ISKANDAROV

ISKANDAROV

ISKANDAROV Ibrohimjon (1932.8.5, Sayram tumani Qoramurt qishlogʻi, Qozogʻiston) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), iqtisod fanlari d-ri (1969), prof. (1973). Toshkent moliya-iqtisod in-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA ijtimoiy fanlar boʻlimi kotibi (1962—63), Iqtisodiyot intida boʻlim mudiri (1963—68). Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar intida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbo-sari (1968-69). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-ti direkto-rining oʻrinbosari (1969—71), direktori (1971—75). Toshkent xalq xoʻjaligi in-ti rektori (1975—76), Oʻzbekiston FA Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimi akad. kotibi (1976—79) va ra-isi (1984—87); FA Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1979—84). Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Davlat Reja qoʻmitasi raisi (1987—89); Oʻzbekiston FA Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini oʻrganish kengashi raisi (1989—90), Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti (1990—96). 1997-y. dan Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot intida iqtisodiy integratsiya mu-ammolari boʻlimi boshligʻi.

Ensiklopediya.uz
ISKANDAROV