Iste’moldagi osh tuzi miqdorini nega kamashtirish kerak? haqida malumot
Bir choy qoshiq tuz tarkibida 2 325 mg natriy bor — bu tavsiya qilingan sutkalik me’yordan ham ko‘proq. Buning ustiga natriy ko‘pchilik ishlov berilgan oziq-ovqatlar va yarim fabrikatlarda ham bor.
U organizmda suyuqlik muvozanatini saqlab turishga va asab tizimi bo‘ylab signallarni tarqatishga yordam beradi. Shuningdek natriy mushaklarning qisqarishi va bo‘shashishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin u sog‘liqqa salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Organizmga natriyning yetkazib berilishini buyraklar nazorat qiladi. Yetishmasa, ular natriyni g‘amlab qo‘yadi, ko‘p bo‘lganda esa — ortiqchasini siydik orqali chiqarib yuboradi. Agar biron bir sababga ko‘ra buyraklar buni bajara olmay qolsa, natriy qonda to‘plana boshlaydi. U suvni o‘ziga yig‘ishi va ushlab turishi tufayli qon hajmi ko‘payadi, yurakka bo‘lgan ortiqcha yuklama oshadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bularning hammasi yurak-tomir kasalliklari rivojlanishining omillaridir.
Natriyning tavsiya qilingan bir kunlik miqdori — 2 300 mg gacha. Bu dozani yana ham kamaytirishga harakat qiling, ayniqsa agar sizda natriyga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa.
Qanday oziq-ovqatlar tarkibida natriy borligini bilib oling
- Hamma ishlov berilgan oziq-ovqatlar: xamir mahsulotlari, kolbasa va pishloqlar, konservalar, fastfud va tayyor taomlar. Ularda odatda tuz va boshqa qo‘shimchalar ko‘p.
- Tabiiy manbalari: sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht, dengiz mahsulotlari.
- Zapravkalar.
Natriyni kamroq iste’mol qilish uchun
- Ko‘proq yangi sabzavotlar va mevalar yeng. Shuningdek yangi go‘sht sotib oling, kolbasa, sosiska va vetchinalardan voz keching.
- Agar tayyor mahsulotlar olmoqchi bo‘lsangiz, tarkibida natriy kam bo‘lganlarini tanlang. Ziravor qo‘shilgan yormalarni emas, balki oddiylarini sotib oling.
- Ovqat tayyorlashda tuz qo‘shmaslikka harakat qiling.
- Zapravkalarni kamroq ishlating. Soyali sous, mayonez, ketchup, xantal —hammasining tarkibida natriy ko‘p. Tuzsiz taomlarning mazasini yaxshilash uchun o‘tlar va tabiiy ziravorlar, sharbat va sitruslilar sedrasidan foydalaning.
© Zdorovie.com / Daryo.uz
Kasalliklar
Iste’moldagi osh tuzi miqdorini nega kamashtirish kerak?