JAHOLATGA QARSHI MA RIFAT Текст научной статьи по специальности «История и археология»
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Zumrad va Qimmat
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqlirtmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan. O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan.
Zumrad aqlli, chiroyli va muloym qiz ekan. Qimmat esa unga hech ham o‘xshamas ekan. U tantiq, qo‘pol va dangasa ekan. Kun bo‘yi ovqat yer, bo‘lar-bo‘lmasga urisharkan.
Har tong qushlar ham, gullar ham Zumradni qo‘shiq kuylab, olqishlab kutib olar, Qimmatni esa ular yoqtirmas edilar, chunki u gullarni yulib tashlar, tepkilar, qushlarga tinchlik bermasdi.
O‘gay ona bularni ko‘rib turardi. Zumraddan qutilmoqchi bo‘lib cholga:
-Agar q’izingni yo‘qotmasang, sen bilan birga yashamayman! Uni o‘rmonga olib borib tashla! — deb qichqiribdi.
Chol nima qilarini bilmay qolibdi. Kampir esa tinchlik bermasmish. Chol Zumradni o‘rmonga olib boribdi. Ular uzoq yurishibdi, o‘rmon ichiga kirishibdi.
Shu yerda o‘tirib tur, qizim. Men o‘tin kesib kelaman, — debdi chol. Uzoqroqqa borib, boltasini daraxtga osib qo‘yibdi: “Taq! Taq!”-bolta shamolda daraxtga urilarmish. Zumrad taqillagan ovozni eshitib, “otam o‘tin kesyapti” deb o‘ylabdi.
U otasini uzoq kutibdi, lekin darak bolmabdi. Taqillagan ovoz ham chiqmay qolibdi. Otasini qidirib yursa, bexosdan bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Qarasa, otasi yo‘q emish.
Zumrad qo‘rqqanidan yig‘lab yuboribdi. U o‘rmonda uzoq yurib, adashib qolibdi. O‘rmon ichi qo‘rqinchli tusga kira boshlabdi. Ancha kech bo‘lib qolgan edi-da. Nihoyat bir yorug‘lik ko‘rina boshlabdi. Zumrad o‘sha tomonga qarab yura boshlagan ekan, bir kichkina uycha yoniga kelib qolibdi. Derazadan mo‘ralasa, ichkarida bir kampir o‘tirgan ekan. Eshikni taqillatib. ichkariga kiribdi. Salom beribdi. Keyin boshidan kechirgan voqealami aytib beribdi. Kampir sehrgar ekan. U Zumradni iliq, mehribonlik bilan kutib olibdi.
-Xafa bo‘lma, men senga yordam beraman. U Zumradni ovqatlantiribdi, ovutibdi, erkalabdi.
— Meni o‘z onamdek qabul qildingiz, — debdi Zumrad. — Sizga qanday qaytarsam ekan, men ishdan qochmayman, ishlaringizni jon-dilim bilan bajaraman.
Zumrad kampirga juda yoqib qolibdi. Uni erkalab, qo‘g‘irchoqlar beribdi, ertaklar aytib beribdi, qiziq-qiziq kitoblar ko‘rsatibdi.
Shunday qilib ular ancha kun birga yashashibdi. Zumrad kelgach, uy saranjom-sarishta, chinniday toza bo‘lib qoldi.
Bir kuni kampir osh qilmoqchi bolib:
Qizim, tomga chiqib o‘tin olib tushgin, — debdi Zumradga.
Xo‘p bo‘ladi, buvijon, — deb Zumrad tomga chiqibdi.
Tom juda baland ekan, u yerdan hammayoq ko‘rinar ekan. Qiz atrofni tomosha qilib turib, qadrdon uyiga ko‘zi tushibdi. Yuragi uvishib, yiglab yuboribdi.
Nega yig‘layapsan, jon qizim? so‘rabdi
kampir.
— Uyimizni ko‘rib qoldim, otamni sog‘indim, — deb Zumrad yig‘lab yuboribdi.
