Jahon tarixi 10 sinf pdf. скачать
78. Qachon Anglya va Ispaniya o’rtasida urush kelib chiqdi?
A) 1554-yilda B) 1562-yilda
C) 1576-yilda D) 1588-yilda
Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb
Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb – это Android-приложение, которое доступно на нашем магазине. Вы можете скачать все версии, в том числе любой версии Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb. Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb это приложение, которое имеет более тысячи инсталляций. Если вы собираетесь установить Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb на различных устройствах Android необходимо устройство, чтобы иметь 2.3 Android OS версии или выше. Android Top обеспечивает все версии Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb и вы можете загрузить его непосредственно на телефон или любой андроид устройство для этого вы должны прокрутить экран ниже, где можно было увидеть много ссылок на скачивание приложения. Конечно, вы могли бы использовать Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb на вашем компьютере для этого вы должны использовать эмуляторы. Все приложения и игры на нашем сайте, предназначены только для персонального использования. Также не забудьте поделиться этим приложением с друзьями, это помогает поддерживать все андроид сообщества и разработчик создавать более покидающее приложение :), и, конечно, играть в приложениях или играх более увлекательный и полезный с друзьями). Скачать Jahon tarixi 10 sinf (1918 – 1991-yillar) obb APK бесплатно на Android.
Jahon tarixi 10 sinf pdf. скачать
Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari.
1. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlatlarning sayyohlari bo’lishgan?
A) Angliya va Italiya
B) Portugaliya va Ispaniya
C) AQSH va Fransiya
D) Belgiya va Germaniya
2. Dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb o’z oldiga nimani maqsad qilib qo’ygan edi?
A) Yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga egalik qilishni
B) 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshlashni
C) Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni
D) Ispaniya va Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishni
3. Kim yerning dumaloqligi haqidagi talimotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi?
A) Xristofor Kolumb B) M.Valzemyuller
C) A.de Lomartin D) P.Toskanelli
4. Qachon X.Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo’li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo’ldi?
A) 1484-yilda B) 1487-yilda
C) 1789-yilda D) 1492-yilda
5. Ispaniya qiroli bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra X. Kolumb……
A) yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi
B) yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning teng yarmiga ega bo’ladigan bo’ldi
C) yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning 3/5 qismiga ham egalik qilar edi
D) yangi ochiladigan yerlarda umrbod yashashi mumkin edi
6. Qachon X. Kolumb birinchi ekspeditsiyasini boshladi?
A) 1486-yilning 5-martida
B) 1488-yilning 10-iyunida
C) 1492-yilning 12-oktabrida
D) 1494-yilning 17-noyabrida
7. X.Kolumbning Hindistonga olib boradigan suv yo’li ochish maqsadida uyishtirgan ekspeditsiyasi….
A) Amerikaning kashf etilishiga olib keldi
B) yangi savdo yo’lining ochilishiga sabab bo’ldi
C) Ispaniya davlatining dengizdagi hukmronligini kengaytirdi
D) Yevropa aholisining Amerikaga ko’chishini boshlab berdi
8. Italiyalik olim P.Toskanelli yerning ekvator bo’ylab uzunligini aniqlashda … adashgan edi.
A) 8 ming milga
B) 10 ming chaqirimga
C) 12 ming kilometrga
D) 14 ming kilometrga
9. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kuni .….. hisoblanadi.
A) 1487-yil 6- may B) 1489- yil 12-iyun
C) 1490-yil 16- mart D) 1492-yil 12-oktabr
10. X.Kolumb Hindistonga (aslida Amerika-ga) necha marotaba ekspeditsiya uyushtirgan edi?
A) 2 marta B) 3 marta
C) 4 marta D) 6 marta
11. Yangi qit’aning Kolumbiya deb emas, Amerika deb atalishi kimning nomi bilan bog’liq?
A) admiral X.Kolumb
B) Italiya dengizchisi va astronomi Amerigo Vespuchchi
C) F.Magellan
D) Vasko da Gagama
12. Qaysi yillarda Amerigo Vespuchchi Portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etadi?
A) 1499-1500-yillarda
B) 1497-1503-yillarda
C) 1500-1503-yillarda
D) 1503-1506-yillarda
13. Amerigo Vespuchchi keyinchalik o’zi-ning nomi bilan atalgan qit’aga … deb nom berdi.
A) “Yangi qit’a” B) “Yangi Dunyo”
C) “AQSH” D) “Lotin Amerikasi”
14. Qaysi olim Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga “Amerika” deb atashni taklif etgan?
A) P.Toskanelli B) A.de Lomartin
C) N.M.Koramzin D) M.Valdzemyuller
15. 1515-yilda Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus …. yaratildi.
A) AQSHda B) Fransiyada
C) Germaniyada D) Angliyada
16. Qaysi yildan boshlab boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar “Amerika” deb yoziladigan bo’ldi?
A) 1536-yildan B) 1547-yildan
C) 1558-yildan D) 1569-yildan
17. 1498-yilda…….
A) Ispaniya Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etdi
B) Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’li kashf etildi
C) Portugallar dengizda o’z hukmronligini o’rnatdilar
D) Angliya va Ispaniya o’rtasida dengiz hukmronligi uchun kurash boshlandi
18. 1519-yilda kim “Amerika” qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi?
A) L.V.Torres B) Xristofor Kolumb
C) F.Magellan D) Amerigo Vispuchchi
19. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’lini qaysi dengizchi kashf etdi?
A) Amerigo Vispuchchi
B) Vasko da Gama
C) Xristofor Kolumb
D) F.Magellan
20. Qaysi yili dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetkazildi va bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi?
A) 1515-yildagi B) 1519-yildagi
C) 1522-yildagi D) 1536-yildagi
21. L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya 1605-yilda….
A) Avstraliyani kashf etdi
B) Tinch okeanini suzib o’tdi
C) Kuba orolini kashf etdi
D) Bagomma oroli qirg’oqlarini tadqiq etdi
22. Qaysi olim o’z asarida bunday deb yozib qoldirgan, “Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani G’arb va Sharq tomondan muhit okeani (Atlantika va Tinch okeanlari) o’rab turibdi. Bu muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo’lishi mumkin bo’lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (G’arb va Sharqdan) ajratib turadi”.
A) M.Valdzemyuller
B) Abu Rayhon Beruniy
C) P.Toskanelli
D) Muso al Xorazmiy
23. Tarixiy atama “Admiral” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) dengiz hukmdori, hokimi
B) dengiz yo’lini izlab topuvchi
C) katta flot homiysi
D) suvlikdagi qo’shin qo’mondoni
24. XVII asrgacha xizmat qilgan, joyning geografik koordinatalarini, vaqtini, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astranomik asbob qanday nomlangan?
A) kompas B) astrolyabiya
C) pandus D) teleskopiya
25. Ispaniya qiroli .…. mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan bo’lsada, u mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan.
A) 1508-yilda B) 1510-yilda
C) 1512-yilda D)1515-yilda
26. Qachondan boshlab mustamlakachilar Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshlaganlar?
A) XVI asr boshlaridan
B) XVI asr o’rtalaridan boshlab
C) XVII asr boshlaridan
D) XVII asr oxirlaridan boshlab
27. Tekin ishchi kuchiga ega bo’lgan mustamlakachilar 1510-yildan boshlab … siyosatini yurita boshladilar.
A) monopoliya B) edikt
C) konkista D) veto
28. XVI asrning dastlabki ….. Ispaniya mustamlakalarida aholi soni 4,5 mln dan 1 mlnga tushib qoldi.
A) 30 yili davomida B) 40 yili ichida
C) 20 yili davomida D) 50 yili ichida
29. 1679-yilgacha bo’lgan davr oralig’ida Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bo’lgan….. hududlarini to’la bo’ysundirdi.
A) Mayya davlati-(bugungi Meksika)
B) Atseklar davlati
C) Inklar davlati-(bugungi Braziliya)
D) hozirgi Venesuela
30. XVI asrning 20-40-yillari oralig’ida …. hududlari zabt etildi.
A) Kolumbiya, Venesuela, Brazilya va Meksika
B) Ekvador, Kolumbiya, Peru va Boliviya
C) Markaziy Amerika va Karib dengizi
D) Filippin oroli va Braziliya
31. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga …. tashib ketildi.
