ISMATOV

ISMATOV

ISMATOV Asad (1907, Andijon – 1953.6.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artista (1948). 1924—35 y. lar Andijon teatrida, 1936-y. dan «Oʻzbekfilm»da aktyor boʻlib ishlagan. Ayni vaqtda Muqimiy va Hamza nomidagi teatrlarda ham rollar oʻynagan. Andijon teatrida: Ferdinand («Makr va Muhabbat»), shahar qokimi («Revizor»), Kalaf («Malikai Turandot»); Muqimiy teatrida: Hoji («Nurxon»), Qorabotir («Tohir va Zuhra»); Hamza teatrida: Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy») kabi obrazlar yaratdi. Birinchi oʻzbek ovozli filmi «Qasam»da Ismatov bosh rol — Azimni oʻynagan. Keyinchalik ekranda yaratgan Umar («Azamat»), Boboxon («Tohir va Zuxra»), Jabbor ota («Fargʻona qizi»), Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy»), Bobo Mehnat («Paxta-oy») kabi obrazlari ham oʻzbek kino-sining zarvaraqlaridan oʻrin oldi. Ayniqsa, Husayn Boyqaroning foji-aviy qayoti va taqdiri, ichki ziddiyatlarini tomoshabinga nihoyatda chuqur va taʼsirchan yetkaza olgan. Ismatovning teatr va kinoda namoyon boʻlgan tengsiz isteʼdodi joʻshqin ehtiros, psixologik teranlik, chuqur kechinma va tuy-gʻular ifodasi aktyorning yuksak maho-rati bilan qoʻshilib ketgan.

Ensiklopediya.uz
ISMATOV