JAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI haqida malumot bilib oling.

JAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI — xalqaro hukumatlararo tashkilot, BMTning ixtisoslashgan muassasasi (1974-y. dan). Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij uyushmasiga aʼzo davlatlar, Adabiyot va sanʼat asarlarini muhofaza qilish Bern uyushmasi va b. ayrim ixtisoslashgan uyushmalarning diplomatik konferensiyasi (Stokgolm, 1967)da qabul qilingan konvensiyaga muvofiq tuzilgan. Jahon intellektual mulk tashkilotining maqsadi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi orqali intellektual mulkini muxofaza qilishga koʻmaklashish, yuqoridagi uyushmalarning samarali faoliyat olib borishini taʼminlashdan iborat. Jahon intellektual mulk tashkilotiga 147 mamlakat (2000 y), shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi (1991-y. 25 dek. dan) aʼzo. Tashkilotning oliy organi — Bosh assambleya; maʼmuriy organi — Xalqaro byuro. Qarorgohi — Jeneva sh. da.

Ensiklopediya.uz
JAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI