IYERIXON
IYERIXON — Oʻlik dengizning shim.-gʻarbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2ming yillikda Falastindagi qad. manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qoʻsh devori boʻlgan shahar xarobasi (mil. av. 18—16a. lar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga koʻra, Ierixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan («iyerixon karnaylari») qulab tushgan.
Ensiklopediya.uz
IYERIXON