IZOBARIK JARAYON

IZOBARIK JARAYON

IZOBARIK JARAYONbosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. I. j. sistemaning termodinamik holat diagrammasida izobara bilan tasvirlanadi. Atmosfera bosimida sodir boʻladigan fizik jarayonlar, jumladan, suvning isishi, ochiq idishdagi gazning qizishi yoki sovishi, moddaning ikki fazali holatidagi izotermik jarayon va koʻpgina kimyoviy reaksiyalar I. j. ga misol boʻla oladi. Yuqori va past bosimlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilishda, issiklik mashinalarida (mas, Joul, Dizel sikllari) Izobarik jarayondan foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
IZOBARIK JARAYON