, agarchi gunohim ko‘b turur, ammo bu jihatdin menga rahmat qilg‘aykim, zolimlarning eliklarin mazlumlardin qisqa qilibdurmen. Va qo‘ymadimkim, mening davrimda qaviydan (zo‘ravondan) zaif kuch yegay. Emdikim, Pirmuhammad Jahongirkim, valiahd qilibmen va o‘rnumga qoyimmaqom etibmenkim, Samarqand viloyati aniki bo‘lg‘ay. . Anga mute bo‘lub, ittifoq bila aning ishiga mashg‘ul bo‘lg‘aysiz, to olam buzulmag‘ay va musulmonlarga tashvish va zahmat bo‘lmag‘ay.
Ra’oyo va fuqarou miskin holatidin g‘ofil bo‘lmag‘aysiz. Nechukkim men adlu ehson bila olamni obod etibmen. Agar mening vasiyatim bila amal qilib, adlu dod qilsangiz, ko‘b yillar davlat va mamlakat sizlarda qolg‘usi turur. Va agar sizlar arosida muxolifat bo‘lsa, yaxshi bo‘lmag‘usidur. “.
Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragon 1405-yil 18-fevral chorshanba kuni, sha’bon oyining o‘n yettisida, namozshom va xufton orasida jon omonatini o‘z egasiga topshirdi.
Amir Temur Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.
Muhammad ALI,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Qiziqarli malumotlar
Jahon tarixi kitoblar