Islomiy ertaklar bolalar uchun to’liq malumot oling
Islomiy ertaklar bolalar uchun
Bismilloh
“Oyijon! Oyijon! Arturlarnikiga tushlikka bosam maylimi?” – Jamol shunday deya uyga yugurib kirdi.
“Uning oyisi seni taklif qildimi?” – mehmonxonadan ovoz berdi oyisi.
“Ha” – javob berdi Jamol, ular Artur bilan meni birga tushlik qilgani chaqirishdi”.
“Tushlikka nima qilisharkan?” – so‘radi oyisi.
“Cho‘chqa go‘shti bo‘lmaydi, oyijon”, javob qildi Jamol, ular men faqat baliq go‘shti yeyishimni bilishadi, shuning uchun ham Arturning oyisi kartoshka bilan qovurilgan baliq pishirishga va’da berdi”.
“Yaxshi, boraqol”, ruxsat berdi oyisi.
“Ura”, baqirdi Jamol va yana chiqish eshigi tomon yugurib ketdi.
“Men taxminan bir soatlarda seni olib ketgani kiraman”, dedi oyisi, bazi mahsulotlarni sotib olish uchun do‘konga borishimiz kerak”.
Jamol dala-hovlining darvozasidan yugurib chiqdi. Artur ularga qo‘shni, shundoqqina ikki uch hovli uzoqroqda yashar edi. Va bir necha daqiqalardan so‘ng Jamol o‘z tanishining uyi yonginasida turardi. U eshikni taqillatdi.
“Kiraver”, taklif qilid Artur.
Jamol oshxonaga kirdi. “Hammasi joyida, menga ruxsat berishdi”, dedi u, men sizlarnikida tushlik qilishim mumkin”.
“Yaxshi” – so‘z qotdi Arturning oyisi.
“Oyim meni do‘kon yopilgunga qadar ulgurishimiz uchun bir soatdan keyin olib ketishga vada berdilar”, dedi Jamol.
“Unda besh daqiqalardan keyin qo‘llaringizni yuving va ovqatga o‘tiring”, dedi Arturning oyisi, tushlik deyarli tayyor”.
Artur oromkursida o‘tirib, kitob varaqlayotgan edi. “Sen bunga bir qara!” – Jamolni chaqirdi u.
Jamol uning yoniga o‘tirdi va birgalikda suratlarni tomosha qila boshladi. Bu kitob kitlar haqida edi suratda kema va uning yonida bahaybat kit tasvirlangan edi.
“Artur, muzlatgichdan sharbatni olib, quygin, iltimos” – oyisi undan so‘radi.
Artur kitobni Jamolga berib, o‘zi sharbat quyishga turdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng bolalar qo‘llarini yuvib, dasturxon atrofiga o‘tirishdi.
“Bolajonim, sen sharbatlarni quy, men esa ungacha kartoshka va baliqni suzaman” – takidladi oyisi.
Artur stakanni apelsin sharbati bilan to‘ldirdi. Oyisi esa ularning oldiga yaqindagina qovurilgan baliq va dimlangan kartoshkali ikki katta likopcha ni qo‘ydi.
“Rahmat”, dedi Jamol. Undan keyin “Bismilloh” deb ovqatlana boshladi.
“Dessertga shokoladli tort” – dedi oyisi.
“Ura”, xursand bo‘ldi Artur. Biroq u haliyam kitobni tomosha qilishda davom etaverdi.
“Artur”, ovqatlanib bo‘lguningcha kitobni chekkaga olib qo‘y”, dedi oyisi.
Artur yoqar-yoqmas kitobni yopdi. Va bolalar kitlar haqida gaplasha boshlashdi.
Taomlanib bo‘lgach, bolalar idishlarni chekkaga olib qo‘yishdi. O‘sha vaqtda Arturning oyisi tortni kesdi. Va hali likopchalarga qo‘yib ulgurmagan ham ediki, eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi. U toprtni olib qo‘yib, eshikka yo‘l oldi. Eshik yonida Jamolning oyisi turardi.
“Salom Maryam, kiring, marhamat”, dedi Arturning oyisi, stolga o‘tiring, biz endigina dessertni boshlayotgan edik”, taklif qildi u. “Balki undan oldin kartoshka va baliq suzarman?”- qo‘shimcha qildi u.