Kampir uni yupatibdi, osh eyishibdi, keyin ertak aytib beribdi. Qiz uxlab qolibdi.
Qizginam, o‘yinchoqlaringni yig‘ishtir. Seni uyingga jo‘nataman, -debdi kampir.-Tomda qizil va oq sandiq bor. Oq sandiqni qoldirib, qizil sandiqni olib tush.
O‘zi esa o‘rmonga kirib ketibdi. Zumrad narsalarini yig‘ishtirguncha, u saman ot qo‘shilgan aravani yetaklab kelibdi. Aravaga qizil sandiqni joylabdi, Zumradni esa o‘tqazib:
Kalitni ushla. Uyingga borganingdan keyin sandiqni ochasan, debdi.
Qiz kampirga minnatdorchilik bildirib, xayirlashibdi-da, yo‘lga tushibdi. Shu payt chol qizini sog‘inib, ostonada o‘tirgan ekan.
Salom, otajon! — deb otasining bag‘riga otilibdi.
Qizining soq‘-salomat ekanligidan xursand bo‘lgan chol, anchagacha ko‘z yoshlarini to‘xtatolmabdi.
Oppog‘im, men nodon cholni kechir!
Ular uyga kirishibdi. Qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilibdi. Zumrad kalit bilan sandiqni ochibdi.
— Voy-bo‘. — hayron bo‘ganliklarini yashirol mabdilar atrofdagilar.
Sandiq qimmatbaho kiyimlar, shoyi va taqinchoqlarga liq to‘la emish. Zumradning butun umriga yetib, ortar emish.
O‘gay ona esa bularni ko‘rib bezovta bolib, tipirchilab qolibdi. Shu ondayoq Qimmatni ham o‘rmonga olib borishni buyuribdi. Chol tezda otlanib, Qimmatni qalin o‘rmonga olib boribdi.
Kech kirganda Qimmat cholning boltasi osib qo‘yilgan daraxt tagiga kelibdi. Baqirib, ho‘ng-ho‘ng yig‘labdi. Vahimaga tushib, yugura boshlabdi, nihoyat, kampirning uyi yoniga kelib qolibdi.
— Xafa bolma, qizim, senga yordam beraman debdi kampir va uni ovqatlantiribdi, iliq so‘zlar aytibdi.
Lekin Qimmat yaxshi so‘zlar topib, kampirga minnatdorchiligini bildirmabdi. Kampir undan xafa bo‘libdi, qo‘g‘irchoqlar va rasmli kitoblar bermabdi, ertak ham aytib bermabdi.
Kunlar, haftalar o‘taveribdi. Qimmat ertadan kechgacha yalqovlanib o‘tiraverar, uyni yig‘ish- tirmas, kampirga ham yordam bermabdi. Uy ham iflos va chang bolib ketibdi.
Bir kun kampir Qimmatga:
-Tomga chqib, o‘tin olib tush, qizim,- debdi.
Sizga kerak boisa, o‘zingiz olib tushing, — deb javob qaytaribdi Qimmat.
Kampir uni tomga chiqishga zo‘rg‘a ko‘ndiribdi. Qimmat tomga chiqib, o‘tin olib tushish o‘rniga, o‘tirib olib yig‘lay boshlabdi.
— Nega yig‘layapsan, qizim? — deb so‘rabdi kampir.
— Uyimni ko‘rib qoldim, ketgim kelyapti, — deb yig‘isini davom ettiribdi Qimmat.
Ha, mayli, boraqol. Tomdagi sandiqni o‘zing bilan olib tush.
Qimmat xursand bo‘lib ketibdi sandiqni tomdan olib tushibdi.
Sandiqni uyingga borganda ochasan, — debdi kampir va qizga kalitni beribdi.
Lekin kampir Qimmatga ot, arava bermabdi, u sandiqni orqalagancha, uyiga piyoda ketibdi.
