Islomiy bayramlar to’liq malumot oling

Islomiy bayramlar to’liq malumot oling

Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat — Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (Sunniylar va Shialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.
Mundarija скрыть

Hayit[tahrir]

Iyd al-Fitr[tahrir]

Asosiy maqola: Iyd al-Fitr.

Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida «bayram»«hayit» degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayram Oʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

Iyd al-Adha[tahrir]

Asosiy maqola: Iyd al-Adha.

Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yoki Qurbon hayiti, Iyd a-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim paygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Islomga koʻra Ibrohim paygʻambar Allohga sodiqligini koʻrsatish uchun oʻz oʻgʻlini qurbon qilishga ham tayyor boʻlgan. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek, Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tan olingan va ushbu kun dam olish kunidir.

Islom
Islomiy bayramlar