ISSIQKOʻL

ISSIQKOʻL

ISSIQKOʻL — Shim. Tyanshandagi oqmas koʻl, Qirgʻizistonning shim. sharqiy qismida. Dunyodagi eng yirik togʻ koʻllaridan biri. 1608 m balandlikda, Issiqkoʻl soyligida, shim. da Kungay Olatov va jan. da Terskay Ola-tov tizmalari orasida. Mayd. 6326 km2 (baʼzi manbalarda 6330 km2), uz. 178 km, eni 60 km, chuq. 668 m gacha (baʼzi manbalarda 702 m gacha), oʻrtacha chuq. 278 m, suv hajmi 1738 km3. I. ga 50 dan ortiq daryo quyiladi. Eng yirik daryolari: Jirgʻalan, Tup (sharq tomondan quyiladi), maydalari — Qoraqoʻl, Qizil-suv, Juka, Oqsuv, Koʻksuv. I. havzasining mayd. 21,9 ming km2. Iqlimi iliq, quruq, moʻtadil. Sohilda iyulning oʻrtacha t-rasi 16—17°, yanv. niki gʻarbda — 2° dan — 3°gacha, sharqda — 4° dan —7°gacha. Issiqkoʻl ustiga yiliga 250 mm, gʻarbda 110 mm, sharqda 470 mm yogʻin tushadi. Issiqkoʻldan 700 mm cha suv bugʻlanadi. Fapbida va sharqida teztez kuchli sha-mollar boʻlib turadi. Shamol esganda toʻlqinlar bal. 3—4 m gacha boʻladi. Suv sathi yiliga 10 — 50 sm oʻzgarib turadi. Suv yuzasining t-rasi yanv. da 2—3°, iyul va avg. da 19—20°, 100 m dan chu-qurda yil boʻyi 3,5—4°. Qattiq qishda faqat qoʻltiqlar muzlaydi. Suvi yashil rangda (tinikligi 12 m dan ortiq), shoʻrroq (5,8%o), ichish va sugʻorish uchun yaramaydi. 20 dan ortiq baliq turi bor. I. qoʻltiqlarida va gʻarbida yiliga 20 — 50 ming suzuvchi parrandalar qishlaydi. 1958-y. da Issiqkoʻl qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Issiqkoʻlda muntazam yuk va yoʻlovchi tashuvchi kemalar qatnab turadi. Asosiy portlari: Baliqchi, Qo-raqoʻl pristani. Aholisi q. x. (dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik), shuningdek, baliq ovlash b-n shugʻullanadi. Issiqkoʻlning shim. sohilida Choʻlponota, jan. sohilgʻida esa Tamgʻa kurortlari joylashgan. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
ISSIQKOʻL