ISLOMXOʻJA MADRASASI VA MINORASI

ISLOMXOʻJA MADRASASI VA MINORASI

ISLOMXOʻJA MADRASASI VA MINORASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Xiva xoni Asfandiyorxonnmt bosh vaziri va qaynotasi Islomxoʻja qurdirgan (1908—10). Madrasa (42,8*32,5)ning bosh tarzi ikki qavatli. Hovli (23×20) atrofi bir qavatli kichik hujralar (jami 42 ta) bilan oʻralgan. Bosh tarzining hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning jan. sharqidagi masjid gumbazli, mehrobi koshin va ganchkori naqsh b-n bezatilgan. Old tomonida Xivadagi eng baland minora (44,6 m) qad koʻtargan. Asosining diametri —9,5 m. Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Koʻk, yashil rangli naqshlar bilan bel-bogʻlar ishlangan. Qafasasiga panjaralar oʻrnatilib, yuqorisi muqarnasli sharafa va qubba b-n yakunlangan. Minora shaharning deyarli hamma tomonidan koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Islomxoʻja madrasasi va minorasi va m. ni qurishda meʼmor Xudoybergan hoji, naqqoshlar Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta Voisov va b. katnashgan.

Ensiklopediya.uz
ISLOMXOʻJA MADRASASI VA MINORASI