“YO‘q, yo‘q rahmat Nadya”- javob qildi Jamolning oyisi, men hozirgina tushlik qildim. Shunchaki sen so‘ragan kitob va jurnallarni berish, tushunmagan joylarni tushuntirish uchun sal vaqtliroq kelgan edim”.
Arturning oyisi beva edi. Ular o‘g‘li bilan yaqindagina bu rayonga ko‘chib kelishgan edi. Va Jamolning oyisi hamda boshqa asosiy qismi musulmon bo‘lgan qo‘shnilari bilan tanishgach, oyisi Islomga qiziqib qoldi va undan boshlovchilar uchun o‘qishga kitob berishini so‘radi.
“Voy ha, rahmat” – dedi Arturning oyisi, bir daqiqa kutib tur, men hozir bolalarga choy quyib beray”.
U bolalarni oldiga kesilgan tort va bir piyoladan choy qo‘ydi.
Jamol qoshiqni ko‘tarayotib “Bismilloh” dedi va tortni yeyishni boshladi.
“Nima bu?” –so‘radi Artur.
“Nimani so‘rayapsan?” – tushunmadi Jamol.
“Men mana bu sirli so‘z haqida, ovqatlanishdan oldin doim takrorlaydigan so‘zing borku” – tushuntirdi Artur.
“Ha, tushunarli” , dedi Jamol. U bir necha soniya o‘ylab qoldi. “Bu arabchada “endi men yeyishim mumkin”degan manoni anglatadi” dedi va tort yeyishda davom etdi.
Shirinlikni tugatgach, Jamol Arturning oyisiga tushlik uchun minnatdorchilik bildirib chiqishga taraddudlandi. Bir necha daqiqadan so‘ng u mashinada o‘tirardi.
“Men Arturga nima deb javob berganingni eshitdim” – dedi oyisi kulib, sen “Bismillah” “endi men yeyishim mumkin” degan manoni anglatadi deb o‘ylaysanmi?”
“Albatta”, dedi Jamol, biz doim ovqatlanish oldidan shunday deymiz”.
“Lekin men har safar mashinaga o‘tirganimda ham shunday deyman-ku, dedi oyisi.
“Ha, bu to‘g‘ri” – o‘ylab qoldi Jamol. Endi u bu so‘zlar tarjimasida haq ekanligiga ishonchi komil emas edi.
“Alhamdulillah seningcha nimani anglatadi?” – davom etdi oyisi.
“Axir, bu juda oddiyku”, tezda javob berdi Jamol, bu “yaxshi, alo”degan manoni bildiradi.
Oyisi qoniqmagannamo boshini chayqadi. “Qiziq, “Astog‘furilloh” so‘zining manosini bilasanmi?”
“Bilaman deb o‘ylayman”- dedi endi ishonchsizroq. Oyisining yuz o‘zgarishlariga qaraganda uning javoblari u darajada to‘g‘ri emasdek edi. “Menimcha, “kechir” degan manoni anglatadi. YO‘q, yo‘q, aniqrog‘i “yomon bola” degani bo‘lsa kerak”.
Oyisi chuqur nafas oldi va o‘yga toldi. So‘ng nimanidir eslab kulib yubordi.
“Sen umuman xato aytding”, dedi u bolasiga tabassum bilan qarab, o‘ylaymanki, senga arab tilidan ozgina yordam kerak. Lekin, bu sening aybing emas. Bu haqda yaxshisi uyda gaplashamiz”.
O‘sha kecha oyisi Jamolning otasiga murojaat qildi.
“Biz unga bu so‘zlar nimani anglatishini yotig‘i bilan tushuntirishimiz lozim” – dedi u, aks holda u bu so‘zlarniqo‘llasa-da, lekin manosini bilmaydi. Masalan, Jamol “Astog‘furilloh”ni “yomon bola” deb tarjima qildi”.
Otasi kuldi. “Bu bizning aybimiz”, dedi u. “Axir Jamol o‘zini yomon tutgan paytda doim “Astog‘furilloh” deymiz. Bu bizning xatoimiz. Men hozir unga tushuntirishga harakat qilaman”.
