JAʼFAROVA Tursunxon Yoʻldoshevna haqida

JAʼFAROVA Tursunxon Yoʻldoshevna haqida

JAʼFAROVA Tursunxon Yoʻldoshevna

JAʼFAROVA Tursunxon Yoʻldoshevna (1915.15.8, Namangan – 1997.17.3, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artista (1952). 1931—40 y. larda Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941-y. dan Muqimiy teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima («Halima»), Layli («Layli va Majnun»), Gulsara («Gulsara»), Nurxon («Nurxon»), Oftobxon («Oftobxon»), In Sen («38-parallel janubrogʻida»), Risolat («Toshbolta oshiq»), Nodira («Nodira»), Toʻlgʻanoy («Momo yer»), Lutfi xoda («Ona qizim»), Zuhra, Mastura satan g, («Paranji sirlari»), Bibi («Guli siyoh») va b. J. ijodi kuchli dramatizm, aniq sahna harakati, yorqin ifodaviylik, badiiy tugal talqini b-n, qaxramonlarining maʼnan boyligi, ayollik nazokati-yu, fikru mulohazasining teranligi, oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Jaʼfarova bir qancha filmlarda ham suratga tushgan: Xola («Uchrashuv»), ona («Oʻn uch terak koʻchasi»), Buvi («Shashmaqom»; «Buvimni qaytaring»), Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni») va b. shular jumlasidan.

Ensiklopediya.uz
JAʼFAROVA Tursunxon Yoʻldoshevna