IT bo‘yicha 5 ta kitob: C

IT bo‘yicha 5 ta kitob: C

6-BO’LIM. GRAFIK VA TASVIRLAR CHIZISH

«Mukammal dasturlash» 1-kitob. HTML va CSS

Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar, dasturlash bilan shug’ullanadiganlar va hatto dasturiy ta’minot yaratish bo’yicha yetuk mutaxassislarga ham mo’ljallangan bo’lib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerak boʻladigan zaruriy bilimlarni o’zida jamlagan hamda sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha ma’lumotlar o’rniga o’n yillab yig’ilgan tajribalardan foydalanib aniq ko’rsatmalar keltirilgan. Kitobdagi ma’lumotlarni oʻzlashtirgan o’quvchi malakali veb dizayner sifatida keng faoliyat yuritshdan tashqari, nafaqat «front-end» (timusti) dasturlovchi boʻlishi mumkin, balki to’laqonli veb-dasturiy ta’minot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega bo’ladi. Kitobda yoritilgan mavzular bo’yicha fikr-mulohazalar, takliflar, savol lar hamda o’z amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Muallif: Javlon Abdulloh
Nashriyot: «Akademnashr»
Hajmi: 288bet
Sana: 2021
ISBN: 978-9943-6964-4-0
Muqovasi: qattiq

2-BO’LIM. HTMLning ASOSIY TARKIBI

3-BO’LIM. MATNNI JOYLASHTIRISH

5-BO’LIM. MEDIA FAYLLARNI BOG’LASH

6-BO’LIM. GRAFIK VA TASVIRLAR CHIZISH

7-BO’LIM. FORMA ELEMENTLARI

8-BO’LIM. CSS TARKIBI

9-BO’LIM. OBYEKTLARNI JOYLASH VA JILOLASH

10-BO’LIM. MUKAMMAL SAYT YARATISH TALABLARI

Dasturlash kitob pdf

Ushbu to‘plam C++ dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

“C++ dasturlash tili”, Byerne Straustrup.

Mazkur kitob C++ dasturlash tili muallifi tomonidan yozilgan.

Qo‘llanmada ma’lumotlarga toʻliq tavsif berilgan uchun uning hajmi ancha katta hisoblanadi.

Kitob nafaqat C++ni o‘rganishni boshlaganlar uchun, balki tajribali foydalanuvchilar uchun ham qo‘llanma sifatida foydali bo‘ladi.

Lekin, kitob dasturlashda mutlaqo yangilar uchun tavsiya etilmaydi. Chunki taqdim etilgan ma’lumotlarni tushunish uchun ma’lum darajadagi bilimga ega bo‘lish kerak.

“C++ tiliga sayohat”, Byerne Straustrup.

Ushbu kitob C va C++ tillarida biroz tajribaga ega bo‘lgan va zamonaviy C++ tillari bilan tanishishni xohlovchilar uchun m oʻ ljallangan.

Qo‘llanma C++ tilining barcha asosiy xususiyatlari va komponentlari haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan.

Mavzular juda chuqur yoritilgan boʻlmasa ham, lekin dasturchiga tilni tushunish va undan foydalanish boʻyicha amaliy maslahatlar bera oladi.

“Tezlashtirilgan C++”, Endryu Koenig, Barbara E. Mu.

Kitob mualliflari boshqalarga qaraganda ma’lumotlar taqdimotiga butunlay boshqacha yondashgan.

Ya’ni ma’lumotlar eng oddiy tushunchalar bilan emas, balki eng k oʻp q oʻ llaniladigan, eng foydali b oʻlg anidan boshlanadi.

O ʻ quvchi standart kutubxona bilan ham darhol tanishadi. Bu talabalarga dasturlarni darhol yozishni boshlash imkonini beradi.

Q oʻllanma tilning asosiy funksiyalarini tushuntiribgina qolmay, balki real muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini ham taqdim etishi bilan foydalidir.

