IZOTOPLAR

IZOTOPLAR

IZOTOPLAR (izo… va yun. topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlari teng, at. m. lari har xil boʻlgan atom turlari. Izotoplarning atom yadrosidagi protonlar soni teng, ney-tronlar soni esa har xil (atom qobi-gʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning Izotoplari yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, at. m. ga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning Izotoplari kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Mas, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar Izotoplardan farq qilib izobara-l a r , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, at. m. 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir su v olinadi.

Ensiklopediya.uz
IZOTOPLAR