Qimmatni qaytayotganini olapar itlari sezibdi. It jahldor kampirni oldiga borib:
Vov, vov, vov! Opam kelayotir! Ilon tola sandiqni orqalab kelayotir, — deb vovullabdi.
Kampir g‘azablanib, tayoqcha bilan itni urib, oyog‘ini sindiribdi.
Mening aqlli qizim kelyapti, qimmatbaho mollar keltiryapti, — o‘zida yo‘q xursand emish kampir.
Qimmat uyiga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yetib kelibdi. Qo‘shnilar yig‘ilibdi. Qimmat onasi bilan sandiqni ochmaslik uchun ustiga o‘tirib olishibdi. Kechqurun sandiqni ichkari xonaga olib kirib, eshiklarni mahkam yopishibdi-da sandiqni ochishibdi-yu, “Voy, dod, qutqaringlar! Ajdar! Yordam beringlar!” — deb baqirishga tushishibdi.
Sandiqdan ikkita kattakon ajdar chiqib kampir bilan qizni yutib. derazadan chiqib ketishibdi.
“Dod-voy!”ni eshitib qo‘ni-qo‘shnilar yordam berish uchun yig‘lishibdi, eshikni buzishib ichkariga kirishsa, kampir ham, qizi ham yo‘q emish. Rosa qidirishibdi, topisholmabdi.
Chol Zumrad qizi bilan shod-xurram yashashibdi.
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT Текст научной статьи по специальности «История и археология»
manaviyat / jaholat / immunitet / urf-odat / mustaqillik / diniy bag‟rikenglik / siyosiy barqarorlik / vatanparvarlik / ezgulik va yovuzlik / insonparvarlik / ijtimoiy hamkorlik / millatlararo totuvlik / adolat / spirituality / ignorance / immunity / tradition / independence / religious tolerance / political stability / patriotism / good and evil / humanity / social cooperation / interethnic harmony / justice
Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Malika Nabijon Qizi Narzullayeva
Mazkur maqolada yoshlar qalbidagi ma‟naviy bo„shliqni to„ldirish, ularni turli ma‟naviy tajovuzlardan himoya qilishda Vatanparvarlik g„oyasining о„rni va ahamiyati qay darajada ahamiyat kasb etishiga tarixiy-nazariy misollar asosida ilmiy izoh berilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish imunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Malika Nabijon Qizi Narzullayeva
YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING TA’LIM-TARBIYANING O’RNI
SHARQ ALLOMALARI DINIY MEROSINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI
QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI
YOSH AVLOD TARBIYASIDA MILLIY QADRYATLARNING O‘RNI
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH OMILLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
ENLIGHTENMENT AGAINST IGNORANCE
This article provides a scientific explanation based on historical and theoretical examples of the role and importance of the idea of patriotism in filling the spiritual gap in the hearts of young people, protecting them from various spiritual aggressions. The article also contains recommendations on strengthening the immunity to fight ignorance by instilling in the hearts of our youth such qualities as love for the Motherland, respect for our great history and national traditions
Текст научной работы на тему «JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT»
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Malika Nabijon qizi Narzullayeva
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kino, televideniya va radio san’ati fakulteti uslubchisi
Mazkur maqolada yoshlar qalbidagi ma’naviy bo’shliqni to’ldirish, ularni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilishda Vatanparvarlik g’oyasining o’rni va ahamiyati qay darajada ahamiyat kasb etishiga tarixiy-nazariy misollar asosida ilmiy izoh berilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish imunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: manaviyat, jaholat, immunitet, urf-odat, mustaqillik, diniy bag’rikenglik, siyosiy barqarorlik, vatanparvarlik, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik, ijtimoiy hamkorlik,millatlararo totuvlik, adolat.
ENLIGHTENMENT AGAINST IGNORANCE ABSTRACT
This article provides a scientific explanation based on historical and theoretical examples of the role and importance of the idea of patriotism in filling the spiritual gap in the hearts of young people, protecting them from various spiritual aggressions. The article also contains recommendations on strengthening the immunity to fight ignorance by instilling in the hearts of our youth such qualities as love for the Motherland, respect for our great history and national traditions.
