ISTEʼMOL SAVATI

ISTEʼMOL SAVATI

ISTEʼMOL SAVATI — muayyan vaqt (oy, yil) da isteʼmol etiladigan mahsulotlar turi va toʻplamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdori. Kishi yoki oila oylik (yillik) hisobiy tovarlar (xizmatlar) isteʼmolining tipik darajasi va tuzilmasini tavsiflaydi. Moddiy oʻlcham va pul shaklida hisoblanadi. Bunday toʻplam amaldagi narxlarga koʻra I. s. dan kelib chiqib minimal isteʼmol byudjeta (tirikchilik minimumi)ni hisoblab chiqishga xizmat qiladi. Isteʼmol savati foydalanish maqsadiga koʻra, oziq-ovqat mahsoʻlotlari (mas, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari, un, guruch, non va yorma, shakar, oʻsimlik moyi, meva-sabzavot va b. mahsulotlar), nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, mebel, uy jihozlari, xoʻjalik buyumlari, madaniy tovarlar va b.) va madaniy-maishiy xizmatlar, shu jumladan, pulli ijtimoiy xizmatlar (maishiy texnikalar tizimi, kir yuvdirish, kimyoviy tozalash, tomoshalar koʻrish, pulli davolanish, pulli oʻqish va b.) ga ajraladi.

Ensiklopediya.uz
ISTEʼMOL SAVATI