“Samarali zamonaviy C++”, Skott Meyers.

Nomidan ham k oʻ rinib turibdiki, u zamonaviy C++ tili haqida (C++11 va C++14 dan foydalanish) ma’lumotlarni beradi.

Kitobni til b oʻ yicha bilimlarini chuqurlashtirish va uni q oʻ llash b oʻ yicha yangi k oʻ nikmalarga ega b oʻ lishni istaganlarga tavsiya etish mumkin.

Muallif ma’lumotlarni taqdim etishda real muammolarni hal qilish, ilg ʻ or va murakkab C++ dasturlarini yaratishda yordam berishga e’tibor qaratgan.

“C++ tilidagi algoritmlar”, Robert Sedgvik.

Bu kitobda tilning oʻ zi haqida emas, balki C++ da amalga oshiriladigan misollari bilan algoritmlar haqida kerakli ma’lumotlar berilgan.

Undagi birinchi va t oʻrtinchi b oʻ limlar asosiy algoritmlar, ma’lumotlar tuzilmalari, saralash va qidirishni oʻ z ichiga oladi.

Ular asosiy ma’lumotlar tuzilmalari va saralash, qidirish va tegishli ilovalar uchun algoritmlarning batafsil tavsifini beradi.

T oʻrtinchi b oʻlimda tarmoqqa ulanish, elektron sxemalarni loyihalash, grafik yaratish, tranzaksiyalarni qayta ishlash va ta’minlash kabi turli xil ilovalarda tobora muhim rol oʻ ynaydigan grafik algoritmlari muhokama qilinadi.

Dasturlashni o’rganish – Qo’llanma 2023

Dasturlashni qayerdan boshlashni bilmay boshingiz qotdimi? Ushbu maqolani o’qishni boshlab juda to’g’ri tanlov qilibsiz. Chunki oldingizda uzundan uzoq yo’lni bosib o’tishingiz kerak. Uzoq masofadagi maqsadga erishish uchun “qo’llanma” yoki “reja” tuzib olmasangiz, ko’zlangan maqsadga erishish qiyin bo’ladi.

0-Qadam. Ishtiyoq

Sizga komputer, telefonlar, web sahifalar qanday ishlashi juda qiziq. Ular qanday texnologiyalar asosida ishlanishini har doim qiziqarli bo’lib kelgan. Demak, sizda oz bo’lsa ham dasturlashni o’rganishga moyillik bor. Bu qadam juda muhim ro’l o’ynaydi. Agar kelajakda o’zingizni dasturlash sohasida ko’zingiz yetmasa, demak bu yo’nalish siz uchun emas. O’zingiz rostdan ham yoqtirgan soha haqida o’ylab ko’rishni tavsiya qilaman.

1-Qadam.

Tabriklayman! Siz juda muhim bosqichdan o’tdingiz, endi bizning dasturlash sohasidagi mashaqqatli sayohatimiz haqida so’zlashsak ham bo’ladi. Ushbu sayohatimiz 3-4 oy davom etadi deb o’ylayotgan bo’lsangiz adashasiz. O’z sohamizdagi usta bo’lishimiz uchun yaxshigina siz bilan mehnat qilamiz, qiyinchiliklardan o’tamiz, ter to’kamiz…

Oldimizda juda uzoq sayohat bor

Dasturlashni o’rganishdan oldin ingliz tilini o’rganib olish zarar qilmaydi. Chunki, sayohatimiz davomida turli xil muammolarga duch kelamiz. Shunda, ‘Google’ amakimizdan osongina ‘How to …’ orqali savollarga javob olish mumkin. Bundan tashqari dasturlash tili yoki turli texnologiyalarni o’rganishda ularning rasmiy saytidan ma’lumotlar o’qishga to’g’ri keladi. Shuning uchun dasturlashdan oldin, ingliz tilini oz bo’lsa ham o’rganishingizni maslahat beraman.

