Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak

Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, emizish davrida arpabodiyonni qabul qilish sut va yog’ miqdorini oshirishi va chaqaloqning ko’proq vazn olishiga yordam beradi.

O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi qoidalari o‘zgardi

Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, quyidagi vazifalarni bajarishda harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi belgilandi:

tantanali formali kiyim-bosh – rasmiy, bayram, tantanali va xalqaro tadbirlarda, sud majlislarida, OAV bilan uchrashuvlar va intervyularda, shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida;

dala formali kiyim-bosh – o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar davrida, favqulodda vaziyatlarda, harbiy holatda, maxsus operatsiyalarni o‘tkazishda faqatgina Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) va Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan;

maxsus formali kiyim-bosh – vazifalarini bevosita xizmat xonalarida amalga oshirish vaqtida ichki ishlar organlarining, shuningdek IIV va DBQning kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan;

identifikatsiya raqamli metall jyetoni, farqlash belgilari va idoraviy ramzlar aks etgan maxsus jiletlarni – Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va inspektorlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarish jarayonida.

Mazkur tartib 2020 yilning 1 yanvargacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Davlat organlarida kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish huquqi faqatgina quyidagilar uchun saqlanib qolinadi:

kundalik xizmat faoliyatida bevosita aholi bilan ishlaydigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari xodimlari;

faoliyatini bevosita bojxona postlarida amalga oshiradigan bojxona xizmati bo‘linmalari xodimlari;

bo‘linmalarning sohasidan qat’i nazar ichki ishlar organlari va bojxona xizmatlarining rahbarlar tarkibi.

IIVga ommaviy va qishloq xo‘jaligi tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash, yo‘l-patrul xizmatining muntazam postlaridagi xizmatni o‘tashda maxsus forma kiyib yurishga ruxsat etiladi.

IIV va DBQ oliy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ta’lim muassasasi hududida har kuni dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh kiyib yurishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, soliq xodimlari soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish va soliq qarzdorligini undirish vaqtida identifikatsiya raqamli metall jyetonni taqib yurish qoidalari joriy qilindi hamda tantanali va kundalik formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi bekor qilindi.

Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Yoz jaziramasida bolalar va ayrim yoshi kattalar issiqlik toshishidan aziyat chekadi. Bundan kuchli va yoqimsiz qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablar va davolash usullari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Issiqlik toshishi kuchli terlash va terning sekin bug‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Issiq kunlarda go‘daklar va yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bola badaniga issiqlik toshishining birinchi sababi uning haddan ortiq isib ketishidir. Ularda tana haroratini muvozanatlashtirib turuvchi markaz yaxshi rivojlanmagani bois, ter teri hujayralarida uzoq vaqt ushlanib qoladi. Oqibatda teri hujayralari ta’sirlanib, toshmalar toshadi.

Kattalarda esa o‘tkir yuqumli kasalliklarda isitmalash va qattiq terlash natijasida, semiz kishilarga isituvchi kom­press qo‘yilganda ham issiqlik toshishi mumkin.

Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko‘pincha orqa, bo‘yin terisiga, qo‘ltiq ostidagi teri burmalariga, bosh, yelka, qo‘l-oyoqlarning ichki sohasiga, kattalarda ko‘pincha ko‘krak bezlari tagidagi teri burmalari, chov-yorg‘oq burmalari va qo‘ltiq ostiga yoyilib yoki to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bo‘lgan pufakchalardan iborat bo‘lib, kattaligi to‘g‘nag‘ich boshchasidek keladi. Ba’zida bir-biriga qo‘shilib ketadi. Davolamay o‘tkazib yuborilganda esa yiringlab turuvchi joylar (ayniqsa, teri burmalarida) hosil bo‘ladi.

Badanga issiqlik toshishi kasallik emas. Shu bois bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, isitma, bezovtalik kuzatilmaydi. Toshmalar kun davomida tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

Davolash

Issiqlik toshishiga shifokor tavsiyasiga ko‘ra davo qilinadi. Qizib ketishga olib keladigan omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘proq ochiq havoda bo‘lish, xonani tez-tez shamollatib turish foydalidir. Bunday vaziyatda sintetik matodan tikilgan kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.

Oldini olish

Issiqlik toshishi oldini olish uchun terlashga qarshi kurashish maqsadida bemor terisini toza saqlab, ichki kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi, issiq kunda tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyishi maqsadga muvofiq. Bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o‘rab-chirmash yaramaydi. Ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bola parvarishi borasida pediatr maslahatlari

Foydali tavsiyalar:

  • bolaga paxta matodan kiyim kiydiring;
  • yoz oylarida bolalar tagliklaridan kamroq foydalaning;
  • toshma toshgan sohalarni nam latta bilan artib oling;
  • yozda iloji boricha farzandingizni har kuni cho‘miltiring;
  • bolani imkon qadar ertalab va kechqurun tashqarida ko‘proq sayr qildiring;
  • toshma toshgan sohalarga malhamlar va losonlar surmang;
  • bolaning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qiling;
  • bola yotadigan xonani har kuni shamollatib turing, xona harorati +25 darajadan oshmasligi kerak;
  • bolaning teri burmalariga tez-tez e’tibor bering.

© O‘ktabar AKBAROVA, shifokor.
«Oila davrasida» gazetasi.
Od-press.uz

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Laktatsiyani oshirish uchun eng foydali mahsulotlar

Sut ishlab chiqarish uchun tanaga qo’shimcha kaloriya kerak bo’ladi. Ma’lum turdagi ovqat va ichimliklar yosh ona sutini ko’paytirish uchun foydali hisoblanadi.