Otasi Jamolni qidirib chiqdi. Bolalar uyida uni topmasdan hovliga chiqdi. Jamol arg‘amchida uchayotgan edi.
“Dada, meni uchiring” – dedi otasini ko‘rgan Jamol.
“Jonim bilan” – dedi otasi. U arg‘amchini yoniga keldi va uchira boshladi. Biroq bundan oldin u “Bismilloh” dedi.
Arg‘amchi balandga uchdi.
“Qoyil!” – baqirdi Jamol qoniqib.
“O‘g‘iltoyim, bilasanmi men hozir nega “Bismilloh” dedim?” – so‘radi otasi.
“Biz biror ish boshlashdan oldin doim shunday deymiz” – dedi Jamol.
“To‘g‘ri” – dedi otasi, unda sen bu so‘z “men ovqatlanishim mumkin” degan manoni anglatmasligini sen bilishing kerak a?”
“Albatta. Bu “Men boshlayapman” degan manoni bildiradi”.
“YO‘q, azizim” – dedi otasi, bu so‘z Alloh nomi bilan degan manoni anglatadi. Biz musulmonlar buni biror ishga kirishishdan oldin, u shunchakii kitob varaqlash bo‘ladimi yoki tomoqni chayish shu so‘zni aytishadi. Va bu so‘zning aytilishi Allohning rahmati va madadini beradi”.
“Menimcha men buni bilardim, esimdan chiqqan” – o‘zini oqlashga urindi Jamol.
“Ehtimol”, — dedi otasi. Biroq endi sen “Bismilloh”ning qiymatini bilishing va uni shunchaki aytish emas, balki “Alloh nomi bilan” biror ishga kirishganingni bilishing lozim”.
Shu gapni ayta turib otasi o‘g‘lini uchirishda davom etdi. Shu asnoda o‘g‘liga yana savol berdi, sen biror nimani sindirsang nima deysan?
“Astag‘furillah” – javob berdi o‘g‘li.
“Bu so‘z nimani bildiradi?”
“Menimcha “kechiring” yoki shunga o‘xshash nimanidir” – javob berdi Jamol.
“Deyarli to‘g‘ri” , dedi otasi. Aniq esa “Allohim, meni kechir” degani. Bu so‘z sen noto‘g‘ri ish qilganingda, xato qilganingda aytiladi.
“To‘ppa-to‘g‘ri, men buni bilardim-ku!” – baqirib yubordi Jamol.
“Va bu aslida “yomon bola” degan manoni anglatmaydi, shunday emasmi?”
“Yo‘q” – javob berdi Jamol. Lekin bazida onam bilan siz bu so‘zni shunday ishlatasizlarki, mana men chalkashtirib yubordim.
“Bilaman, bilaman” – dedi otasi, bu bizning xatomiz va bugundan boshlab sen bizga yana xato qilsak, eslatib turasan, kelishdikmi?”
Bu nimadir boshqacha yangilik edi. Demak, ota – ona ham adashishi mumkin. Va otam o‘zlari bizni tuzatib tur deb so‘rayaptilar… Jamolga otasining g‘oyasi yoqdi.
“Albatta, otajon”, javob berdi o‘g‘li.
Otasi kuldi. “Qachon to‘g‘ri javobni eshitganda nima deyishadi?”
“Alhamdulillah” – kutmasdan turib javob qildi Jamol.
“To‘g‘ri. Bu nimani anglatadi?”
Jamol o‘ylab qoldi. U bu safar xato qilmaslikni juda istagandi. U shunchalik ko‘p o‘yladiki, arg‘amchi uchishdan to‘xtadi. “Esladim, esladim”, — quvonib baqirdi Jamol. “Bu so‘z “Barcha hamdlar Allohga” degan manoni bildiradi”.
“Alhamdulillah!”, xursand bo‘ldi otasi, to‘g‘ri!”
“Shuningdek biz bu so‘zni “qalaysan, ishlaring qalay, sog‘liklaring joyidami va boshqa shunga o‘xshash savollar” berilganda ham “Alhamdulillah” deb javob beramiz va shunday javob qilinishi lozim”.
Bu vaqtga kelib arg‘amchilar to‘xtadi. Otasi Jamolga qarab sirli kuldi.
