Italiyalik travmatolog o`zbekistonlik hamkasblari bilan noyob operasiyalar o`tkazdi

Italiyalik travmatolog o`zbekistonlik hamkasblari bilan noyob operasiyalar o`tkazdi

Kechagina dunyoning boshqa nuqtasida qo`llanilgan innovasion muolaja usulini qisqa muddatda O`zbekistonda tatbiq etishda xorijiy hamkorlik masalasi o`ta muhim. Shu bois, Italiyaning Ravenna shahridagi “Santa Maria delle Croci” gospitali rahbari, Emiliya-Romanya hududi bosh travmatologi Alberto Belluatini mamlakatga taklif etildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda. 

Vazirlik xabariga ko`ra, taniqli shifokorning tashrifi kutilganidek samarali bo`ldi. U O`zbekistonga safari davomida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo`lib, to`rt nafar bemorda yuqori texnologik murakkab operasiyalar o`tkazgani aytiladi.

«Aslida chanoq-son bo`g`imlarini endoprotezlash amaliyoti muassasa mutaxassislari uchun yangilik emas»,-deydi vazirlik.

Qayd etilishicha, bu borada shifokorlarimiz katta tajriba va salohiyat to`plagan. Ammo bu galgi bemorlarning holati ancha murakkab bo`lgan.

9e35a94ec442e89407166

«Masalan, ulardan biriga “ikki tomonlama koksartroz, koronavirusdan so`nggi sindrom, ikkala son suyaklari boshchalarining aseptik nekrozi” tashxisi qo`yilgan edi. Italiyalik shifokor o`zbekistonlik hamkasblari ishtirokida bu dardni davolash uchun noyob amaliyot o`tkazishga qaror qildi. Natijada bir vaqtning o`zida bemorning ikkala chanoq-son bo`g`imiga zamonaviy endoprotez moslamalari o`rnatildi. Ikki soat davom etgan operasiya muvaffaqiyatli o`tdi»,-deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, Alberto Belluatini tomonidan 20 nafardan ortiq bemorlar konsultasiya qilingan. Markazning reabilitasiya, artroskopiya, sport travmatologiyasi, jarohatlar oqibati hamda kattalar travmatologiyasi bo`limlarida tibbiy ko`riklari tashkil qilingan.

1cd25836e7fd52363dcf9

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Santa Maria delle Croci” gospitali bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish yuzasidan muzokaralar olib borilgani aytiladi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Italiyalik travmatolog o`zbekistonlik hamkasblari bilan noyob operasiyalar o`tkazdi