Islomiy va diniy sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Diniy hamda islomiy manoga ega, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plamini qabul qiling.
Xizmatga ketajakmiz
Zakariyo quling kabi arra bilan kessalar
Yoki hazrat Bilol kabi xarsangtosh-la ezsalar
Mayinlarni va tog‘larni to‘siq deya tersalar
Bir turtki ham tegar-tegmas, xizmatga ketajakmiz
Kalomulloh hassasidek dengizlarni burarmiz,
Sening yo‘ling bizga rohat, xoh azobda yurarmiz.
Biz Ibrohim do‘sting kabi Ka’balarni qurarmiz
Namozlar o‘qib-turilmas, xizmatga ketajakmiz
Bu xizmatga tortish uchun pok siynali boylarni
Ekib qurub xonasida ichajakmiz choylarni,
Oltmish kunlik yasharmiz biz o‘ttiz kunlik oylarni
Choylar tugab bitar-bitmas xizmatga ketajakmiz
Dunyo bizni alday olmas, na ribo va na pora,
Desalarki, otang o‘ldi, bu kunlar senga qora
Ko‘z yoshi va duolarla eltib qo‘yib mozora
So‘ngra tuproq tortar-tortmas, xizmatga ketajakmiz
Kechalari do‘stlar bilan choy suhbatin yutibon
Iymon to‘la xurjunlarni yelkalarga ortibon,
Jujug‘imiz so‘rasa gar: Qayga yana otajon?!
Qo‘llaridan o‘par-o‘pmas, xizmatga ketajakmiz
Bu kun mahshar kuni emas, qochmaymiz bu zahmatdan
Alloh uchun Chin soriga yo‘l olgumiz Xirotdan…
«Charchoq»ni va «yetar» so‘zin olib tashlab lug‘atdan
Uch-besh luqma yutar-yutmas, xizmatga ketajakmiz
Insonni yot tutsa agar to‘fon yoki zilzila,
Alloh uchun shu yo‘ldamiz, tayyordirmiz tizila…
Shartlashdikmi, bas, yetadi, aytganmiz-ku «basmala»
Qo‘llar qanot tutar-tutmas, xizmatga ketajakmiz
To‘kib-to‘kib sochajakmiz kimning bor esa nesi
Qadrin topar faqat shunda bu umr sarmoyasi
Olinmoqdan kesilsa gar birimizning nafasi
Sirtimizga otar-otmas, xizmatga ketajakmiz
«La ilaha ila Alloh»ni aytmagan kim bor yana
Ul kimsa iymon bilmagay, qilolmasmiz tantana…
Pora-pora bo‘lsa mayli, bu yo‘lda qay bir tana,
Ul mayitni yuvar-yuvmas xizmatga ketajakmiz.
Yig‘lamaymiz, taqdir deya chidashga o‘rgatildik,
Haq kalomin boshqalardan oz bo‘lsin erta bildik,
Shuning uchun bu xizmatga juda tez, erta keldik,
Nafas rostlab olar-olmas xizmatga ketajakmiz.
Odam nasli qarshi chiqsin parvoyimiz falakdir,
Qarindoshlar, vatandoshlar bu yo‘llarda halakdir.
Qancha zug‘um oshsa, shuncha bizda yaxshi tilakdir
Azobimiz ortar-ortmas xizmatga ketajakmiz.
Bu muqaddas yo‘l erurki, bobolardan meroslar
Bul maskanni obod qilur muhabbat va ixloslar.
Oxir kunda zahmatlardan bo‘lish uchun xaloslar
Uyqulardan turar-turmas xizmatga ketajakmiz.
Dengiz orti, uzoq yurtda kim bilmas din xabarin
Shu joyga ham yetkazarmiz iymon degan javharin
Azonlar-la isloh etib sayyoraning har yerin
Osmonga ko‘z tikar-tikmas, xizmatga ketajakmiz
Ey Robbimiz, biz qullarga atab qo‘y ko‘shk-saroyni,
Seni ko‘rmoq bor-ku axir xuddi ko‘rgandek oyni,
Bizning asli murodimiz yoningda ichmoq choyni
O‘sha kuni yig‘lab-yig‘lab, unutib ming chiroyni
Piyola choy tutar-tutmas, endi ketmayajakmiz…
Xizmatimiz haqin ko‘rib tinmay yig‘layajakmiz!!!
Yo Rasulalloh
Sevgingiz deb maydonga,
Keldim, yo Rosulalloh!
Dardim bilan davronga,
Kirdim, yo Rosulalloh!