Keywords: spirituality, ignorance, immunity, tradition, independence, religious tolerance, political stability, patriotism, good and evil, humanity, social cooperation, interethnic harmony, justice
Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidiat va xurofatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zo’ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq yuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi ma’rifat usuli hozirgi davrda, bashariyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asr ibtidosida g’oyat muhim kasb etmoqda . Buning sababi
shundaki , eng kuchli ommaviy qirg’in qurollari ishlab chiqarilgan , Kurrai Zaminni bir necha marta yo’q qilib yuborishga qodir yadroviy bombalar zahirasi mavjud paytda o’zaro zo’ravonlik va jaholatga mutlaqo yo’l qoyib bo’maydi.
Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli joylarida roy berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma’lumki har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo’lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o’rin tutadi. Toki yoshlar milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning “Da’vat”i ham ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, bizlar uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
Yoshlardagi ma’naviy bo’shliqni to’ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida Vatanimizga bo’lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurdir. Yana milliy o’zligimizga salbiy ta’sir ko’rsatgan milliy qadriyatlarimizni rivojlanib borishiga to’sqinlik qilgan, o’zligimizdan ayirmoqchi bo’lganlarni, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda hudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, manfaatparastlik va korrupsiya, o’zgalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay halos etish to’g’risida chuqur oylashimiz kerak.
Binobarin Vatan oiladan boshlanadi. Oiladagi sog’lom tarbiya ham oilaga, oiladagi sog’lom muhit ham insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg’usiga poydevor bo’ladi. Mana shu poydevorni mustahkam bo’lishi uchun yuqoridagi illatlarga qarshi mardonavor kurashish zarur, buning uchun esa yuqoridagi aytilgan ma’naviy bo’shliqni to’ldirish lozim.
Borliqda ongli mavjudot sifatida insonlarga shunday imkoniyat berilganki , bu ham bo’lsa aql, tafakkur, ilmdir. Ilm va tafakkurga qanchalik intilib erishmaylik
shunchalik kam tuyulaveradi va inson bu bilimlarini chuqurlashtirishi, yanada ko’proq bilimlar sari intilishi zarurdir.
Biz yoshlarga mustaqillikdan so’ng davlatimiz tomonidan juda katta e’tibor berilmoqda. Yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni turli shahar va qishloqlarimizda barpo etilib ilm nurini sochayotgan akademik litsey, kollej, maktab binolarini , shu bilan birga yoshlarda ona Vatanga muhabbat , o;z xalqiga sadoqat, milliy qadryatlariga hurmat his-tuyg’ularini tarbiyalash hamda ularga estetik tarbiya berish, go’zallikni his qilishga o’rgatish maqsadida chekka-chekka qishloqlarda chiroyli, zamon talablari darajasida qurilgan va foydalanishga topshirilgan musiqa maktablarini hamda sport majmualarini misol qilish mumkin deb oylayman. Shunday ekan biz yoshlar zamon talabalariga labbay deb javob bera oladigan, mustaqilligimizni abadiylashtirishga, obod va ozod Vatan, farovon hayotni qurishga, mamlakatimizning jahondagi nufuzini mustahkamlashga, o’zimizni jahon sivilizatsiyasidagi adolatli va munosib o’rnimizni yanada tiklashga erishishimiz lozim. Binobarin, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Biz fidoiy vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi, shu yo’lda hatto jonini ham ayamaydigan, o’zidan so’ng ozod va obod Vatan qoldiradigan farzandlarni tarbiyalashimiz zamon va mustaqillik talabi”, -degan edilar. Shunday ekan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurt farovonligi, biz yoshlarga berilgan ishonchni oqlay olishimiz darkor. Har bir yoshning qalbida ilm urug’larini sochib, turli g’araz niyatli kishilar yoshlar ongini zaharlashidan asrab-avaylashimiz, bizni o’zligimizdan, urf-odatlarimizdan ayirmoqchi bo’lgan, yurtimiz tinchligini ko’ra olmaydigan g’arazgoylarga biz o’z bilimlarimiz, tafakkurimiz bilan javob bera olishimiz darkor. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarning bo’sh vaqitlarini to’g’ri tashkil etish, mazmunli o’tkazish, ularda Vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg’ularini tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1992-yildayoq birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Oldin odamlarga moddiy boylik berish, keyin ma’naviyat. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch -qudratidir”-, “Jamiyatni yangilashdan bosh maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi muhim masalalardan iborat”,-deb aytib o’tgan edilar.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi, hamda mamlakat
va millat taraqqiy etadi. Bu o’z navbatida shaxsning barkamolligiga va uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan zamin bo’lib xizmat qiladi. Buni chuqur his qilgan va o’z qalbidan o’tkazgan birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamalakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyat qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy ma’naviy tiklanish bilan uyg’un holatda bo’lishi kerakligini ilmiy asoslab berdi.