A) 120 ming tonna bug’doy
B) 50 ming tonna po’lat va 100 ming tonna cho’yan
C) 181 tonna oltin va salkam 1700 tonna kumush
D) 4 ming tonna mis va 15 ming tonna platina
32. Ispaniya hukumati bosib olingan mustamlakalarni boshqarish uchun …. tashkil etdi.
A) ikkita vitse-qirollik
B) general gubernatorlik
C) dominion hukumat
D) “mustamlakalar kengashi”
33. Ispaniya hukumati qachon Filippin orollari ustidan ham o’z hokimiyatini o’rnatdi?
A) 1503-yilda B) 1520-yilda
C) 1529-yilda D) 1565-yilda
34. Yangi Ispaniya vitse-qirolligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?
A) Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollarini
B) Braziliya va Filippin orollarini
C) Ekvador, Peru va Boliviyani
D) Karib dengizi orollari va Argentinani
35. Bosib olingan mustamlakalarni boshqaradigan vitse-qirollar ispan jamiyatining oliy tabaqasidan …. muddatga tayinlangan.
A) 3 yil B) 4 yil C) 5 yil D) 7 yil
36. Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o’zida faoliyat ko’rsatuvchi qanday tashkilot tomonidan nazorat qilingan?
A) “Mustamlakalar boshqaruv kengashi”
B) “Hindiston kengashi”
C) “Seviliya savdo palatasi”
D) “Yengilmas armada”
37. Mustamlakalar bilan olib boriladigan Ispaniyaning savdosi …. tomonidan nazorat qilingan.
A) “Ost-Indiya” kompaniyasi
B) “Vest-Indiya” kompaniyasi
C) “Seviliya savdo palatasi”
D) “Hindiston kengashi”
38. Peru vitse-qirolligiga ….. kirar edi.
A) Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududlari
B) Falastin hududi va Filippin orollari
C) Markaziy Amerika va Chili hududlari
D) Kolumbiya, Braziliya va Meksika
39. Ispaniya hukumati vitse-qirollarga nimalarni taqiqlagan?
A) Hukumatning ruxsatisiz harbiy janglar olib bormaslikni
B) Boshqa davlatlar bilan ruxsatsiz aloqa o’rnatmaslikni
C) o’zlari bilan oila a’zolarini olib ketish, u yerda ko’chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug’ullanishni taqiqlagan
D) boshqarayotgan hududida hovli joy qurmaslik, mahalliy xalqga ozor bermaslik, mahalliy xalq tilida gaplashishni taqiqlagan
40. 1500-yilda Braziliya kim tomonidan kashf etildi?
A) Portugaliya dengiz sayyohi Kabral
B) admiral X.Kolumb
C) Italiya dengizchisi Amerigo Vispuchchi
D) Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama
41. 1583-yilda Braziliyada yashovchi oq tanli ko’chmanchilar soni …. tashkil etdi.
A) 15000 nafarni B) 25000 nafarni
C) 32000 nafarni D) 48000 nafarni
42. Qachon Angliya-Ispaniya davlatlarining harbiy-dengiz flotlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi?
A) 1578-yilda B) 1583-yilda
C) 1588-yilda D) 1596-yilda
43. Anglyaning Shimoliy Amerikadagi birinchi mustamlakasiga qachon qayerda asos solindi?
A) XVI asrning o’rtalarida Texasda
B) XVI asrnong oxirlarida Ogoyoda
C) XVII asrning boshlarida Virginiyada
D) XVII asrning oxirlarida Meksikada
44. 1600-yilda tuzilgan “Ost-Indiya” kompaniyasiga …..bilan savdo qilish huquqi berildi?
A) Hind va Tinch okeanlari sohilida joylashgan mamlakatlar
B) Boltiq va Qora dengiz bo’ylarida joylashgan mamlakatlar
C) Janubiy va Shimoliy Amerika hududi mamlakatlari
D) Osiyo va Afrika qit’asi mamlakatlari
45. “Ekspluatatsiya” so’zining ma’nosi nima?