“Bilasanmi men senga nimani taklif qilaman?” – boshladi otasi.
“Nima?”, so‘radi Jamol.
“Kel, agar hozirgi so‘zlarni keraksiz vaziyatda noto‘g‘ri qo‘llasak sen bizga eslatasan, biz esa senga. Qalay, bo‘ladimi?”
“Bo‘ladi”, javob berdi Jamol, shu paytda o‘zini kattalardek his qildi. Bo‘lmasamchi, axir u endi ota – onasiga yordam berishi mumkin. Va ular birgalikda kelajakda unga xato qilmaslikda yordam berishadi.
Otasi qo‘lini o‘g‘lini yelkasiga qo‘ydi. “Endi uyga ketdik, shom namozining vaqti bo‘lyapti” – dedi otasi, bu eslatma, shunday emasmi , kuldi Jamol.
“Ha. Bu ham o‘z manosidagi eslatma” – javob qildi otasi.
Ular uyga kirishdi.
Oilaviy shom namozini ado qilib bo‘lishgach, kechki ovqatni tanovul qilish uchun stol atrofiga o‘tirishdi. Oshxonaga ketaverish asnosida otasi Jamoldan nimadir muhim narsani so‘radi. U Jamoldan ovqatlanishdan oldin “Bismilloh” deyishni va qog‘ozda yozib bergan maxsus duoni o‘qishni aytdi.
Hamma stol atrofiga o‘tirishdi. Va hamma ovqat suzilgach, Jamol “Bismilloh” dedi va hamma Jamoldan so‘ng ovqatdan oldin aytiladigan duoni qaytarishdi:
“Allohumma baarik lana fi ma razaqtana va qiyna azaban — naar”.
O‘sha oqshom Jamolga ovqat yanada mazaliroq tuyuldi.
Jamolning murabbosi
Bir marta Jamol maktabdan uyga keldi. U juda och edi.
“Assalamu alaykum”, dedi oyisiga.
“Vaalaykum assalam”, javob berdi u, maktabda ishlar qalay?”
“Hammasi joyida, alhamdulillah”, javob berdi Jamol. “Meni qornim och, biror narsa yegim kelyapti.”
“Yaxshi, dedi onasi, stolga o‘tir”.
Aynan o‘sha paytda telefon jiringladi. Jamolning oyisi go‘shakni ko‘tardi va gaplashishni boshladi.
Shu vaqt Jamolning katta akasi Muhammad oshxonaga keldi.
“Men biror narsa tanovul qilsammi deb turibman”, dedi u.
“Menga ham biror narsa tayyorlab bera olasanmi?” — so‘radi Jamol undan.
“Okey, dedi Muhammad, nima xohlaysan, shaxsan men sut va yog‘li non yeyman”.
“Menga ham, dedi Jamol, yana murabbo ham yegim kelyapti”.
Muhammad non, sut va yog‘ni stolga olib qo‘ydi. U barcha tokchalarni ko‘rib chiqdi, lekin murabboni topolmadi. Shu payt ularning singlisi Fatima keldi.
“Men ham biror nima yeyishni xohlayman”, dedi u stol atrofiga o‘tirarkan.
“Biz yog‘li non bilan sut ichishni mo‘ljallayapmiz”, dedi Muhammad.
“Vaa murabbo ham”, qo‘shimcha qildi Jamol.
“Lekin men hech qanday murabboni topolmadim”, qo‘li bilan ishora qildi Muhammad.
“Men murabbo xohlayman”, turib oldi Jamol.
Muhammad boshini chayqadi.
“Sut va yog‘li non menga yetadi”, dedi Fatima.
Muhammad likopchaga 3 bo‘lak non qo‘ydi, ularga yog‘ surtdi va 3 stakanga sut solib stolga qo‘ydi va taomlanish uchun o‘tirdi.
U va Fatima “Bismillah” deb yeyishni boshlashdi.
Jamol yemadi. U qaysarlik bilan murabbo istardi va boshqa hech nima yegisi kelmayotgan edi.
Bu vaqtda ularning oyisi telefonda suhbatni tugatib stolga yaqinlashdi va “azizlarim, ovqatlanib bo‘lgach, darslaringizni qilishga kirishing” dedi.
