Ispaniyada dam olish to’liq malumot oling
ISPАNIYA
Otashin Ispaniya – Oʼrtaer dengizining marvarid marjonidagi qimmatbaho toshmisol goʼzal va maftunkor. Ispaniya deganda koʼpchilikning tasavvuriga futbol va korrida kelishi aniq, lekin bu ushbu noyob mamlakatning barcha oʼziga xos xususiyati emas. Kataloniyalik arxitektor Аntonio Gaudining mehnat mahsuli asosida qad koʼtargan Barselonadagi imoratlar, Delь Prado muzeyiga ega yorqin Madrid, tarixdan soʼzlovchi qasrlari bor quyoshli Valensiya, dengiz nafasi ufurib turuvchi Ibitsa va Mayorkaning joʼshqin kurortlari – bularning barchasi Ispaniya! Shaharchalardagi tor koʼchalar, dengiz qirgʼoqlaridagi qizigan qumlar, hech qachon uyquga ketmas shaharlar Ispaniya Qirolligining tashrif qogʼoziga aylangan. Ispaniyaga bahordan to erta kuzgacha tashrif buyurish sayyohlarga unutilmas onlardan bahra olishga yordam beradi.
Ispaniyada dam olish – bu betashvish oʼyin-kulgi, haqiqiy romantikaga boy shaharchalar, takrorlanmas gastronomik va madaniy meros. Yarim kunlik siesta, oshpazlikdagi oʼziga xosliklar va qaynoq tungi hayot ispaniyaliklarning yaxshi dam olishda ustasi farang ekanligidan dalolat.
Ispaniyaga safar– bu bekamu koʼst taʼtil, unutilmas hissiyotlar, oftobda toblanish va eng asosiysi – aʼlo kayfiyat.
Sayohat
Ispaniyada dam olish