ISLOM OLAMI UYUSHMASI

ISLOM OLAMI UYUSHMASI

ISLOM OLAMI UYUSHMASI — xalqaro islom tashkiloti. Ruxrniylarning 1962-y. may oyida Makkada boʻlib oʻtgan konferensiyasida asos solingan. Qarorgohi Makka sh. da. Oliy rahbar organi Taʼsis kengashi boʻlib, unga turli mamlakatdan 60 nafar diniy arbob kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya xarakteriga ega, majlisi yiliga 1-marta chaqiriladi. Taʼsis kengash ishini Bosh kotibiyat muvofiklashtirib, boshqarib turadi. Uyushmaning Saudiya Ara-bistonining 3 ta shahri — Ar-Riyod, Madina va Jiddada boʻlimlari mavjud, yana 13 ta vakolatxonasi boʻlib, ular Ummon (Iordaniya), Jakarta (Indoneziya), Kualalumpur (Malayziya), Nuaktosh (Mavritaniya), Dakar (Senegal), Parij (Fransiya), Nyu-York (AQSH) va b. bir necha xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida joylashgan. Bundan tashqari, Islom olami uyushmasining barcha musulmon mamlakatlarida vakillari bor. Uyushma BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YUNESKO huzurida maslaqat berish huquqini olgan. Islom olami uyushmasi BMTning bolalar fondiga badal oʻtkazib turadi. Islom olami uyushmasi nizomiga muvofiq uning bosh maqsadi — islom taʼlimotini dunyoda hukmron taʼlimotga aylantirish va islom aqidalariga asoslangan tuzum oʻrnatish. Musulmonlar birligini taʼminlash, yoshlar masalasi bilan shugʻullanish ham uning oldiga qoʻygan vazifalaridan hisoblanadi. Islom olami uyushmasi masjidlar va ularning imom-xatiblariga alohida eʼtibor beradi hamda ular orqali keng koʻlamda tashviqot ishlarini olib borishga yordam qiladi.

Ensiklopediya.uz
ISLOM OLAMI UYUSHMASI