Italyancha shirinlik to’liq malumot oling

Italyancha shirinlik to’liq malumot oling

Zarur masalliqlar: 250 gramm un, 125 gramm sariyog‘, 6 osh qoshiq shakar, 60 ml. mineral suv.

italyancha shirinlik 1

Tayyorlanishi: sariyog‘ni kichik bo‘lakchalarga bo‘lib, un bilan urvoq holiga kelguncha uqalab olinadi. So‘ng 3 osh qoshiq shakar va xona haroratida turgan mineral suv bilan xamir qoriladi. Dumaloq shaklga keltirilgan xamirni o‘rab dam oldirish uchun muzlatgichga 1 soatga qo‘yiladi.

Xamirdan kichik-kichik yumaloq koptokchalar hosil qilinadi hamda qalamcha shaklida cho‘zib olinadi. Qalamchalar halqa shakliga keltirilib, ustidan shakar sepiladi. Qizdirilgan gaz patnisiga qog‘oz yozib, ustidan shirinliklar terib chiqiladi. Shirinlik 180 daraja issiqlikda 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/italyancha-shirinlik/

Pazanda
Italyancha shirinlik