ITALIYA BANKI
ITALIYA BANKI (Banca dʻltalia) – Italiyaning markaziy davlat banki. 1893-y. da tashkil etilgan. Mamlakat xududida 23 ta idorasi va 97 ta buli-mi, Londonda vakolatxonasi bor. 1926-y. gacha Italiya banki Neapol banki va Sitsiliya banki b-n hamkorlikda banknotlar emissiyasini amalga oshirgan, 1926-y. dan banknotlar chiqarish boʻyicha mo-nopol huquqga ega boʻlgan. 1936-y. dan «Banklar banki», yaʼni faqat banklar va davlat moliya intlarini kreditlaydi. Bank xuzurida mamlakatdagi tijo-rat banklari faoliyatini nazorat qiladigan kreditlar va omonatlar boʻyicha Vazirliklararo qoʻmita tashkil etilgan. Tijorat banklari 1947-y. dan boshlab oʻz rezervlarini depozitlar yoki davlat qimmatli qogʻozlari koʻrinishida Italiya bankida saklashlari shart edi. Bu depozitlar asosida Italiya banki xazina veksellari chiqarib kelgan. 1998-y. 1-iyundan Yevropa Markaziy banki tizimiga kiradi. 1999-y. dan yevro muomalaga kirishi bilan uning barqarorligini saklash, Italiya xududida pul siyosatini tartibga solish vazifalarini bajaradi.
Ensiklopediya.uz
ITALIYA BANKI