I.A.Karimov “O’zbekiston o’z istiqloli va taraqqiyoti” nomli asarida O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohadagi strategik vazifalarini belgilab berdi. Umuman bu asar O’zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Ushbu asarda birinchi Prezidentimiz O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy ahloqiy negizlarini belgilab berar ekan “O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanadi”, – deb ko’rsatadi.
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik
2. Xalqimizning mahnaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish.
3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.
Ma’naviyatimiz shakllanib borayotgan bir paytda ma’naviyatimizga tahdid solib turguvchilar ham yo’q emas. Bora – bora bu hol global muammoga aylanib ulgurmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganini asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni xolisona tan olish kerak. Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog’lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunib, anglash qiyin emas. Globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo’lida foydalanish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda roy beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi.
Eng achinarlisi bu tahdidlar bizlar hozir keng ko’lamda qo’llanadigan internet, ommaviy axborot vositalari, turli aloqa vositalari orqali kirib kelmoqda. Bu esa ayrim yoshlarimiz ongini zaharlab, o’z oilasiga, mahallasiga, kindik qoni to’kilgan ona Vataniga qarshi bosh ko’tarishgacha olib kelmoqda. Bu achinarli holatlarni oldini olish uchun inson o’zidagi ma’naviy bo’shliqni to’ldirish, ong va tafakkurini shakllantirib borishi, turli g’arazgoy tinch yurtimizni ko’ra olmaydigan badnafs kimsalar oldida o’z – o’zligimizni dovrug’ini ko’klarga ko’tarish joizdir. Hozirda global muammoga aylanib borayotgan “Ommaviy madaniyat” yoshlar ongiga chuqur kirib bormasligi, ularning dunyoqarashlarini o’zgartirib yubormasliklari uchun Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo’lgan e’tiborlari, g’amho’rliklari, say-harakatlarini isboti sifatida har bir qishloq va shaxar ko’chalarida, mahallalarda qurilayotgan sport majmualarida, turli xil hunarmandchilik va bilim dargohlarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Yana bir misol sifatida yoshlarni bo’sh ish o’rinlari bilan ta’minlash, kollej va oily bilim yurti bitiruvchilariga imtiyozli kreditlar berilayotganini ham aytishimiz mumkundir. Bularning zamirida esa biz yoshlarni ma’naviy boshlig’imizni milliy qadriyatlarimizni ezozlash, Mustaqil Hur O’zbekistonimizni yanada ko’klarga ko’tarish, o’z milliyligimizni zamon bilan hamnafas holda uyg’unlashtirib borish, bir so’z bilan aytganda Vatanparvarlik hissi bilan to’ldirishdir. Ana o’shandagina biz jaholatga qarshi bilim, yuksak aql-idrok va ma’rifat bilan javob bera olamiz. Ma’naviy barkamol shaxs tushunchasi keng qamrovli, serqirra tushunchadir. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir, yana sog’lom avlod tushunchasi bilan ham bog’lanib ketadi. Bu tushunchalar mohiyatidan inson ahloqi va odobini, shakllangan barcha ijobiy hislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo’lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqaralarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalar, tarbiya sohasida sog’lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berib, mohiyatini ochib berish lozim bo’ladi.
