IYERARXIYA

IYERARXIYA

IYERARXIYA (yun. hierarchia, hieros — avliyo va arche — hukmronlik, hokimiyat) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Fanga Ierarxiya tushunchasi 19-a. ning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab Ierarxiya jamiyatning sinfiy tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qoʻllanilgan. 20-a. dan boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qoʻllanila boshlandi.

Ensiklopediya.uz
IYERARXIYA