IT sohasidagi dasturlash shart bo’lmagan 5 ta mutaxassislik.

IT sohasidagi dasturlash shart bo’lmagan 5 ta mutaxassislik.

Bugungi kunda ko’pchilik IT sohasida yaxshi martaba haqida o’ylaydi. Ha, yuqori ish haqi, masofaviy ishlash imkoniyati va ko’proq yoki kamroq erkin jadval, albatta, jozibador o’ziga tortadigan soha.

Lekin hamma ham dasturlashni xohlamaydi. IT sohasida dasturchi bo’lmaganlar yoki dasturlashni bilmaydiganlar uchun joy bormi? Albatta, dasturlash qobiliyatini talab qilmaydigan 5 ta kasbni ko’rib chiqaylik.

UI/UX dizayneri va UX rayter

UX (foydalanuvchi tajribasi) dizayneri — bu veb-saytning qulayligi va foydalanuvchi tajribasi uchun mas’ul bo’lgan mutaxassis. UI (foydalanuvchi interfeysi) dizayneri — bu saytni vizual va kontent bilan to’ldiradigan va foydalanuvchi interfeysi uchun javobgar bo’lgan professional. UI va UXda ishlaydigan universal dizaynerlarga talab keng tarqalgan.

UI va UX mutaxassislariga aslida kodlash kerak emas. Ularning asosiy vositalari Adobe After Effects, Figma va Tilda, shuningdek, Sketch va Adobe XD. Bundan tashqari, ularga foydalanuvchi interfeysi ko’nikmalari va raqamli marketingni tushunish kerak.

UX rayter — texnik matnni inson o’qiy oladigan matnga tarjima qiladigan kopirayter. Uning vazifasi sayt navigatsiyasiga kerakli qatorlarni kiritish va foydalanuvchi uchun soddalashtirishdir. Mutaxassis dizayner bilan birgalikda foydalanuvchi o’ziga kerakli narsani tezda topishi uchun qulay tugmalar va komponentlar tartibini belgilaydi.

HR menejeri

Human resource yoki inson resurslari — bu kasblar guruhi bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

rektuter — ishga oluvchi, u ham suhbatlar o’tkazadi, to’liq tahlil qiladi va rahbariyatga hisobot beradi;

korporativ trener — xodimlarni rag’batlantirish, ular o’rtasidagi turli ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish va treninglar o’tkazish bo’yicha professional;

head hunter — ma’lum bir mutaxassisni qidiruvchi inson, ko’pincha boshqaruv lavozimlarga odam topadi;

HR menejeri — oddiygina kadrlar bo’limi xodimi — nomzodlar va mavjud xodimlarning hujjatlarini qayta ishlash uchun javobgardir.

IT bo’yicha huquqshunos

Kontentni himoya qilish, salbiy sharhlarni qidirish, nafrat, plagiat va boshqa mumkin bo’lgan muammolar uchun mas’ul bo’lgan IT yoki tarmoq advokati. U bunday holatlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam beradi, shuningdek, huquqiy masalalarni tartibga soladi. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari bilan aloqasi bor har qanday kompaniyada uning uchun eshiklar ochiq.

Biznes tahlilchisi

Ushbu professional barcha ishlab chiquvchilarni bosh og’rig’idan qutqaradi. U mijoz bilan brifing o’tkazish, texnik topshiriqlarni baholash, loyihani amalga oshirish muddatlarini belgilash va mijoz bilan boshqa kelishuvlarni ta’minlash uchun javobgardir. Biznes-tahlilchi ishlab chiquvchi va mijoz o’rtasidagi aloqadir. Ya’ni, mijozlar bilan muloqot qilib, ma’lumotlarni to’plagandan so’ng, u barcha ma’lumotlarni o’z jamoasiga uzatadi. Loyihani topshirish jarayonida tahlilchi ishlab chiquvchilarga loyihani to’g’ri topshirishga ham yordam beradi. Keyinchalik, u jamoaga fikr-mulohazalarini va mumkin bo’lgan tahrirlar haqida ma’lumot beradi.

Scrum menejeri

Scrum deb nomlangan tezkor ishlash ramkasi (qonun qoidalar to’plami) yordamida menejerlar loyihalarni erkin boshqarishi mumkin. Ushbu vosita uzoq muddatli loyihalar uchun qulay va barcha xodimlarga kichik raqobat bilan ishni bajarishga imkon beradi. Scrum menejeri nizolarni o’z vaqtida hal qilish, uchrashuvlar va rejalarni muhokama qilish orqali jamoaning samaradorligi va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Umumiy Dasturlash
IT sohasidagi dasturlash shart bo’lmagan 5 ta mutaxassislik.