Insonni to’g’rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qoyinki, yuksak ahloqlilikka yo’llash bu tushunchalarning mohiyatini va mazmunini tashkil etadi. Birinchi Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to’rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro: -o’z haq-huquqini taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; -o’z kuchi, imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin va samarasini ko’rsin;
-atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodislarga mustaqil munosabat bildira olsin; -shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda ko’rib, faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta’rifdir. Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g’urur bo’lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo’sh urmaydi. Ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasi qanchalik murakkab bo’lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadga erishish mumkin.
Birinchi Prezidentimizning quyidagi so’zlari bilan so’zimizga xulosa qilamiz: Ishonchimiz komilki, Xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tayziqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko’ra olmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq bamisoli ulug’ va sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvondir. Uni yo’ldan chalg’itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. “Karvon bexatar bo’lmas”,- degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytara olmaydi. Chunki, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch-ma’naviyat bor. Yana shunday deganlar: “Barchamizga ayon bo’lishshi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zbo’larchilikka tashlab qoyilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz nuqtaga aylanadi va aksincha xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”. Agar biz el-yurt manfaati yo’lida birlashsak, loqayd bo’lmasdan, ogoh va xushyor bo’lib, yaxshilikka bir – birimizga yordamchi bo’lsak oldimizga qoyilgan maqsadlarimizga albatta yetishamiz.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, inson o’zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo’lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganish va bilish doimo izlanishda bo’lsa albatta “Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T: 2008-y
2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodiva buyuk kelajakka ishonchdir. T: 2000-y
3. Mirziyayev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T: 2017-y
Kitob ma’rifat chirog’i matn tuzish
IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan O’rta Osiyolik buyuk allomalar va ularning jahon tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissalari.
IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi.
Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi.
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.
O’rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma’lumotlar.
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari bilan boyitdi. O’sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni etti iqlimga bo’lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg’oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Evropada astronomiya fanidan asosiy qo’llanma sifatida foydalanildi.
Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O’trorda tug’ilgan, boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. Beruniy o’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma’sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o’zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G’aznaviy saroyda ham xizmatda bo’lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo’lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag’ishlangan asarlar yaratgani ma’lum.
IX-XII asrlarda adabiyot, me’morchilik va din ravnaqi. O’rta Osiyolik buyuk islomshunos mutafakkirlar.
Buxoroda qurilgan Ismoil Somoniy qabri ustiga pishiq g’isht bilan qurilgan go’zal maqbara. Bu bino to’rtburchak shaklida bo’lib, tomi gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchakdan nayzali ravotlar yordami bilan sakkiz qirrali shaklga o’tilgan. Shu bilan birga bu bino to’rt fasadlidir. Uning to’rtala tomoni ham bir xil, old tomonidek bezatilgan. Oddiy qilib aytganda, binoning oldi, yoni va orqa tomoni yo’q. Hamma tomoni bir xilda bezatilgan. Ismoil Somoniy maqbarasini qurishda va bezatishda arablardagi o’sha davr uchun xos bo’lgan me’moriy xususiyatlardan ham ko’p foydalanilgan. Masalan, binoning tashqi burchaklariga ustunlar o’rnatish. Bino ichidagi bunday shakddagi, shuningdek, dumaloq manzarali maydonlar ham islomgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi.
