IZGʻIRIN

IZGʻIRIN

IZGʻIRIN — Yerga yondosh havo qatlamida esadigan sovuq shamol. Izgʻirin uchun qulay sharoit havo harorati —5° dan past, shamol tezligi 6—8 m/s dan yuqori boʻlganda hosil boʻladi. Yer yalab esadigan Izgʻirin, pastda esadigan Izgʻirin va umumiy Izgʻirin farq qilinadi. Yer yalab va pastda esadigan Izgʻirin larda ilgari yoqqan qor shamol bilan turli tomon uchadi, umumiy Izgʻirinda esa yerdagi qor hamda bulutlardan yogʻayotgan qor uchadi. Izgʻirin vaqtida qor qoplami yuzasidan qor uchqunlari 1,5—2 m balandlikkacha koʻtariladi. Izgʻirin qor qoplami yuzasi quruq boʻlganda esadi. Siklonning shim.-gʻarbi, gʻarbi va jan-. gʻarbida hamda antitsiklonning chetlarida kuzatiladi. Izgʻirin vaqtida nariroqni koʻrish qiyinlashadi. Izgʻirin baʼzan qor yogʻib turgan paytda yuz beradi. Bu vaqtda qor uchqunlari yerdan koʻtarilayotgani yoki yuqoridan tushayotganini aj-ratish qiyin. Atmosferaning iliq fronti yaqinlashganda shunday Izgʻirin kuzatiladi.

Ensiklopediya.uz
IZGʻIRIN