A) zabt etish, bosib olish
B) rivojlangan davlatlar tomonidan bosib olinib hukmronlik qilish
C) ishlab chiqarish vositalari egasining boshqalar mehnati mahsulini o’ziniki qilib olishi
D) xususiy va ijaraga olingan yerlarda ishlovchilar
46. XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada butun aholining necha foizini dehqonlar tashkil etardi?
A) 60 foizini B) 67 foizini
C) 77 foizini D) 88 foizini
47. Yevropa aholisi 1650-yilga kelganda qancha kishini tashkil etdi?
A) 80 mln kishini B) 100 mln kishini
C)130 mln kishini D) 170 mln kishini
48. Qachonga kelib Yevropada usti yopiq bozorlar qurilishi boshlandi?
A) XVI asr boshlarida
B) XVI asr o’rtalarida
C) XVII asrdan boshlab
D) XVII asrdan boshlab
49. Qachonga kelib o’rta asr yarmarkalari o’z ahamyatini yo’qotdi?
A) XVI asr oxiriga kelib
B) XVII asrga kelib
C) XVIII asr boshida
D) XVIII asr oxiriga kelib
50. Anglyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi faqat …..kompaniyasiga berilgan.
A) “Ost-Indiya” B) “Vest-Indiya”
C)”Moskva” D) “London savdo”
51. Angliyaga paxta olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan?
A) “Moskva ” B)”Levantiy”
C) “Ost-Indiya” D)”Vest-Indiya”
52. Ost-Indiya kompaniyasi 1607-yilga kelganda o’z aksiyadorlariga qancha miqdorda dividend to’lagan?
A) 300 foiz B) 450 foiz
C) 500 foiz D) 600 foiz
53. Anglyaning qaysi savdo kompaniyasi O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham qo’lga kiritgan?
A) “Vest-Indiya” B) “Moskva”
C) “Ost-Indiya” D) “Levantiy”
54. XVII asr boshlarida ingliz savdo kompaniyalari …. bo’lgan juda katta hududni o’z ta’sirlarida tutgan.
A) Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha
B) O’rta Yer dengizidan Qora dengizgacha
C) Bosfor qo’ltig’idan Shimoliy Hindistongacha
D) Marmar dengizidan Afg’onistongacha
55. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi qaysi davlatlar xo’jaligining asosiy shakliga aylandi?
A) Fransiya va Prussiya
B) Angliya va Gollandiya
C) Belgiya va Ispaniya
D) Fransiya va Angliya
56. XVII asrda ….. sohasida muhim ixtirolar amalga oshirildi.
A) mashinasozlik B) dengizchilik
C) qurilish D) artilleriya (to’pchilik)
57. XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi boshlanib, bunday bozorlarning eng yirigi qaysi shaharlarda qurilgan?
A) Parij va Londonda
B) London va Bryuggeda
C) Moskva va Berlinda
D) Antverpen va Parijda
58. Qachonga kelib, qo’lda o’q otadigan qurollar ixtiro qilishda ham katta yutiqlarga erishildi?
A) XVI asr o’rtalarida
B) XVII asr boshlarida
C) XVII asrning ikkinchi yarmida
D) XVIII asr boshlarida
59. XVII asr o’rtalariga kelganda savdogar-negosiant va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandi. “Negosiant” so’zining ma’nosi nima?
A) ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar. Bu atama ko’pincha chet ellar bilan savdo qiladigan savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
B) yakka tartibda savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar. Faqat o’z manfaatini ko’zlaydigan savdogarlarga ishlatilgan
C) faqat oziq-ovqat mollari bilan savdo qiluvchi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
D) dengizda savdo olib boruvchi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
60. XVI asr boshlarida hamma-oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o’z daromadining qanchasini cherkovga tortiq qilardi?
A) 50 foizini B) 1/5 qismini
C) 60 foizini D) 1/10 qismini
61. Quyidagi qaysi davlatlarning hukmdorlari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib oldilar?
A) Ispaniya va Belgiya
B) Angliya va Fransiya
C ) Italiya va Portugaliya
D) Gollandiya va Prussiya
62. Germaniya imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning … arxiyepiskoplar edi.
A) 3 nafari B) 4 nafari
C) 2 nafari D) 5 nafari
63. Reformatsiya…..Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib, chiqishdan boshlandi.
A) 1513-yilda B) 1515-yilda
C) 1517-yilda D) 1519-yilda
64. Reformatsiya to’lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotidan dars beruvchi…… ta’limoti katta tasir ko’rsatdi
A) Martin Lyuter B) Tomas Myunser
C) Yan Kamenskiy D) Yan Gus
65. Qachon Marten Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi?
A) 1517-yilda B) 1519-yilda
C) 1521-yilda D) 1523-yilda
66. 1524-yildagi dehqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonning yetakchisi kim edi?