IX-X asr me’morchiligining rivojlanish yo’llarining saklanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham kuzatish mumkin. Yozma manbalarda qayd qilinishicha, somoniylar davridagi ko’pgina masjidlar o’z vaqtida arablargacha bo’lgan ibodatxonalarning masjidga moslashtirish asosida qurilgan. Ular bir xonali bo’lib, masjidning tomlari ustunga tayanib turgan. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo’lgan. Masjidlarda, ayniqsa, mehroblari shaklli, yozuvli qilib qirqilgan g’ishtlar, o’yma ganchlar va hatto tilla suvlar bilan bezatilgan Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda, Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy me’morchilikning rivojlanish yo’llarini kuzatish imkoniyatini berdi. Narshaxiyning yozishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro Registonida o’zi uchun katga saroy qurdirgan va uning qurilishiga kagga mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyat go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar kushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.
Yusuf Xos Hojib (XI asr) Bolasogumda tug’ilgan yirik adib Yusuf Xos Hojibning mashhur «Qudadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi bilim) asari turkiy xalqlarning bizgacha etib kelgan birinchi badiiy asari ekanligi bilan ham qimmatlidir. Muallif 6407 bayt orqali markazlashgan feodal davlatni idora qilish yo’llari, siyosati hamda xalqlarning rasm-rusumlari va ahloq qonun-qoidalarini ushbu asarda mujassamlashtirgan. «Qutadg’u biligda» sog’likni saqlash, dorishunoslik va umuman tabobatga oid baytlar ham ko’p uchraydi.
Ahmad Yugnakiy (XIIasr II yarmi-XIII asr boshlari) Samarqand yaqinidagi Yugnak qishlog’ida tug’ilgan Yugnakiyning ayniqsa «Xibbat ul- haqoyik» (haqiqatlar hadisi) asari juda mashhur bo’lib, muallifga shon-shuhrat keltirgan. Asarda asosan insonga xos bo’lgan fazilatlar bayon etilgan.
Abu Abdullo Rudakiy (884-954 yillar) Fors tojik adabiyotining buyuk ustozi. Samarqandga yaqin Rudek qishlog’ida tug’ilgan. Uning she’riy merosi nihoyatda boy va rang barang. Uning qalamiga mansub «Kalila va Dimna», «Davroni oftob», «Sindbodnoma» kabi poemalardan parchalar saqlanib qolgan.
Abu Mansur Muhammad Dakikiy (942-1020 yillar) X asrning Rudakiydan keyingi eng mashhur shoirlaridan manbalarga qaraganda Samarqandda tug’ilgan. Somoniylar saroyida yashagan. Birinchi bo’lib «Shoxnoma» yozishni boshlagan. Lekin faqat ma’lum bir qismini yozishga ulgurgan va tasodifiy voqea bilan vafot etgan. Undan 1209 bayt saqlanib qolgan. Dakikiy musiqa ilmini rivojiga ham katta hissa qo’shganligi haqidagi manbalar ham mavjud.
Abulkosim Firdavsiy (942-1020 yillar). Eronning Tue shahrida tug’ilgan. Arab va fors adabiyotini yaxshi bilgan. Butun umrini Eron shoxlarining afsonaviy qahramonlariga bag’ishlangan katta epik asar «Shoxnoma» ni yaratishga sarflagan. Asar dunyoni ko’pgina tillarida nashr qilingan. Firdavsiy o’z «Shoxnoma» si bilan o’ziga abadiy haykal yaratib ketgan va avlodlar tashakkuriga sazovor bo’lgan.
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniyati rivojiga nazar tashlar ekanmiz, bu davrda tasavvuf (sofizm) ta’limotlari madaniyatning, ma’naviyatning barcha tomonlariga kirib borganligini kuzatish mumkin. So’fizm shaxsiy erkinlik, o’z hohishi bilan tozalanib Olloxga ruhiy ma’naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvufda ruxni kamolotga va uni so’nggi maqsadi – Olloxga erishuv yo’llari 4 bosqichdan iboratdir: 1) Shariat. 2) Tariqat. 3) Ma’rifat. 4) Haqiqat.