Zokirning zikri Yorni,
Tark ettirar ag‘yorni,
Oshiq bo‘lgach Dildorni,
Ko‘rdim, yo Rosulalloh!
Lutf eting Hazrat bizga,
Sizdan saodat bizga,
Jumla muhtojdir Sizga,
Bildim, yo Rosulalloh!
Bosh yalang, yoqa vayron,
Ko‘zim yosh, jigar giryon,
Jonimni Sizga qurbon,
Qildim, yo Rosulalloh!
Hijronda qoldim o‘zim,
Ochilmishdir qalb ko‘zim,
Poyingizga gul yuzim,
Surdim, yo Rosulalloh!
Qalb o‘zgacha kon emish,
Zotida burhon emish,
Mahbubiy mehmon emish,
Tuydim, yo Rosulalloh!
Kim tanisa Rosulullohni!
Tushida ham aytar zikrni,
Tark aylamas aslo shukrni.
Tushunadi Abu Bakrni,
Kim tanisa Rosulullohni!
O‘limga tik yura oladi,
Jannatni ham ko‘ra oladi.
Tahajjudga tura oladi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Ko‘z yoshidan tashkil bo‘lar ko‘l,
Chalg‘itolmas biron bitta yo‘l.
Xotiniga ko‘tarolmas qo‘l,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yana do‘stlar, nelarni deyin?!
Qiziqtirmas uni so‘m, tiyin!
Ovqat yeydi qo‘shnidan keyin,
Kim tanisa Rosulullohni!
Onasiga tik qarolmaydi,
Otasiga tik borolmaydi,
Ahliga ham o‘shqirolmaydi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Umid qilmay aslo birovdan,
Do‘zax qattiq degay olovdan,
Bilmas nedir qochishlik yovdan,
Kim tanisa Rosulullohni!
Bilishlik-chun xilqat hilmini,
Va eitshga kashf tilsimini,
O‘rganadi dunyo ilmini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Obro‘ ila mansab talashmas,
Do‘sti bilan markab talashmas.
Mo‘min bilan mazhab talashmas,
Kim tanisa Rosulullohni!
Har giz ilm tomon otlatar,
Ba’zan majbur kulib dodlatar,
Bolasiga Yosin yodlatar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Tillarini tiyib yuradi,
Dinim Deya kuyib yuradi.
Toza kiyim kiyib yuradi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Sahovatdan xulla, to‘n bichar,
Faqirlarga kiyimin yechar.
Shaxsiyatdan din deb voz kechar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Din ishiga xodim bo‘ladi,
U o‘lsa gar motam bo‘ladi,
Eng chiroyli odam bo‘ladi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Rizqlarini haloldan terar,
Va uyiga jilmayib kirar.
Salomini birinchi berar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Siyrat ila dil topar malham,
Ul zot uyi ma’naviy mahram!
Ozor bermas chumoliga ham,
Kim tanisa Rosulullohni!
Peshonasin shamol ham silar,
Baliqlar ham saodat tilar,
Qalbida ham tahorat qilar,
Kim tanisa Rosulullohni!
Birodar der har bir kishini,
Kulsa oydek ko‘ring tishini!
O‘ngda qilmas chap qo‘l ishini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Faqirligi juda ham chiroy,
O‘rtaholi qurmaydi saroy!
Boy bo‘lsa ham eng chiroyli boy,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yosh holati ipakdan harir,
Yigitligi vazmin va og‘ir!
Qarisa ham chiroyli qarir,
Kim tanisa Rosulullohni!
Halol yo‘lda horib, tolmaydi,
Haqiqatga indayolmaydi!
Savdo qilsa aldayolmaydi,
Kim tanisa Rosulullohni!
Qalbi g‘amgin turar kulsa ham,
Irodasi metin so‘lsa ham.
Donishmanddir farrosh bo‘lsa ham,
Kim tanisa Rosulullohni!
Yolg‘ondakam gul tutolmaydi,
Musibatda bol yutolmaydi.
Qiyomatni unutolmaydi
Kim tanisa Rosulullohni!
Tinglab dam olasiz so‘zini,
Shod bo‘lasiz ko‘rib yuzini.
Tanigaydir xullas o‘zini,
Kim tanisa Rosulullohni!
Bizlarni kechiring yo Rosululloh
Ramazon Hayiti bilan!!! — Yo‘lchi Ro‘ziev she’ri
Ixlos — Rustam Mubiniy sheri
Taqvodor bir yigit qoldi xilvatda,
Shayton fursatin poylab keldi albatta.
