IZOTOP INDIKATORLAR
IZOTOP INDIKATORLAR — izotop tarkibi bilan tabiiy izotoplardan farq qiladigan va har xil jarayonlarni oʻrganishda belgi sifatida ishlatiladigan moddalar. Kimyoviy elementlarning barqaror yoki radioaktiv izotoplari Izotop indikatorlar vazifasini bajaradi. Ularni aniqlash va mikdorini belgilash oson. Izotop indikatorlarning uziga xosliligi ularni har qanday murakkab sistemalar, jumladan, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi, taqsimlanishi va oʻzgarishlarini kuzatib borishga imkon beradi. Turli jismlarning, mas, metallarning diffuziya koeffi-siyentini topishda, tuproqdagi elementlarning oʻsimlik tanasiga singi-shini, hayvon va oʻsimlik toʻqimalaridagi hayot faoliyatini kuzatishda ham Izotop indikatorlardan foydalanish qulay. Izotop indikatorlar usuli bir element turli izotoplarining kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻlishiga va, ayniqsa, radioaktiv izo-toplarni aniqlash osonligiga asoslangan. Bu usuldan foydalanishda belgili atomlarning qayta taqsimlanishiga (demak, birikmaning belgini yoʻqotishiga) sabab boʻla oladigan izotop almashuvi reaksiyalarini, baʼzan jarayonning borishiga radioaktiv nurning taʼsir etishidan kelib chiqadigan radiatsion effektni hisobga olish zarur. Belgili izgotop sifatida ishla-tiladigan izotop oʻrganilayotgan birikma tarkibiga kiritiladi.
Ensiklopediya.uz
IZOTOP INDIKATORLAR