So’fizm nazariyotchilari, olimlari o’z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor, bilimdon-mutafakkirlar bo’lgan. X asrdan boshlab sufizm g’oyalari O’rta Osiyo shaharlarida ham tarqala boshlagan. Viz quyida ushbu yo’nalishga sodiq qolgan holda o’z ijodlari bilan dunyoga tanilgan ba’zi mutafakkirlar haqida fikr yuritamiz.
Ahmad Yassaviy (1105-1165 yillar) Yassi (Turkiston shahrida ruhoniy shahrida tug’ilgan.) Otasi Ibroxim Sa’y Rom shahrida ko’p yillar shayxlik qilgan. Ahmad Yassaviy asli kelib chiqishi Toshkentdan bo’lgan mashhur turk mashoyixi Arslonbob Toshkandiydan taxsil olgan. Uning vafotidan so’ng Yusuf Hamadoniydan ilm o’rgangan. Yassaviydan bizgacha etib kelgan yagona meros – bu uning «Devoni xikmat» idir. Unda Yassaviyning sermazmun xikmatlari, munojatnomasi, «Faqrnoma». risolasi o’z aksini topgan. Ahmad Yassaviy tasavvufda Yassaviya tarikatiga asos soldi.
Sulaymon Bakirgoniy (1186 yilda vafot qilgan). Ahmad Yassaviyning munosib shogirdi, uning ishini davomchilaridan biridir. Xorazmning Bakirgon degan joyida tug’ilgan. Turkiy xalqlar orasida hakim ota laqabi bilan ham mashhur bo’lgan. Uning din va tasavvuf, ishq va ahloqdan saboq, beruvchi asarlari butun Turkiston hududlarida sevib o’qilgan. Uning «Bakirg’on kitob» nomli yirik asari keyingi yillarda o’zbek kitobxonlariga ham etib keldi.
Najmiddin Kubro (1145-1221 yillar). Shoir va olim. O’rta Osiyodagi yirik sufiylik oqimi – Kubraviyaning asoschisi. Xivada tug’ilgan. O’rta va yaqin Sharq o’lkalariga, O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Afg’oniston hududlariga keng tarqalgan oqimdir. U o’zining qator risolalarida Kubraviya birodarligi qoidalarini ishlab chiqargan Najmiddin Kubro 76 yoshida Urganchga hujum qilgan Mo’g’ullarga qarshi lashkar to’plab chiqib xalqni hujumga boshlab borgan. Islom dinining mamlakatda asosiy din sifatida tan olinishi, boshqa diniy e’tiqodlarning oyoq-osti qilinishi, mehnatkash xalq ommasi turmush tarzining og’irlashishi ular orasida ularni yulatishga, og’irligini engil qilishga yordam beruvchi g’oyani qidirishga majbur qila boshladi. Bu g’oya tasavvuf g’oyasi bo’ddi.
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni o’zining 4 jildlik «Ishonarli to’plam»iga kiritdi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog’onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu erga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.
Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha boshladi. Uning buyuk hadischi olim bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini hadislar to’plashga bag’ishlagan At-Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: «Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», «Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi asarlar qolgan.
Burxoniddin Marganoniy. (1197 yilda vafot qilgan). To’liq ismi Burxoniddin Marginoniy Ibn Abu Bakr al-Farg’oniy al-Rishtoniy. Burxoniddin fiqx ilmiga (din, shariat haqidagi fan) oid bir nechta risolalarni «Bidoyatul mubtadiy» (ilmga-kirishuvchi dastlabki asos) «Al mazid» (ziyoda qilish) «Kitobul faroiz» (farzlar haqida kitob) va boshqa asarlarni yozib oldirgan. Burxoniddin Marginoniyning «Xidoya fi furu’ al-fukx» (Fikx sohalari bo’yicha qo’llanma) asari 56 kitobdan iborat bo’lib, bu asar shariat kodeksi deb ataladi
Qiziqarli malumotlar
JAHOLATGA QARSHI MA RIFAT Текст научной статьи по специальности «История и археология»