Unga der: «Yoshlikdan boʻlding toatda,
Qani senga barobar kim ibodatda?!
Sajdalar asari — peshonangda nur,
Roʻzang shunchalar koʻpki, sanoq qiynalur.
Qurʼon oʻqib xording-ku, qani endi tur,
Lazzatga boy olamda bir oz umr sur.
Hech nomahram ayolga boqmadi koʻzing,
Umring bekor oʻtmoqda, qiynama oʻzing.
Goʻzallar koʻrsin-da bu nurli yuzing,
Maftun ayla ularni, aytgin bol soʻzing.
Axir oʻylamaysanmi, ne der odamlar?!
Yoshsan, goʻzal hayotga qoʻygin qadamlar.
Bir boqqin, doʻstlaring — gʻamlari kamlar,
Senga ne foyda berdi toatli damlar?!
Roʻzani lozim deb boʻlding-ku soyim.
Endi bemalol degin: «Jannatdir joyim»,
Bilaman gunoh, deb qocharding doim,
Gapirgin qizlarga endi muloyim.
Rohatni nahotki istamaysan hech?
Axir hayot abadiy davom etmaydi.
Oʻynab qol butunlay boʻlmasidan kech,
Qoʻyib tur, namozing qochib ketmaydi.»
Der yigit: «Allohdan tilayman panoh,
Quvilgan Shaytonning yomonligidan.
Vasvasa qiladi meni kelib goh,
Alamda iymonlar omonligidan.
Qoʻrqaman Allohdan, titraydi yurak,
Oʻzimga taqvoning yoʻlin ochaman.
Nechun men gunohga botishim kerak?
Soʻng Robbim qahridan qayga qochaman?!
Odamlar ne desa, desinlar mayli,
Olovda yonaymi ular tufayli?!
Menga keragi faqat Rahmon rizosi,
Axir har bir insonning bordir qazosi.
Mayli qilayin gunoh, boʻlsang gar rostgoʻy
Menga Allohim koʻrmas bir joy topib qoʻy.
Bilaman qoʻlingdan kelmaydi bu ish,
Istamam sen bilan doʻzaxda kuyish.
Bandaga hech qachon aylamasin zor,
Zorlanib insonga toparman ozor.
Menda hammadan buyuk yakka iloh bor,
Faqat Unga oshiqman, qalbim intizor.
Aslo nomahramlarga tashlamam nigoh,
Makringdan Allohim aylasin ogoh.
Ibodatimni doim sanagayman kam,
Dunyoda nafsimdan boʻlmam xotirjam.
Harom narsalaringdan ichib-yemasman,
Men laʼnatilarga oshno emasman,
Paygʻambar, ahli bayt va sahobalar,
Shulardan oʻzgasin ibrat demasman!»
Falastinimga — Rustam Mubiniy sheri
Nima qoldi arzonroq,
Musulmonning qonidan?!
Hatto topmay kafan, oq,
Ayrilmoqda jonidan.
Yashayapmiz biz esa,
Beg‘am, yo‘q hech ishimiz.
Dindosh noxaq o‘q yesa,
Bunga befarq kishimiz.
Zulm qilsa iymonsizlar,
Mazlumga qaramaymiz.
Ayting, nahot azizlar,
Duoga yaramaymiz?!
Boshpanasiz, qorni och,
Yahudiylar edi xor.
Bir-biriga dedi: «Qoch!»
Dunyo bo‘lganida tor.
Yevropa sig‘dirmadi,
Azob berdilar faqat.
Qochqinlik et tirnadi,
Qolmaganida toqat.
Axir o‘sha og‘ir dam,
Ular madad kutdilar.
Falastin bersa yordam,
Ko‘p o‘tmay unutdilar.
Yaxshilikka yomonlik,
Deganlari balki shu.
Bermay tinchlik-omonlik,
Qildilar ko‘p tortishuv.
Endi Falastin ahli,
Tinch yashay olmayapti.
Bepoyon o‘lkasidan,
Asar ham qolmayapti.
Azizlarim kelingiz,
Bo‘laylik ko‘p duoda.
Alloh bizni qo‘llasin,
Tinchlik bo‘lsin ziyoda!