Muhammad va Fatima taomlanib bo‘lib ketishdi. Jamol esa ovqatga qo‘l ham uzatmadi. U o‘z likopchasiga yoqinqiramay qarab turaverdi.
“Men murabbo yeyishni xohlayman!”, deya takrorladi.
Jamolning onasi o‘g‘liga qaradi va kuldi. “Lekin bizda murabbo yo‘q, dedi u, bilaman murabboni yaxshi ko‘rasan, ammo aynan hozir u bizda yo‘q. “Bismillah” de va yeyishni boshla”.
“Men qaerda murabbo borligini bilaman”, dedi Jamol.
“Sen u haqidami, dedi Jamolning oyisi, bu murabbo maxsus buvingga sovg‘a, bu so‘nggi banka”.
U o‘g‘lini boshini mehr bilan siladi, “endi “Bismillah” de va ovqatlanishni boshla”.
Jamol yegisi kelmadi. U murabbo xohlardi, lekin murabbo buvisi uchun edi.
Jamol o‘tirib likopchaga tikildi. Shunda u o‘yladi, buvim qarshi bo‘lmaydilar. U kishi aksincha bo‘lishganlaridan xursand bo‘ladilar. Shuning uchun ozroq olsam hechqisi yo‘q, hech kim payqamaydi.
Jamol murabbo turgan tomonga qaradi.
U yana o‘yladi. Bu o‘g‘rilik emasmi? YO‘q, unday o‘ylamayman. Men ozgina olaman, xolos, hech kim bilmaydi.
Shunda u turdi va stulni oshxona shkafi yaqiniga qo‘ydi. Unga chiqib, bankaga qo‘l uzatdi.
Buni qilaturib Jamol o‘zini yomon his qildi.
Qo‘rqinchli yeri yo‘q, o‘zini tinchlantirdi u, hech kim bilmaydi.
Jamol bankani ochdi, qo‘lini murabboga botirib, yalab oldi. Mm.. qanday mazaaa. Endi u vijdoniga quloq solmas edi.
U pichoqni oldi va o‘z noniga surtdi. Jamol murabboni shunday yaxshi ko‘radiki! U hatto oz olishini ham unutgan edi. Keyin bankaga qarab xafa bo‘ldi: ehh, men juda ko‘p olibman-ku!
U ozroq murabboni buterbroddan qayta bankaga solishga urindi.
Endi bankada yog‘ ham aralashdi. Bu ham yetmaganday, murabbo endi uning qo‘lida edi va hatto banka atroflarida ham, stolga ham murabbo edi.
“Jamol, nima qilib qo‘yding?”
Uning onasi eshik oldida o‘g‘liga qarab turardi.
Jamol qo‘liga qaradi va yig‘lab yubordi.
“Sen quloqsiz bolasan, dedi oyisi. Axir sen buni seniki emasligini bilardingku. Endi tez qo‘lingni yuv va xonangga bor”.
Jamol xonasiga yugurib ketdi.
U to‘shakda yotib yig‘ladi.. Avvaliga u xafa bo‘ldi, keyin jahli chiqdi, endi qo‘rqib ketdi.
Shu payt xonasiga otasi keldi. “Sen yaxshi ish qilmabsan, dedi u, o‘zingga tegishli bo‘lmagan narsani olibsan”.
Jamol javob bermadi. U xijolat bo‘lib yerga qaradi.
“Sening bu qilmishingga nom bor, dedi otasi, sen o‘zing buni qanday atalishini bilasan…”
Jamol yana yig‘ladi. U shunda ham hech nima demadi. Shundan keyin u “men shunchaki murabbo yegim kelgandi. Faqat ozgina. Keyin men bankani joyiga qo‘ymoqchi edim va hech kim bilmasdi. Dada men buni o‘g‘rilik ekanini bilmagan edim” deya g‘o‘ldiradi.
“Hechqisi yo‘q”, dedi otasi o‘g‘liga.
Jamol haliyam yig‘lar edi. Ha, endi siz oyim bilan mendan xafa bo‘lasizlar. Va buvim ham mendan rozi bo‘lmaydilar. Shundan keyin Jamolning ko‘zi ochildi: Va Alloh ham bu ishimdan rozi bo‘lmaydi qo‘shimcha qildi Jamol.
