IT kompaniyalaridagi Product Owner va Project Manager’ning funksional vazifalari

IT kompaniyalaridagi Product Owner va Project Manager’ning funksional vazifalari

IT kompaniyalaridagi Product Owner va Project Manager’ning funksional vazifalari

Vazifalar

Project Manager

Product Owner

1.

buyurtmachining talablarini to’plash va ularni tahlil qilish

bozor, raqobatchilar va foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilish asosida mahsulot strategiyasini belgilash

2.

loyihani bajarish uchun mo’ljallanayotgan budjet hisob-kitobi

mahsulot yo’l xaritasini ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash, shu jumladan funksional imkoniyatlar va relizlarni ustuvorlashtirish

3.

texnik topshiriqlarni tuzish, loyiha va texnik hujjatlarni yuritish, ustuvorliklarni belgilash

mahsulot backlog’ini boshqarish, shu jumladan vazifalarni tuzish, baholash va ustuvorlashtirish

4.

loyihani amalga oshirishga qodir mutaxassislarni tanlash

manfaatdor tomonlar, shu jumladan dasturlash jamoasi, marketing, savdo va mijozlar bilan o’zaro hamkorlik

5.

jamoa aʼzolari o’rtasida vazifalarni taqsimlash va jamoaga rahbarlik qilish

mahsulotning ko’rinishi va strategiyasini dasturlash jamoasiga taqdim etish

6.

loyihaning barcha bosqichlarini bajarish muddatlariga rioya etilishi, ishlarning sifati, byudjet sarfi va tavakkalchiliklar ustidan nazorat qilish

yaxshiliklar va yangi imkoniyatlarni aniqlash uchun mahsulot to’g’risidagi maʼlumotlarni va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish

7.

buyurtmachi bilan aloqalar (rejalar, muddatlar, talablar, byudjetlarni kelishish)

foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun foydalanuvchi testlarini tashkil etish va fikr-mulohazalar olish

8.

buyurtmachi bilan kelishilgan kelishuvlar va talablarga rioya qilish

funksional va dizayn masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish, mahsulotning biznes va foydalanuvchilar talablariga muvofiqligini taʼminlash

9.

taqdimot materiallari, demo-versiyalar tayyorlash, ishlab chiqishning har bir bosqichini yoritadigan hisobotlarni tuzish

mahsulotni manfaatdor tomonlarga namoyish etish va ularning fikr-mulohazalariga javob berish

10

loyiha xatarlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun potensial tahdidlarni aniqlash, tahlil qilish va kamaytirish

mahsulotni ishlab chiqish jarayonida xavf-xatarlarni va o’zgarishlarni boshqarish

11

loyiha sifat standartlariga rioya etilishini monitoring qilish va ta’minlash, shu jumladan sifat nazorati va ishlarning bajarilishini audit qilish tartib-taomillarini ishlab chiqish va joriy etish

mahsulot hujjatlarini, shu jumladan talablar spetsifikatsiyalari, foydalanuvchi ssenariylari, funksionallik va jarayonlar tavsiflarini yuritish

12

loyihaga o’zgarishlarni boshqarish, shu jumladan o’zgarishlarning loyiha muddati, byudjeti va sifatiga taʼsirini baholash

marketing va sotish tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, mahsulotni bozorda samarali targ’ib qilishni taʼminlash.

Manba:

Boshqaruv
IT kompaniyalaridagi Product Owner va Project Manager’ning funksional vazifalari