Issiq suvni hisobga olish pribori to’liq malumot oling

Issiq suvni hisobga olish pribori to’liq malumot oling

issiq suvni hisobga olish pribori 1

Ko‘p kvartirali uylarda umumiy va individual hisobga olish asbobi o‘rnatiladi.

Iste’molchining hisobga olish asboblarini sotib olish, o‘rnatish, davlat qiyoslovidan o‘tkazish, foydalanish (ta’mirlash, almashtirish):
etkazib beruvchi tomonidan iste’molchining mablag‘lari hisobiga bajariladi;
nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oila uchun — etkazib beruvchi hisobidan (uning qiymatini keyingi 12 oy mobaynida oila to‘lab berishi sharti bilan) bajariladi.

Umumiy hisobga olish asbobiga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov vositasi davlat reestriga kiritilishi;
qiyoslashdan o‘tkazilishi;
individual pasportiga, qiyoslovdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatga va tekshirish tamg‘alariga ega bo‘lishi;
litsenziyalangan loyiha tashkiloti ishlab chiqqan loyihaga muvofiq o‘rnatilishi;
etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alagan bo‘lishi;
muddatida qiyoslovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Umumiy hisobga olish asboblarini qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i
bosimning o‘zgaruvchan darajasi elektron sarflarni o‘lchagichlar (difmanometrlar) uchun — 1 yilda 1-marta;
ulьtratovush, elektromagnit, oqimli va shu kabi sarfni o‘lchagichlar uchun — 2 yilda 1-marta.

Individual hisobga olish asboblari uchun qiyoslashdan o‘tkazish oralig‘i
yuridik shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 4 yilda 1-marta;
jismoniy shaxslardagi issiq suvni hisobga olish asbobi uchun — 8 yilda 1-marta.

Hisobga olish asboblari o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilmaganda qiyoslovni o‘tkazish vaqtigacha issiq suvni hisoblashturar joy binolarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (yashovchi) odamlarning soni bo‘yicha amalga oshiriladi.

Individual hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganda:
etkazib beruvchi 10 kun oldin iste’molchiga bildirishnoma yuboradi;
iste’molchi 3 kun ichida hisobga olish asbobini tekshirish uchun buyurtmanoma beradi;
etkazib beruvchi hisobga olish asbobini echib olish sanasi, uning ko‘rsatgichi va tekshirish muddati ko‘rsatilgan 2 nusxada dalolatnoma tuzadi.

Iste’molchilarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimi etkazib beruvchi tomonidan yil choragida 1-marta tekshirilishi shart.

Foydali Maslahatlar
Issiq suvni hisobga olish pribori