Robbim bir soliha nasib et menga
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni
Ko‘zimni yaratding, lekin ko‘rmadim,
Haq yo‘lni eshitib, unda yurmadim,
Umrim bo‘yi uxlab, aslo turmadim,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Bugun hayotimning ziyosi so‘nmish,
Qop-qora qarg‘alar qabrimga qo‘nmish,
Tanimni yulajak tikonlar unmish,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Taqvoni egnimga qilayin libos,
Barcha gunohlardan bo‘layin xalos,
Yagona o‘tinchim – Sendan, iltimos,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Ne yo‘qotar edim, qilsam ibodat,
Nahotki, shunchalar bosibdi g‘aflat,
Alam bilan so‘ray faqat va faqat,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Tanimni bir ko‘ring – qop-qora ko‘mir,
Badanim nimtalar qizigan temir,
Oh, afsus, berilmas qaytatdan umr,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!
Allohim, izn ber, qabrimni o‘yay,
Iymon lazzatini qalbimda tuyay,
Bir bora boshimni sajdaga qo‘yay,
Robbim, bir lahzaga tiriltir meni!!!
Qazo qildim
Uyga kelib choy ichib,
Telvizorga, eh ko‘chib
Robbim buyrug‘in kechib,
Qazo qildim, men Shomni.
Nafs havoga to‘lib,
Go‘yo tiriklay o‘lib,
Charchash baxona bo‘lib,
Qazo qildim, Xuftonni.
Tinim bilmay dunyoda,
Amallarim riyoda,
Qildim gunoh ziyoda,
Qazo qildim, Namozni.
Sen notavon gumroh deng,
Benamoz deng…, osiy sen,
Bu xolimdan yig‘lab men,
Tavba qilay endi men.
Jannatgayam yetvolsak kerak
Soqchi etdim sabrni dilga,
Qanotdan kiydirdim sovut.
Og‘ir toshlar bostirdim tilga,
Sen xokimsan-dedim, yodda tut!
Kibr bilan xasadni asta,
Xaq tig‘i-la o‘ldirib keldim.
Qo‘rquv dilni aylasa xasta,
Umid bilan to‘ldirib keldim.
Men ibodat yo‘lini tutsam,
Sen iymonni maxkam tut, yurak!
In sha Allox dunyodan o‘tsam,
Jannatgayam yetvolsak kerak!!!
O‘limni eslab turaylik axir
Xar bir nafs o‘limni tortar.
Mo‘minlar dunyodan qiynalmay ketar.
Nafsini tiyganlar abadiy yutar.
O‘limni eslab turaylik axir.
O‘limni eslagan Alloxdan qo‘rqar.
O‘limi kelguncha ibodat qilar.
Alloxni raxmati ularga bo‘lar.
O‘limni eslatib turaylik axir!!!
G’aflatda yotgan jo‘ralar
Bir so’z aytay meni kechiring,
Diningizni darhol ko’chiring,
Ummat degan nomni o’chiring,
Ey iymonni sotgan jo‘ralar.
Kiygan kiyim yopishib tarang,
Tizza yopar qizingiz arang,
Ahlingizning holiga qarang,
Ey imkonni sotgan jo‘ralar.
Qalbingizni aylab mozorlar,
Ruxingizga yetdi ozorlar,
Sizga masjid bo’lmish bozorlar,
Ey irfonni sotgan jo‘ralar.
Vos kechiblar buyuk hizmatdan,
Yuz o’girib ulug’ himmatdan,
So’ralasiz har bir ne’matdan,
Ey insonni sotgan jo‘ralar.
Bu so’z tengdir har bir muqimga,
Musofiru hatto hokimga,
Tayyor turing og’ir hukmga,
Ey farmonni sotkan jo‘ralar.
Moziylardan so’ralar sabo,
Munofiqqa jazodir davo,
Jahannamga aylang marhabo,
Ey bo’stonni sotkan jo‘ralar.
Bu so’zlarga befarq qoling jim,
Istagancha mayli kulingchi,
Jahannamdan chiqib olingchi,
Ey arqonni sotkan jo‘ralar.
Ayting nega ko’ngil adashdi,
Hayolingiz nega ilashdi,
Evaziga qancha to’lashdi,
Ey rizvonni sotkan jo‘ralar,
Ey insonni sotkan jo‘ralar,
Ey qur’onni sotkan jo‘ralar.
Qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari
Qayerda yurmasin xayolda serial,
«Upa-elik, kiyim….» — shudir so‘zlari.
Bilimga, ziyoga xattogina sal,
Qiziqmay qo‘yishdi o‘zbek qizlari.
Ters javob qaytarar, neni so‘rsangiz,
Uyatdan qizarmas gulgun yuzlari.
Tarbiya so‘zidan yo‘q biron bir iz,
Shaddodroq chiqdimi o‘zbek qizlari?
Saharlar qo‘ymaydi o‘sma qoshiga,
Hovlidan kelmaydi rayhon islari.
