IZMAYLOVA Galiya Bayazitovna
IZMAYLOVA Galiya Bayazitovna (1923.12.2, Tomsk) — balet artisti, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Toshkent balet maktabini (1941), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1961)ni tugatgan. 1941-y. dan Navoiy teatrining yetakchi balet yakkaxoni, 1977—85 y. lar bosh baletmeyster, 1985-y. dan baletmeyster. Semurgʻ («Oq bilak»), Mariya, Zarema («Bokchasaroy favvorasi») kabi ilk rollaridayoq qahramonlar ichki du-nyosini ifodali harakatlar orqali ochib berishga intilgan. Eng yaxshi rollari: Kitri («Don Kixot»), Gulo-yim («Qirq qiz»), TaoXoa («Lola-qizgʻaldoq»), Odetta-Odiliya («Oqqush kuli»), Xuanita («Don Juan»), Gulnora («Raqqosa»), Karmen («Karmensyuita»), Layli («Layli va Majnun»), Chundari («Sevgi tumori»), Egina («Spartak») kabi obrazlari badiiy yuksakligi, ijro texnikasining mukam-malligi, yevropa mumtoz raqsini anʼ-anaviy oʻzbek raqs harakatlarida uygʻunlashtirilishi bilan ajralib turadi. «Oqqush kuli», «Navruz», «Shahrizoda», «Sevgi tumori», «Kashmir afsonasi», «Sevgi afsonasi», «Boqchasaroy favvorasi», «Esmeralda», «Orzu», «Knyaz Igor», «Buron», «Faust», «Zebunniso», «Umar Xayyom», «Al Fargʻoniy» kabi operalarning raqslarini sahnalashtirgan.
Ensiklopediya.uz
Izmaylova Galiya Bayazitovna