ISMOIL SOMONIY
ISMOIL SOMONIY, Ismoil ibn Ahmad Somoniy (849, Fargʻona—907, Buxoro) — oʻzbek davlatchiligi tizimida xukmronlik qilgan somoniylar sulolasi (819—999)ning yirik vakili. Abbosiy xalifa Muʼtamid (870—892) Rofi ibn Lays qoʻzgʻolonini bostirishda yordam bergan sulola asoschisi Somonxudotttt oʻgʻillaridan Nasr I ibn Ahmadni Movarounnahrga noib (874—893), I. S. ni esa Buxoroga hokim etib tayinlagan. Ammo aka-uka oʻrtasida ixtilof paydo boʻlib, ular ikki bor uzaro urush qilgan. Birinchisi sulh bilan yakunlangan, ikkinchisida Ismoil Somoniy gʻolib kelganiga qaramay, akasining hokimiyatini tortib olmagan. 893-y. Nasr I vafot etgach, xalifa Muʼta-zid (892—902) Ismoil Somoniyni uning Urniga Movarounnahrga noib qilib tayinlagan. U shu yiliyoq Taroz sh. ni egallagan, 899-y. xalifaning Hurosondagi noibi Amr ibn Lays qushinini tor-mor keltirib, uning tasarrufidagi yerlarni buysundirgan. 902-y. esa u Tabariston, Ray, Qazvin va Daylamni zabt etib, uzini xalifalikdan musta-qil hukmdor deb eʼlon qilgan. U 907-y. vafot etgach, urniga ugli Ahmad ibn Ismoil hokimiyat tepasiga kelgan.
Ensiklopediya.uz
Ismoil Somoniy