Islom Karimov qaysi kitoblarni sevib o‘qigan
Respublikamizda I.A.Karimov asarlarining 11 jildlik to‘plami quyidagi nomlarda nashr qilingan:
Prezident
Islom Abdug`anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug`ilgan. Millati – o`zbek. Oliy ma’lumotli, O`rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo`jaligi institutlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo`lib ishladi.
1966 yilda O`zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o`tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o`rinbosarigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi.
1983 yilda I.Karimov O`zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O`zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o`rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.
1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24 mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1991 yil 29 dekabrida muqobillik asosida o`tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martida bo`lib o`tgan umuxalq referendumi yakunlariga ko`ra I.Karmiovning Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
I.Karimov oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – iqtisodchi ilmiy xodim.
I.Karimov suveren va mustaqil O`zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik xuquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo`shgan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko`rsatganligi uchun �O`zbekiston Qahramoni� unvoni, �Mustaqillik� va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan.
I.Karimov O`zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni paytda u to`qqiz horijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.
O`zbekiston xalqi quyidagi yutuqlarni xaqli ravishda I.Karimov nomi bilan bog`laydi:
– Davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash;
– Demokratik, xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi;
– O`z taraqqiyot yo`lini aniqlab olish, bozor islohotlarini muvaffaqiyatli o`tkazib borish;
– Kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi;
– Jamiyatning ma’naviy yangilanishi;
– madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish;
– insoniyat, jamiyat kelajagi bo`lgan sog`lom avlod uchun kurash;
– mamlakat xalqaro obro`-e’tiborining oshishi, jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi;
– siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo hamjihatlikning saqlanib turishi.
PREZIDENT ASARLARI
I.Karimovning �O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`li� kitobi chiqdi.
I.Karimovning �O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat� kitobi chiqdi.
I.Karimovning �Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati� kitobi chiqdi.
I.Karimovning �Bizdan ozod va obod Vatan qolsin� kitobi chiqdi.
1995 yil
I.Karimovning �O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida� kitobi chiqdi.
I.Karimovning �O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari� kitobi chiqdi.
1996 yil
I.Karimovning �O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura� kitobi bosmadan chiqdi.
I.Karimovning �Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir� kitobi nashr etildi.
I.Karimovning �Bunyodkorlik yo`lidan� kitobi chiqdi.
I.Karimovning �Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari� kitobi chiqdi.
1997 yil
I.Karimovning �O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari� kitobi chiqdi.
199 9 yil
I.Karimovning �O`zbekiston XXI asr ga intilmoqda � kitobi chiqdi.
I.Karimov olgan mukofot va unvonlari
1992 yil 16 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga Koxira �Al-Axzar� universitetining faxriy doktori unvoni berildi. Bu unvon I.Karimovga islom dinini himoya qilish va diniy oliy o`quv yurtlari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.
1993 yil i yun – Prezident I.Karimov o`zbek-amerika munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasi uchun Nyu-Jersi shtatining faxriy fuqarosi etib saylandi.
1995 yil 25 yanvar – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Kaliforniya Fan, ta’lim, ishlab chiqarish va san’at xalqaro Akademiyasining faxriy a’zosi etib saylandi. Bu unvon Prezidentimizga O`zbekistonda tinchlikni saqlash va millatlararo kelishmovchiliklarni bartaraf etishdagi ko`rsatgan xizmatlari uchun berildi.
1995 yil 6 fevral – Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo`mitasining qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali ravishda Olimpiya oltin ordeni topshirildi.
1996 yil 7 may – Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) O`zbekiston Respublikasi Prezidentini O`zbekistonda intellektual mulk himoyachisi sifatida e’tirof etib, I.Karimovni Jahon intellektual mulk tashkiloti Oltin medali bilan taqdirlash haqida Qaror qabul qildi. I.Karimov jahon davlatlari orasida bu medal bilan taqdirlangan birinchi prezident bo`ldi.
1996 yil 27-28 may – Baku universitetida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga tantanali tarzda Baku universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
1996 yil 29 may – Mamlakatimizda mehmon bo`lib turgan Jahon intellektual mulk tashkiloti rahbari Arpad Bogsh O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov bilan uchrashib, uni JIMT ning 7 maydagi I.Karimovni Oltin medal bilan taqdirlash haqidagi qarori bilan tanishtirdi va bu medalni I.Karimovga topshirdi.
1996 yil 29 avgust – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining �O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovni �Mustaqillik� ordeni bilan taqdirlash to`g`risida�gi Qarori.
| Solnoma | Prezident | Diplomatik aloqalar | Davlat ramzlari | Partiyalar va jamoatchilik birlashmalari | Islohotlar | O`zbek modeli | Xorazm Ma’mun Akademiyasi |
Copyright (c) 2001 Umrbek Yusupov.
