IZOTONIK ERITMALAR

IZOTONIK ERITMALAR

IZOTONIK ERITMALAR — osmotik bosimi qonning osmotik bosimi b-n, shuningdek, oʻsimlik yoki hayvon hujayralaridagi osmotik bosim bilan baravar boʻlgan eritmalar. Sunʼiy Izotonik eritmalar fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Tibbiyot amaliyotida, shuningdek, fiziologik eksperimentlar (tajribalar) oʻtkazishda keng qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
IZOTONIK ERITMALAR