“Xavotirlanma, tinchlantirdi otasi. Biz buni tuzatishga harakat qilamiz”.
“Qanday?”, so‘radi Jamol.
“Birinchidan sen o‘zing xafa qilgan kishilardan kechirim so‘rashing kerak. Keyin Allohga tavba qilasan. Va bundan so‘ng hech qachon bu ishni qaytarmaysan”.
Jamolga bu fikr yoqdi lekin baribir qo‘rqib turardi. “Agar men esimdan chiqarib, yana qilib qo‘ysamchi?, so‘radi u.
“O‘ylaymanki, men senga bu voqeani eslatib unutmasligingga yordam berib turaman”, umidlantirdi otasi.
“Aytchi, bizga kim taom beradi?”, so‘radi u.
“Alloh”, javob berdi Jamol.
“Bizga kim mevalar pishib yetilishi uchun yomg‘irni yuboradi?”
“Alloh”, javob berdi Jamol.
“Kim bizni doim kuzatib turadi? Kim biz qaerda bo‘lmaylik, nima qilayotganimizni bilib turadi?”
“Alloh”, Jamol yanada pastroq javob berdi. Endi u o‘zini yomon his qildi. U Alloh uni murabbo olayotganini ko‘rganini bilardi.
“Agar biz Alloh haqida o‘ylasak, hech qachon yomon ish qilmaymiz, dedi otasi. Agar biz doim Alloh meni ko‘rib turibdi desak, gunohga qo‘l urmaymiz. Endi bor yuvin va keyin pastga tush. Mening senga sovg‘am bor”.
Jamol yuvinayotib o‘yladi. Va nega otam menga sovg‘a beryapti?
Jamol pastga tushdi. U yerda uni ota-onasi kutib turishardi.
“Meni kechiring, oyijon”, dedi Jamol. “Meni kechiring otajon”.
Jamolning otasi tabassum qildi va murabbo bankasini olib keldi.
“Ma, ol, dedi u o‘g‘liga, bu senga sovg‘a”.
Jamol otasiga qaradi.
“Olaver, dedi otasi, bu endi senga. Endi undan qancha xohlasang shuncha yeyishing mumkin, faqat bir shart bilan, qo‘shimcha qildi u. sen bu murabboni hech kim ko‘rmaydigan yerda yeyishing kerak. Sen istaganingcha yeginki, seni hech kim ko‘rmasin”.
Jamol avval murabboga, keyin otasiga qaradi.
“Bor dedi otasi, va buni hech kim ko‘rmaydigan yerda ye..”
Jamol mehmonxonaga bordi. U yerda Jamolning oyisi to‘qish bilan ovora edi.
Bu to‘g‘ri kelmaydigan joy, o‘yladi Jamol. Oyim ko‘radilar.
Jamol u yerdan chiqdi va o‘z xonasiga yo‘l oldi. U bankani ochishga chog‘langan edi hamki, Muhammad kirib qoldi.
Yana to‘g‘ri kelmaydigan joy. Muhammad meni ko‘rib qoladi, o‘yladi Jamol va Fatimaning xonasiga yo‘l oldi. Biroq u yerda opasi arab tilidan uy vazifasini qilayotgan edi. U ukasini kelganini sezdi.
“O Jamol, bir daqiqaga mumkinmi?, chaqirdi akasini. Arab tilida chidash qanday bo‘lishini bilasanmi?”
“Albatta bilaman, dedi Jamol, chidam arabchada sabr deiladi”.
“Shukran ya axiy”, minnatdorchilik bildirdi Fatima. Garchi ularning ona tili ingliz tili bo‘lsa-da, ular bazida arab tilida gaplashib turishardi, ayniqsa yangi so‘z yodlaganda.
“Afuan, ya uxti”, javob qildi Jamol.
“Jamol, nega murabboli banka bilan uyda yuribsan?”
Jamol unga otasi berganini, va buni hech kim ko‘rmaydigan joyda yeyishini aytganini aytdi.
Fatima kuldi va “nima ham derdim, omad senga Jamol”, dedi..