2-Qadam. Front End

Demak, dasturlashni endi qayerdan o’rganishni boshlash kerakligi haqida so’zlashaylik. Boshlanishiga oddiy statik ko’rinishdagi websayt tuzishni maslahat beraman. Men ham dasturlashga qiziqishim oddiy mobil websaytlar tuzish bilan boshlaganman. Chunki, bu juda oson, oddiygina “Notepad” dasturi orqali o’zingizning “Salom Dunyo” dasturini yaratasiz. Bu bosqichda siz HTML va CSS dasturlash tillarini o’rganib olasiz.

HTML ni o’rgandim. Dunyodagi eng zo’r dasturchiman

Ushbu bosqich uzoq muddatga cho’zilmaydi. Yuqorida aytilgan dasturlash tilidan foydalanib o’zingizni shaxsiy web sahifangiz tuzing. Bu juda qiziqarli.

O’rganish uchun esa hozir juda ko’p darsliklar yoki o’quv markazlari bor. HTML, CSS texnologiyalar o’rganishni Youtube dagi inglizcha yoki o’zbekcha darsliklardan ham o’rganib olashinigz mumkin(maqola ohirida o’rganish uchun resurslar mavjud).

3-Qadam. Yo’nalish tanlash

Dasturlash sohasida turli xil kasb egalari mavjud. Masalan, web developer, Mobile developer, Frontend, Backend, … . Ushbu bosqichda siz o’zingizga yoqqan yo’nalishni tanlab, kerakli dasturlash tillarini o’rganish kerak bo’ladi.

  • Frontend developer – web sahifalarni ko’rinishi tuzish
    • HTML
    • CSS
    • Javascript
    • Turli frameworklar(React JS, Vue JS)
    • PHP(Laravel, Yii)
    • Javascript(Node JS)
    • Python(Django)
    • Golang (Gin, Gorilla mux)
    • Bu dasturlash tillaridan birini o’rgangan holda Backend ni o’rganish mumkin
    • Ma’lumotlar bazasi uchun tillar(Mysql, Postgresql, MongoDB)
    • Swift(iOS)
    • Flutter(Android, iOS)
    • React Native(Android, iOS)
    • O’zingizga yoqqan Android yoki iOS sistemasi tanlab, yuqoridagi tillardan birini o’rganing

    4-Qadam. Algoritmlar, Data Structure

    O’tgan bosqichda o’zingiz mustaqil ravishda turli dasturlar tuza oldingizmi? Juda yaxshi. Endi biz ‘Computer Science’ haqida gaplashsak ham bo’ladi. Bu sohada fanlar juda ko’p: OOP, Data Structure(Graph, Tree, Finding shortest path), Algorithms, Database, … . Keling boshlanishiga oddiy algoritmlar tuzishni o’rganaylik. Masalan, berilgan sonning juft yoki toqligi hisoblab beradigan dastur. Bu algoritmni tuzish uchun C++, C, Java, Python, Go, … kabi yuqori bosqichlik dasturlash tillaridan biridan foydalanamiz. Algorithm yoki Data Structure masalarini yechish nimaga kerak deb o’ylayotgan bo’lishingiz mumkin. Asosan, katta nufuzli IT kompaniyalarning suhbat jarayonida ushbu turdagi masalarni yechib berishingizni so’raydi. Ushbu masalalarni turli xil saytlarda yechishni mashq qilsangiz bo’ladi.

    • Hackerrank.com
    • RoboContest.uz (o’zbekcha)
    • Leetcode.com
    • Project Euler

    Xulosa

    Dasturlash sohasi juda keng. Qancha suhbatlashsak shuncha kam. Ushbu maqolada o’zingiz uchun foydali ma’lumot oldingiz deb umid qilaman. Ba’zan o’zingizda motivatsiya yoqolib qolsa, o’rganishda davom eting, doimo o’zingiz ustingizda ishlang. ✌️ Omad!

    O’rganish uchun o’zbekcha video darsliklar:

Qiziqarli malumotlar
IT bo‘yicha 5 ta kitob: C