A) Yan Gus B) Uot Tayler
C) Jon Braun D) Tomas Myunser
67. Qachon Germaniya reyxstagi Lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinini tanlash huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qildi?
A) 1517-yilda B) 1524-yilda
C) 1526-yilda D) 1527-yilda
68. Qachon protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldi?
A) 1526-yilda B) 1529-yilda
C) 1537-yilda D) 1555-yilda
69. 1529-yilda reyxstag 1526-yildagi qarorini bekor qilishiga qarshi imperiyaning nechta knyazi protest (norozilik) bildirishgan?
A) 3 knyazi B) 4 knyazi
C) 5 knyazi D) 7 knyazi
70. Butun Anglyani yagona markaz-Londonga birlashtirgan qirol Genrix VIII Tyudor qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1498-1533-yillarda
B) 1509-1547-yillarda
C) 1500-1546-yillarda
D) 1511-1552-yillarda
71. Ingliz qirollari veto huquqiga ega edilar, bu huquq ularga …. imkonini berar edi.
A) yangi soliqlar solish
B) shoshilinch qaror qabul qilish
C) parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish
D) parlamentning roziligisiz qo’shin to’plash
72. XVI asrlarda Anglya ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini ……belgilar edi.
A) qirolning o’zi
B) oqsoqollar kengashi
C) parlament a’zolari
D) parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash
73. XVI asr Anglya tarixida chuqur iz qoldirgan uchta yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular – ….
A) reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o’rnatilishi edi
B) dengizda Angliyaning hukmronligini o’rnatilishi, parlament boshqaruvining joriy etilishi, g’ov tutishning tugashi
C) mutlaq monarxiyaning kuchayishi, reformatsiya, parlamentning o’z ahamiyatini yo’qotishi
D) cherkov yerlarini sotib yuborilishi, reformatsiya, yuz yillik urushning tugashi
74. Genrix VIII qirol hokimyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum etish to’g’risida farmon chiqardi. Bunga ko’ra ularga qarashli bo’lgan yerlarning ….. sotib yuborildi.
A) 50 foizi B) 60 foizi
C) 2/3 qismi D) 1/5 qismi
75. Qachon qirolicha Mariya parlamentning Anglyada Rim Papasi hokimyatini qayta tiklash haqidagi qarorini chiqarilishiga erishdi?
A) 1543-yilda B) 1547-yilda
C) 1550-yilda D) 1554-yilda
76. Ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobilyatga ega bo’lgan Anglya qirolichasi Yelizaveta I qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1553-1558-yillarda
B) 1564-1584-yillarda
C) 1558-1603-yillarda
D) 1560-1607-yillarda
77. Anglya qirolichasi Yelizaveta I qanday unvonni olgan edi?
A) “Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori”
B) “Buyuk Britaniyaning mutlaq hukmdori”
C) “Angliya birlashgan qirolliklari aholisining onasi”
D) “Adolatpesha”, “Sahovatli hukmdor”
78. Qachon Anglya va Ispaniya o’rtasida urush kelib chiqdi?
A) 1554-yilda B) 1562-yilda
C) 1576-yilda D) 1588-yilda
79. Yelizaveta I vafotidan keyin Angliya taxtiga ….
A) Tyudorlar sulolasiga qarindosh bo’lgan Uesseks knyazi Eduard o’tqazildi
B) Tyudorlar sulolasiga qarindosh Shotlandiya qiroli Yakov VI Styuart o’tqazildi
C) Normandiya gersogi Vilgelm Oranskiy o’tqazildi
D) Daniya qiroli Genrix III o’tqazildi
80. Fransiyada General shtatlar …. boshlab butun XVII asr davomida biror marta ham chaqirilmadi.
A) 1610-yildan B) 1612-yildan
C) 1614-yildan D) 1617-yildan
Qiziqarli malumotlar
Jahon tarixi 10 sinf pdf. скачать