ISLOMBEKOV Rajab Qoplonovich
ISLOMBEKOV Rajab Qoplonovich (1925.31.12, Toshkent) — endokrinolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari d-ri (1961), prof. (1964). ToshTIni tugatgach (1947), normal anatomiya (1948— 52), xirurgiya kafedralari (1952—57) assistenti. Ulka tibbiyot i. t. instituta endokrinologiya boʻlimi mudiri (1958— 75), shu in-t direktori (1967—71). Moskva endokrinologiya in-ti prof. (1975-y. dan). I. Toʻraqulov-i hamkorlikda dunyoda birinchi boʻlib buqoq kasalligini aniqlash va davolashning yangi usulini ishlab chikdi. Bu kashfiyot uchun ular nufuzli muko-fot laureati boʻlishdi. Asosiy ilmiy ishlari sog va kasallangan qalqonsimon bezning klinikasi, morfologiyasi va gistomorfologiyasi, shuningdek, radioaktiv yod yordamida tireotok-sikozni aniqlash va davolash masalalari qamda tarqoq va tugunli toksik buqoqning radioiodterapiyasi natijalarini oʻrganishga oid. Islombekovning «Tahlikali zamonlar» (Moskva, 1995-y. Oʻzbek va rus tillarida) esdaligi va bir nechta sheʼriy kitobi nashr etilgan. Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), Xalqaro axborot akademiyasi akad. (1994).
Ensiklopediya.uz
ISLOMBEKOV Rajab Qoplonovich