Jamolni hayron qilgani u murabboni bo‘lishishni so‘ramagani bo‘ldi, chunki u ham murabboni juda yaxshi ko‘rardi.
“Ha,ha, dedi Jamol, nahotki bunday joyni topish shunchalar qiyin?”
Shunda Jamol otasining xonasiga bordi. Otasining tafsir o‘qiyotganini ko‘rib bezovta qilmaslik uchun eshikni sekingina yopdi.
Keyin u yana o‘yladim, qaerga borsam ekan?
“Ohh, menda fikr bor!”, dedi u va hammomga kirdi.
Jamol eshikni yopdi, vanna chetiga o‘tirib bankani ocha boshladi.
Shu yerda u qushlarning chug‘urlashini eshitdi. U derazadan tashqariga qaradi. Daraxt shoxida qushcha o‘tirardi.
“Ehh yo‘q, xo‘rsindi Jamol, qush meni ko‘rishi mumkin”.
Jamol nimadir o‘ylab topishga harakat qilardi. O‘ylashimcha pastga borish kerak.
Jamol zinadan bolalar xonasiga tushdi. Endi u yolg‘iz edi. Hech kim meni ko‘rmaydi dedi u polga o‘tira turib. Ha, u bir o‘zi edi.
Tasodifan u ovozni eshitdi. “Myau”, bu ularning mushugi edi.
“Sen bu yerda nima qilyapsan a?”, dedi Jamol.
“Myau”, yana ovoz chiqardi mushuk.
“Xo‘sh, endi men qaerga borsam a?”, kayfiyati buzildi Jamolning.
Birdan yuzi yorishib ketdi.
“Men bilaman qaerga borishni!”, xursand bo‘ldi u va zina ostida ota – onasi bazi narsalarni saqlaydigan qorong‘u xonaga yo‘l oldi.
Jamol u yerga kirdi va eshikni yopdi.
Bu vaziyatda ushbu joy eng yaxshi joy edi. Xona juda qorong‘u edi.
Jamol atalgan bankani oldi. U bunday zulmatda uni ko‘ra olmadi ham.
“Hech kim meni ko‘rolmaydi, bu yerda umuman qorong‘ulik, o‘yladi u banka og‘zini ochib, meni oyim otam ham, va hatto mushugimiz ham ko‘rolmaydi bu yerda. Hech kim meni qorong‘uda ko‘rmaydi.”
Keyin Jamol o‘ylay boshladi.
“Lekin kimdir meni shunday zulmatda ham ko‘ryapti, birdan o‘yladi u, haa, Alloh men yaxshiroq yashirinsam ham, baribir ko‘radi. Va u men qilayotgan barcha ishni ko‘ra oladi!”
Jamol banka og‘zini qayta yopdi. Va nihoyat uning opasi nega kulganini tushundi. Va endi u qatiy tushundiki, bu murabboni hech kim ko‘rmaydigan yerda hech qachon yeya olmaydi! Alloh uni har qachon va har qaerda ko‘rib turadi.
Jamol oshxonaga qaytib bordi va otasiga bankani bera turib shunday dedi: “Men bu murabboni yeya olmayman”.
“Lekin nega”, kulmisiradi otasi.
“Chunki Alloh meni istagan yerda ko‘rishi mumkin”, javob berdi o‘g‘li.
Jamolning otasi bunday javobni eshitib juda xursand bo‘ldi. U jJamolga yaqinlashdi va yuzidan o‘pdi.
“Ana endi sen juda muhim narsani o‘rganding. Va bu InshaAlloh seni gunoh ishlardan asraydi”, dedi Jamolning otasi.
“Ha, dedi Jamolning oyisi, o‘g‘iltoyim, endi men bilan do‘konga borasan va biz buving uchun bitta hamda sen uchun bitta murabbo sotib olamiz”.
“Ura!, xursand bo‘ldi Jamol, men endi bu yangi murabboni yeya olaman”.
Endi u juda baxtli edi, “qanday soz, bu murabbo maxsus men uchun bo‘ladi va men uni Alloh ko‘z oldida ham yeya olaman!”
(- Go‘zal Ahliddin qizi)
Ertaklar
Islomiy ertaklar bolalar uchun