IZONITRILLAR

IZONITRILLAR

IZONITRILLAR (izotsianidlar, karbilaminlar) — umumiy formulasi RNC (bu yerda R — organik radikal) boʻlgan organik birikmalar, sianid kislota hosilalari, nitrillar izomerlarining Izonitrillar nitrillaridan farqi shuki, ularda CN gu-ruhi organik radikal bilan azot orkali bogʻlangan: R—NsC; nitrillarda esa organik radikal bu guruh bilan uglerod orqali bogʻlangan boʻlib, R— C=N tartibida joylashgan. Galogenalkillar bilan kumush sianidning oʻzaro almashi-nishidan va b. yoʻllar bilan olinadi. Mac, CH3I+AgCN->CH,NC+AgI. Oddiy Izonitrillar qoʻlansa hid chiqarib, tubidan qaynaydigan suyuqliklardir. Izonitrillar mineral kislotalarning suvdagi eritmasida gidrolizlanib, birlamchi aminlar va chumoli kislota hosil qiladi.

Ensiklopediya.uz
IZONITRILLAR