IZOKET tabletka
Izoket tabletka #Изокет таблетка ?DORI SHAKLI ? tabletka ?TARKIBI ? Izosorbid dinitrat — 2,5 mg va 5 mg dozada. ?TA’SIRIGA KO’RA ? Vazodilyatator vosita. Qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirga ega. ?QO’LLANILISHI ? — Stenokardiyada , beqaror stenokardiyada profilaktika maqsadida. — O’tkir miokard infarkti asoratlarida . — Yurak chap qorinchasi faoliyati buzilganda. — O’tkir miokard infarktidan keyingi holatlarda qo’llash mumkin. — Yurak koronar arteriyalari spazmida ( torayib qolishida ). — Surunkali yurak yetishmovchiligida qo’llash mumkin. — O’pka shishida qo’llash mumkin. — Qon tomir spazmlarida qabul qilish mumkin. ?QO»LLASH USULI VA DOZASI ? Har 2 — 3 soatda 1 tabletkadan kuniga 4 — 5 tabletkagacha qabul qilinadi. Ovqatdan keyin chaynamasdan suv bilan qabul qilinadi. Stenokardiya xurujlarida esa til ostiga tashlab qo’yish buyuriladi. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Bosh og’rig’i , bosh aylanishi — Taxikardiya va qon bosimi tushishi kuzatiladi. — Ko’ngil aynish , qusish va og’iz qurishi. — Teri toshmalari va teri qichishishi kuzatiladi. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda. — Qon bosimi tushib ketganda va qon bosimi past yuradiganlarda mumkin emas . — Gemorragik insultda va taxikardiyada mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas. — Og’ir kamqonlikda mumkin emas. Preparat oddiy preparat emas. Shu sabab albatta shifokor maslahati va nazorati bilan qabul qiling. Yana bir ma’lumot izoketni venaga tomchilab yuborishda juda sekin jo’natish kerak. Shifokor nazorati ostida osma ichiga qo’shib , minutiga 2 — 3 tomchi venaga tomchilab yuborish kerak. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,, ТАБЛЕТКА » kanaliIZOKET tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
IZOKET tabletka