Web master: Umrbek & Shodlik
Talab va takliflarni quyidagi e-mail ga yuboring: umrbek79@mail.ru
Saytning oxirgi yangilangan vaqti: 25-08-2001
Islom Karimov qaysi kitoblarni sevib o‘qigan?
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga Islom Karimovning sevimli kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi. Bloger bu ro‘yxatni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
- Amir Temur. “Temur tuzuklari”;
- Imom Buxoriy. “Al-Jome’ as-sahih”;
- Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”;
- Said Ahmad. “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik”;
- Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”;
- Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”;
- Teodor Drayzer. “Moliyachi”, “Titan” va “Matonatli” trilogiyasi;
- Ernest Heminguey. “Chol va dengiz”, “Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti?”;
- Jeyms Makgregor Berns. “Franklin Ruzvelt. Inson va siyosatchi” (asli: “Roosevelt. The Soldier of Freedom”);
- G.Truxanovskiy. “Uinston Cherchill: siyosiy biografiya”;
- Chingiz Aytmatov. “Kassandra tamg‘asi”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Oq kema” va boshqalar;
- Soljenitsin. “Birinchi doirada” (“V kruge pervom”), “Gulag Arxipelagi” va boshqalar;
- Yulian Semenov. Romanlar, qissalar va hikoyalar;
- Valentin Pikul. “So‘z va ish” (“Slovo i delo”), “Boyazid qal’asi” (“Bayazet”) romanlari hamda “Favorit” turkumiga kiruvchi asarlar;
- “Hikmatlar”.
Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 13:31
Bugun, 12:59
Bugun, 13:10
Ko‘proq yangiliklarni yuklash
- Daryo
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing
Islam karimov asarlari
Davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. O‘zbekiston qahramoni (1994). 1960-yili O‘rta Osiyo politexnika instituti, 1967-yilda esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan “Tashselmash” zavodida avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog, 1961-1966-yillarda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, so‘ngra yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966-1983-yillarda O‘zbekiston Davlat Plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo‘limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat Plan komiteti Raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983-yildan O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986-yil dekabridan O‘zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. 1989-yil iyunida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi kotibi, 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Islom Karimov 1991-yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e`lon qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq Referendumida Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylovda Islom Abdug‘aniyevich Karimov yana O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89 va 93-moddalariga ko‘ra, Islom Karimov ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondonidir.
1994-yili Islom Karimovga O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi unvoni berilgan, shuning bilan, iqtisod, fan va ta`limni rivojlanirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universiteti va akademiyalarining faxriy fan doktori, professori hamda akademligiga saylangan.
Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonda davlat tuzumini mustahkamlashda, mamlakatning iqtisodiy, madaniy rivojlanishida, Respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgani uchun “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni (1994-yil), “Mustaqillik” (1996-yil), “Amir Temur” (1998-yil) ordenlari bilan taqdirlangan. I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.
I.A.Karimovning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” (1992), “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” (1993), “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” (1994), “Istiqlol va ma`naviyat” (1994), “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” (1995), “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (1997), “Barkamol avlod orzusi” (1998), “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” (1998), “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” (1998), “Olloh qalbimizda, yuragimizda” (1999), “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz” (2000), “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” (2001), “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari” (2002) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Uning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab kabi o‘nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr qilingan.Respublikamizda I.A.Karimov asarlarining 11 jildlik to‘plami quyidagi nomlarda nashr qilingan:
1-jild. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. — T.: O‘zbekiston. 1996.
2-jild. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. — T.: O‘zbekiston. 1996.
3-jild. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — T.: O‘zbekiston. 1996.
4-jild. Bunyodkorlik yo‘lidan. — T.: O‘zbekiston. 1996.
5-jild. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. — T.: O‘zbekiston. 1997.
6-jild. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. — T.: O‘zbe kiston. 1998.
7-jild. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. — T.: O‘zbekiston. 1999.
8-jild. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. — T.: O‘zbekiston. 2000.
9-jild. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. — T.: O‘zbe kiston. 2001.
10-jild. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. — T.: O‘zbekiston. 2002.
11-jild. Biz tanlagan yo‘l — demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. — T.: O‘zbekiston. 2003.tarix.uz
Related Posts:
- Xorazm vohasiga tashrif buyurgan o’rta asr sayyohlari va…
- Togʻay Murod asarlari rus tiliga tarjima qilindi
- Sharof Rashidov asarlari
- Murod Muhammad Doʻst haqida: hayoti, asarlari, faoliyati,…
- Navoiy asarlari nomi toʻgʻri oʻqilyaptimi?
- Sahna asarlari uchun tanlov eʼlon qilindi
Qiziqarli malumotlar
Islom Karimov qaysi kitoblarni sevib o‘qigan