Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan.
Universitet quyidagi:
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
- Xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
- Xalqaro ommaviy va xususiy huquq
yo‘nalishlarida yuqori saviyadagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydigan tayanch oliy ta’lim muassasasidir.
JIDU FAKULTETLARI:
- Xalqaro munosabatlar;
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
- Xalqaro huquq.
Hozirda universitet tuzilmasida 3 ta fakultet — “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro huquq” “Xalqaro munosabatlar” va 18 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitet fakultetlari tizimida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
Undan tashqari “Til ta’limi markazi”da quyidagi kafedralar mavjud:
- O‘zbek va rus tillari kafedrasi
- Ingliz tili kafedrasi
- Roman-German tillari kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
Universitet tuzilmasida quyidagilar mavjud:
- Diplomatik akademiya
- Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti
- Oliy boshqaruv ta’limi
- Til ta’limi markazi
- Axborot resurs markazi
- JIDU akademik litseyi
JIDU YOTOQXONASI:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo‘lib, 800 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba isteqomat qiladi. 98 ta akademik litsey o‘quvchilari.
Yotoqxona bo’yicha murojaatlar uchun: (371) 267-05-68