So‘zlari mos emas aslo yoshiga,
Moziyni eslamas o‘zbek qizlari.
Balki tanqidlarim , ranjitdi biroz,
Hurmat etgum, albat qalbning xislarin.
Gaplarim barisin etmang e’tiroz,
Rosti ham bor jindek, o‘zbek qizlari.
Yo‘q, avvali Alloh insofni bersin,
Ko‘zimga surtaman bosgan izlarin.
Hayo, ibo, iffat, odob dunyosin,
Qaytadan zabt etsa o‘zbek qizlari.
Ro‘molni bahona qildim, aslida,
Achchiqroq tuyular do‘stning so‘zlari.
Millatning sha’nini tutmoq vaslida.
Uni qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari!!!
Qabrdagi suhbatimdan xavotirman
Fano ichra intihosin topsa yo‘lim,
Shahodatni aytarmikan sarkash tilim,
Borar joyim bo‘larmikan sokin so‘lim,
Qabr tomon jo‘nashimdan xavotirman…
5 vaqt namoz o‘qing birodar
Bir xabar oling
Boshimdagi ro‘molim
Yech, deb gunohga botmang,
Har kimga meni sotmang,
Iltimos, yulib tortmang,
Boshimdagi ro‘molim.
Forma, deb jar solursiz,
Do‘ppi, deb bosh olursiz.
Biling o‘zizam olursiz,
Boshimdagi ro‘molim.
Sizdagi dinga nafrat,
Kofir qilar xijolat,
Sizlarga degum «Tabbat»
Boshimdagi ro‘molim.
Bir kun siz ham o‘lgaysiz,
Yuzi qaro bo‘lgaysiz.
Hujjat bo‘lur, ko‘rgaysiz,
Boshimdagi ro‘molim.
Alloh bor deydi bilmas kimligin
Eh birodar aytay gapning lo‘ndasin,
Bundaylarni oxiri bo‘lmas qissasin.
O‘qisa gar shunday inson sherimni,
Nasixatim sizga chin dildan aytdim.
Alloh bergan vaqt oxir bo‘lmasdan,
To‘ldiring savob ila umir daftarin.
Meni arzon sotmagin, ey do‘st
Allohimni seving faqat
Bomdotlarni qazo qilganlar
Go‘yo kesib tomirlarini,
Unutib Haq amrlarini.
Yeb qo‘ydilar umrlarini,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Yo‘l adashgan oqil so‘qirlar,
Endi qanday sabab to‘qirlar.
Peshinlarni yig’lab o‘qirlar,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Gar his qilsak ko‘rmog’i mavlo,
Yotolmasdik qiliblar yallo.
Tatimagay uyqusi aslo,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Oz rohatlik uyqu qurboni,
Endi honiy bo‘lmas Qur’oni.
Ahvoli ne uyg’ongan oni,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Ketkazolmas ko‘ngildan dog’in,
Unutolmas namoz firog’in.
Haq deb bilar ayol quchog’in,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Bu nafratga men xam arziyman,
Qachon nafsim g’amini yeyman.
Shu on o‘lib qolmasin diyman,
Bomdotlarni qazo qilganlar.
Xitobim shu ketar onlarim,
Xazillashmang qadirdonlarim.
To‘rt mahallik namozhonlarim,
Bomdotlarni qazo qilganlar…
Kim ne qilsa qaytadi ishon
G’animatsan, ibodat qil Raddiya
Ne bo‘ldi bizlarga ayting brodar,
Kanday zamonlarda turibmiz axir.
Musulmonlar xar joyda bo‘lib darbadar,
Go‘yo munofiqqa aylandik bizlar.
Ximoya qilmasak Rasulullohni (s.a.v),
Nima dep aytamiz biz badbaxtlarni.
Xatto qolmadimi iymonni qadri,
Faqat boo‘lib koldi dunyoni dardi.
Kim u lanati dinin sotkanlar,
Ikki dunyo xor bo‘lgur Shayton farzandlar.
Kimligin bilmasdan otmagin toshlar,
Xali kun keladi qon boo‘lib oqadi yoshlar.
Ey iflos lanati najas murtatlar,
Uch kunlik xayotga ishonma buncha.
Xali kun Maxsharda yig‘ilar xamma,
Javob berasanlar xamma aytilgan so‘zga.
Allohim bizlarga Umarlar bergin,
Ey Roxman bizlarga rijollar bergin.
Alloh o‘zing ularga kifoya bo‘lgin,
Allohim ularni xidoyat qilgin.
Sherlar
Islomiy va diniy sher eng sara sherlar to‘plami