Laktatsiyani oshiradigan oziq-ovqatlar bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar juda kam. Biroq, quyidagi mahsulotlar ko’krak suti ishlab chiqarilishini oshirishda yordam berishi mumkin:

Suli yormasi

Suli yormasi ona sutini ko’paytirish yoki oshirishda eng yaxshi mahsulotlardan biri. Shuningdek, u emizikli ayollar va chaqaloqlar uchun muhim bo’lgan ozuqa moddalari manbai hisoblanadi.

Bunday ozuqa moddalariga quyidagilar kiradi:

  • ozuqaviy tolalar (donli ekinlarda uchraydi);
  • temir;
  • magniy;
  • rux (sink).

Sarimsoq

Sarimsoqni iste’mol qilish yoki sarimsoq qo’shimchalarini qabul qilish ba’zi ayollarda laktatsiya jarayoni rag’batlantirib, sut hajminini oshirishi mumkin. Uning samaradorligini isbotlangan hech qanday tadqiqot mavjud bo’lmasa-da, Hindistondagi ba’zi odamlar sarimsoqni galaktagog (sut ko’paytiruvchi o’simlik) sifatida foydalanishadi.

Biroq, sarimsoqni juda ko’p iste’mol qilish ona sutining hidini noxushlanishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi chaqaloqlarga bu hid yoqmaydi va natijada ular ona sutini kamroq iste’mol qilishlari mumkin.

Arpabodiyon urug’lari

Arpabodiyon urug’lari ko’krak suti ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun sotiladigan choy va qo’shimchalarning umumiy tarkibiy qismidir. Ayrimlar esa, qorin dam bo’lishini yengillashtirish uchun arpabodiyon urug’idan ham foydalanadilar.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, emizish davrida arpabodiyonni qabul qilish sut va yog’ miqdorini oshirishi va chaqaloqning ko’proq vazn olishiga yordam beradi.

Oqsilga boy mahsulotlar

Oqsil ona sutini ishlab chiqarish uchun juda muhim. U ayoldan chaqaloqqa o’tib uni oziqlantiradi hamda o’sishiga yordam beradi. Shu sababli, emizikli ayollarga har kuni qo’shimcha 25 gramm protein iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Ona sutining barqarorligini ta’minlash uchun har kuni ko’p miqdorda oqsilga boy ovqatlar tanovul qilish lozim.

Oqsilga boy ozuqalar:

  • yog’siz go’sht;
  • tuxum;
  • loviya va yasmiq;
  • tofu (pishloq);
  • yong’oq va donli mahsulotlar

Yashil bargli sabzavotlar

Viskonsin universitetining Oila tibbiyoti va jamiyat salomatligi kafedra bo’limi ma’lumotlariga ko’ra, ko’plab meva va sabzavotlar, shu jumladan, yashil bargli sabzavotlar laktatsiya jarayonining tezlashishiga yordam berib, ko’krak sutini ko’payitirish uchun xizmat qiladi.

Yashil bargli sabzavotlarga quyidagilar kiradi:

  • lavlagi ko’katlari;
  • qoqio’t;
  • karam;
  • kashnich;
  • ismaloq.

Kamroq iste’mol qilish kerak bo’lgan oziq-ovqatlar

Ko’p ayollar emizish paytida hech qanday oziq-ovqatdan voz kechish kerak emas deb hisoblaydi. Boshqalar esa ma’lum bir oziq-ovqat va ichimliklar sut miqdorini kamaytirishi yoki chaqaloqning bezovtalanishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.

Ularga quyidagilar kiradi:

  • kofeinli mahsulotlar, jumladan, qahva, choy va shokolad;
  • sutli mahsulotlar;
  • ko’katlar, jumladan, kashnich, yalpiz va tog’jambil;
  • ziravorlar, masalan, dolchin va chili;
  • mevalar, jumladan, sitrus, kivi, quritilgan olxo’ri va ananas;
  • piyoz, karam, brokkoli va gulkaram kabi qorinda gaz hosil qiluvchi sabzavotlar

Biroq, har bir ayol va chaqaloq har xil. Kundalik tutish va o’zgarishlarni kuzatib borish muammoli oziq-ovqatlarni aniqlashga yordam beradi.

Ona sutini ko’paytirish uchun qo’shimcha maslahatlar

Yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlar bilan laktatsiya jarayonini yaxshilashi mumkin, shu bilan birga sut miqdorini oshirishning boshqa ko’plab usullari mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:

  • tug’ilgandan keyin tez orada bolani emizish;
  • chaqaloq talabiga javoban tez-tez emizish;
  • sutni barqarorligini saqlab qolish uchun emizishdan keyin sog’ish;
  • suv va sharbatlar ichish;
  • ko’p dam olish;
  • meditatsiya va jismoniy mashqlar orqali stressni kamaytirish;
  • ko’kraklarga mos keladigan ichki kiyim kiyish;
  • alkogol va nikotindan voz kechish;
  • chaqaloqning emish samarasini kuzatish;
  • agar emizish bilan bog’liq muammolar yuzaga kelsa, laktatsiya bo’yicha doktordan tezkor maslahat olish;
  • dori-darmonlar qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish, chunki dorilarning ba’zilari sut miqdorini kamaytirishi mumkin.
  • Метки Chaqaloq parvarishi, Maqolalar, Onalik

Добавить комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Qiziqarli malumotlar
Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?